Bolalar jismoniy tarbiya fanidan ma’ruzalar matnlari 1-mavzu: Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining predmeti va asosiy tushunchalari. Reja


Download 1.06 Mb.
bet6/76
Sana26.10.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1723972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi ma\'ruza matnlar

Internet saytlari
  1. .www.tdpu.uz


2. www.pcdagog.uz

3.w\v\v. physiology.ru/handbooks.html

  1. .\vw\v.curator.ru/e-books/b22.html





2-modul. Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining tadqiqot metodlari Reja:

1.Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining tadqiqot metodlari.

2.Kuzatuv, maktabgacha ta’lim muassasasi ish hujjatlarini o‘rganish,anketa, anketa turlari.

3.Pedagogik ekspcriment,pedagogik eksperimentni o‘tkazish bosqichlari.

4.Kuzatuv, maktabgacha ta’lim muassasasi ish hujjatlarini o‘rganish,anketa.

5.Anketa turlari.pedagogik ekspcriment,pedagogik eksperimentni o‘tkazish bosqichlari.

1.Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining tadqiqot metodlari

Barcha ilmiy fanlar kabi jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy izlanish uslublaridan foydalanadi.
Hozirgi kunda ilmiy tekshirish uslublarining turlicha xillari bo’lib, qo’shma fanlarning tadqiqot uslublaridan, ayniqsa, fiziologiya, antropologiya, bioximiya, psixologiya va ijtimoiy-tarixiy izlanish uslublariga ko’proq ehtiyoj sezilayotganligi ahamiyatga molik.
Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy ilmiy tadqiqot uslubiyatlari - nazariy tahlil va umumlashtirish, pedagogik kuzatish, eksperiment (tajriba) va matematik hisoblashdan iboratdir.

Ilmiy tadqiqotda nazariy tahlil va umumlashtirish usuliyati
Ma’lumki, nazariy tahlil va umumlashtirish adabiyot materiallarini to’la tahlil qilish va umumlashtirishdan boshlanadi. Adabiyot materiallarini to’liq o’rganib chiqish juda qiyin. U har 4-5 yilda yana shunchadanga ko’payadi. Bundan tashqari ilmiy jurnallardagi tadqiqotlar haqidagi maqolalar bir necha marotaba ko’paymoqda. Bunda yordamchi ilmiy predmet - bibliografiya fani tadqiqotchining ishini engillashtiradi. U nashr qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va ro’yxatini tuzib chiqadi. Retrospektiv uslub orqali sistemaga solish ma’lum davr ichidagi mavjud adabiyotlarning ilmiy yo’nalishi bo’yicha yangiliklarga qisqa izoh beradi.Bundan tashqari, tadqiqotchi bibliografik tavsifnomadan ham foydalaniladi. Tavsifnoma yangi chiqqan adabiyot uchun yozma ravishda yoki referat sifatida (ilmiy ish natijasini qisqartirgan holda) tayyorlaydi, unga izoh beradi.
Bibliografik izlanish esa tadqiqotchining adabiyotlar ustidagi birlamchi ishi bo’lib, tadqiqotchi izlanishi orqali topilgan qarama-qarshiliklar ustida nazariy baxs yuritadi, ularni bir-biri bilan taqqoslaydi.
Nazariy tahlil va umumlashtirishning yana bir usuliyati hujjat materiallari ustida ishlashdir. Jismoniy tarbiyaning ko’p tomoni amaliy mashgulotlar uchun tuzilgan rejalar, kundaliklar, konspektlar, hisobotlar va shunga o’xshashlarda ifodalanadi. Ular albatta amaliyotni nazarda tutgan holda tuzilgan bo’ladi. Ularni ilmiy jihatdan chuqur o’rganish kutilmagan natijalarni berishi mumkin. Masalan, jahonning kuchli sportchilarini tayyorlash va ularning shugullanish rejalarini solishtirish, malakali sportchilarning kundalik-lari, xaftalik, oylik, yillik jismoniy yuklarning hajmi, miqdori, bajarish intensivligi va boshqalar tadqiqotchiga manba bo’lishi mumkin.
Ilmiy tadqiqot uchun musobaqa materiallari, ko’p yillik trenirovkalarning natijalarini o’rganish ham tadqiqot ob’ekti bo’lib xizmat qiladi.
Ilmiy maqsadda tuzilgan turli xil anketalar ham hujjat materiallari bo’lib xizmat qilishi mumkin. Tuzilgan savollarga ha va yo’q deb javob berish ham ko’p xulosalarga olib keladi.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling