Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari


Download 2.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/123
Sana16.11.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1782186
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   123
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

Asosiy adabiyotlar 
1.Tulenova. X., Xo‗jaev.P, Xo‗jaeva. Meliev.H Jismoniy tarbiya nazariyasi va 
metodikasi. T; Iqtisod-Moliya 2012y o‗quv qollanma. 
2.Makamjonov.K, Salomov.R, Ikromov.I Jismoniy madaniyat nazariyasi va 
metdikasi. Darslik T; Iqtisod-Moliya 2008yil 
3.Xujaev I-. Raximkulov K.D, Nigmanov B.B «Xarakatli o‘yinlar va uni o‘qitish 
mctodikasi» Cho'lpon nashriyoti Toshkent 2011 y 
4.Cтепаненкова Е.Я. Теория и методика физического воспитания и развития 
ребенка.Учебное пособия.М..Академия 2001г. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
8- Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishining o‟ziga xos 
xususiyatlari. 


Mavzu rejasi: 
1.Ilk yoshdagi bolalarning rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. 
2.Ikki va uch yoshgacha bo‘lgan bolalarning jismoniy tarbiyasi. 
3.Markaziy nerv tizimi. Dinamik strereotip.Suyak tizimi haqida bilim berish. 
4. Maktabgacha 3-7 yoshdagi bolalarning rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlar
 
Tayanch so‟zlar va iboralar: Sog‘lomlashtirish, ta‘limiy, tarbiyaviy vazifalar, 
jismoniy tabiyaning mehnat va harbiy tayyorgarlik bilan aloqadorlik prinsipi, shaxsni 
har tomonlama rivojlantirish prinsipi, jismoniy tarbiyani sog‘lomlashtirish 
maљsadiga yo‘naltirilganlik prinsipi, yurak-tomir tizimi, nafas olish tizimi. 
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida bu yoshdagi bolalarda chaqqonlik, tezlik, 
kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlari tarbiyalanadi. Ularning anatomik-
fiziologik xususiyatlarini e‘tiborga olsak, chaqqonlik va tezlik sifatlarini tarbiyalash 
imkoniyati ularda boshqa sifatlarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi, kuch va chidamlilik 
sifatlarini tarbiyalashda esa, aksincha, extiyotkor bo‘lish zarur. Lekin bu sifatlarni 
rivojlantirish umuman to‘xtatib qo‘yilmaydi, chunki kuch va chidamlilik elementlari 
har bir harakat faoliyati uchun zarur, bu sifatlar tarbiyachining xohishisiz ham boshqa 
harakat faoliyatlari davomida, xususan, yurish, sakrash, uloqtirishdek harakatlar 
tarkibida baribir namoyon bo‘ladi.Bu yoshdagi bolalar asab tizimining egiluvchanligi 
jismoniy sifatlarni bir tekisda rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. Chunki asab 
tizimidagi qo‘zg‘alish va tormozlanish birini ikkinchisi bilan tez almashtirish 
qobiliyati bilan bog‘liq. Ayniqsa, harakatli o‘yinlar davomida oldindan 
rejalashtirilmagan, o‘yin faoliyati uchun zarur bo‘lgan favquloddagi harakatlarni 
bajarishga to‘g‘ri keladi va ular qisqa vaqt ichida bir-biri bilan tez o‘rin 
almashinishda namoyon bo‘ladi. Bu esa chaqqonlik sifatini oson rivojlantirishga 
sharoit yaratadi.Asab jarayoni jismoniy sifatlarning rivojlanishini tezlashtiradi. qisqa 
vaqt mobaynida o‘rtacha tezkorlik bilan yugurish, velosipedda uchish va boshqa 
mashqlar tezlikning rivojlanishiga omil bo‘ladi. Bu mashqlarda, albatta, me‘yorni 
to‘g‘ri tanlash va ularning o‘zaro o‘rin almashinishi muhim ahamiyatga egadir.Bu 
yoshdagi bolalarda bo‘yin, qorin, orqa, bel mushaklari kuchsiz bo‘lib, qomat yaxshi 
rivojlanmaydi. Shunga ko‘ra, ushbu guruh mushaklarini rivojlantirish uchun yurish, 
yugurish, tanani bukib va rostlab bajariladigan mashqlarni to‘g‘ri tanlab olish
harakatlar tezligini orttirish va boshqa tadbirlar juda muhim. Bularsiz bola kundalik 
hayotida uchraydigan jismoniy mashqlarni bajarishda, jismoniy mehnatda 
qiyinchilikka uchragan bo‘lar edi.Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashq berishdan 
oldin ularga o‘sha mashqning ahamiyati, bajarish texnikasi, harakatli o‘yin qoidalari
umumiy va shaxsiy gigiena qoidalari, tanani tarbiyalashning ayrim elementlari haqida 
tushuncha berib borish lozim. Bu yoshdagi bolalarni jismoniy mashqni yakka holda 
mustaqil va guruh bilan bajarishga o‘rgatish kerak. Kichik guruhlarda jismoniy 
mashqlarni bajarishga o‘rgatish, o‘zining sport malakasi o‘sayotganiga va katta 
sportchilarning natijalariga qiziqish, o‘zaro do‘stlik, hamjihatlik, o‘yinchoqlarga 
munosabat masalalariga, axloq me‘yorlarining rivojlanishiga e‘tibor beriladi. Ularda 


jismoniy tarbiyani shunday yo‘lga qo‘yish kerakki, bunda zarur jismoniy sifatlarni 
o‘stirish aqliy, axloqiy va estetik tarbiya bilan qo‘shib olib borilsin. Ularga 
estetikadan tana tuzilishi, qomatni to‘g‘ri tutib yurish, harakatlarning ravon hamda 
chiroyliligi, kiyim-boshni ehtiyotlash va boshqalar to‘g‘risida tushuncha berish kerak 
bo‘ladi.Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish, 
diqqat, idrok, tushuncha, tasavvur, tafakkurni o‘stirish va boshqa xislatlarni 
mustahkamlash jismoniy tarbiya jarayonining asosiy mazmuniga aylantiriladi. 

Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling