Bolalar jismoniy tarbiyasi


Maktabgacha 3-7 yoshdagi bolalarning rivojlanishining o


Download 1.33 Mb.
bet36/103
Sana31.07.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1664081
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi

2. Maktabgacha 3-7 yoshdagi bolalarning rivojlanishining oziga xos xususiyatlari.

3. Jismoniy tarbiya dasturlarining tasnifi.Jismoniy tarbiya dasturlarida bolalarga jismoniy tarbiya haqida bilim berish.
4.Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlami rivojlantirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish.
Bolalarning harakatli faoliyati ularda asosiy jismoniy sifatlarni

rivojlantirish bilan bog’liqdir. Bunga chaqqonlik, epchillik, kuchlilik,


matonat singari sifatlarkiradi. Amalda mazkur sifatlarning hech birini
alohida olib rivojlantirishni tasavvur qilish ham mumkin emas. Turli
jismoniy sifatlarni tarbiyalash aslida bolaning jismoniy jihatdan har
tomonlama rivojlanishidek yagona jarayonning turli tomonlaridir. Chunki
bunday rivojlanish natijasida organizmning miqdoriy imkoniyatlarida
umumiy yuksalish sodir bo’ladi. Lekin baribir yuqorida sanab o’tilgan jismoniy sifatlarning har birini tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari mavjuddir.

Chaqqonlik-bu faoliyat davomida paydo bo’ladigan kutilmagan shartsharoitlarga binoan harakat faoliyatini tezlik bilan yangi harakatlarni egallay olish qobiliyatidir. Chaqqonlikni tarbiyalashda harakatlarning uyg’unligini rivojlantirish, ularning sur’ati va ko’lamini, muskullarning zo’riqishi va bo’shashi darajasini bir-biridan farq qilish, shuningdek, vaqtga va joyga moslashib mo’ljal olabilish mahorati asosida sodir bo’ladi. Chaqqonlikni tarbiyalash uchun aniq harakatlar qilish qobiliyatini rivojlantirish muhimdir. Bundan tashqari, turg’un holatda hamda bir joydan ikkinchi joyga yurib borilayotganda gavdaning muvozanatini saqlay olish chaqqonlik ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Bolalikning maktabgacha yoshida harakat analizatorini rivojlantirishda anchagina siljish ro’y beradi. Bu esa chaqqonlikni asta-sekin takomillashtirib borish uchun imkoniyat yaratadi.Harakatlarni bajarishdagi epchillik ham maktabgacha yoshdagi bolalarda tez rivojlanadigan muhim xususiyatdir.


Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling