1-xafta hisoboti
Download 26.76 Kb.
|
1-xafta.AAA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyotchi talaba: TURSUNOV RUSTAMJON Amaliyot rahbari
1-xafta hisoboti Men TURSUNOV RUSTAMJON Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi Ko’p tarmoqli tibbiyot birlashmasida dastaki xaftalik malakaviy amaliyotda bo’ldim. Amaliyotim davrida tibbiyot birlashma IT mutahasislari bilan muntazam ish olib bordim va tashkilot ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim va o’rgandim. Ma’sul shaxslarning ish jarayonlarini kuzatdim va axborot kommunikatsiyalar, mavjud kompyuter vositalarini tarkibi va texnik vazifalarini o’rgandim. Yangi texnalogiyalarning ish jarayoni davomida qo’llanilishini, shu bilan birga, noan’anaviy uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi kompyuter injener sifatida kompyuter va dasturlar bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim va o’rgandim. Amaliyot rahbarim yordamida kompyuetrning dasturiy ta’minoti shifokorlarga maxsus excell dasturlarini mustaqil ravishdao’rgatdim,tibbiyot birlashmasida qanday dasturlardan foydalanishni, hujjatlarni to’g’ri tashkillash, mutahasisliga mos bo’lgan materiallar, berishni o’rgandim va mustaqil ravishda faoliyat ham yuritib ko’rdim.. Bunda menga SamTUIT o’qituvchilaridan o’zlashtirgan bilimlarim samara berdi. Amaliyotim mobaynida bir qancha kompyuterlar va faoliyat jarayonlarini kuzatdim va ularni qanday tashkillashni, nimalarga ko’piroq e'tiborli bo’lish kerakligini, qanday usullar orqali oson dasturga o’rgatish va hujjatlarni samarali tashkil etishni o’rgandim. Shu bilan birga Tibbiyot birlashmadagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Tashkilotda ma’naviyat soatlarida muntazam qatnashdim. AT Injenerlar o’rtasida Ma’naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida guruh rahbari ish rejasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni o’rgandim. Bunda menga amaliyot rahbarlarning yo’l-yo’riqlari yordam berdi. Shuningdek, amaliyotim davomida bo’lib o’tkan bir nechta tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkillash jarayonida amaliyot rahbarim va IT hamshiralarga yordam berdim. Ishonamanki, ushbu amaliyot davrida o’rgangan va keyingi bosqichlarda o’rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishimda katta yordam beradi. Amaliyotchi talaba: TURSUNOV RUSTAMJON Amaliyot rahbari: Download 26.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling