Ilk bolalik davrida va maktabgacha yoshda bolalar harakat ko’nikmalarining rivojlanish xususiyatlari
Yoshi
|
Bolaning harakat imkoniyatlari
|
3 oylik
|
qornida yotgan holda tirsagi va elkasiga tayangan holda ko’tarila oladi. Chalqancha yotgan holda yonboshiga aylana oladi; o’z gavda holatini o’zgartira oladi; harakat impulsi tartibsiz va anglanmagan.
|
6 oylik
|
O’zi o’tira oladi; erkin holda qornida yotganda orqa tomoniga aylana oladi; emaklab yurishga harakat qiladi; o’yinchoqlarni o’ynaydi; og’irligini bir qo’lidan ikkinchi qo’liga o’tkaza oladi; qo’llari bilan harakat qiladi.
|
1 yosh
|
O’zi yura oladi; o’tiradi va tayanchsiz tikka turadi; engasha oladi; kichik predmetlarni ko’tara oladi.
|
2 yosh
|
Emaklaydi, har xil predmetlarning tagiga va ustiga chiqa oladi, to’p bilan o’ynay oladi (uloqtiradi, dumalatadi).
|
3-4 yosh
|
Yuguradi, ikki yoki bir oyoq bilan sakray oladi, gimnastik devorchaga chiqa oladi, to’pni ilib oladi va uzatib beradi, uch g’ildirakli velosipedda yura oladi, ketma-ket bir necha harakatlarni bajara oladi.
|
5 yosh
|
Bir butun harakat faoliyatini o’rgana oladi, harakatni aniq va chaqqon bajara oladi. Dastlabki holatni ushlab turish qobiliyati rivojlanadi. Yo’nalish, amplituda, harakat sur’atini saqlay oladi, o’yinlarda aylanish, yurish ko’nikmalari shakllanadi.
|
6 yosh
|
Uzunlikka va balandlikka sakrashni tez o’rgana oladi, arqonda sakray oladi, gimnastika devoriga tirmashib chiqa oladi. Kichik koptokni uzoqqa va nishonga uloqtira oladi. Ikki g’ildirakli velosipedda yura oladi. Suzishga o’rgatish mumkin. Harakatida aniqlik, bir tekislik umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni bajarishda ko’rinadi.
|
3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar mashg’ulotlarga o’rgatiladi, amalda esa ularni bolalar faoliyatini tashkillashning frontal (yalpi) uslubiyati deb aytishadi. Masalan, bajarilishi kerak bo’lgan mashqning ayrim elementlariga ko’proq e’tibor beriladi. Uzoqqa uloqtirishni ko’rsatayotib oldin dastlabki holatga, so’ng qolgan elementlarga e’tibor beriladi (14-jadval).
Maktab yoshigacha bo’lgan bolalar biologik ko’rsatkichlari bo’yicha quyidagi davrlarga bo’linadi:
Yangi tug’ilgan 4 haftalik;
Yillik 1 yoshgacha;
Ilk bolalik - 1 yoshdan 3 yoshgacha;
Maktabgacha yoshdagi 3 yoshdan 6 (7) yoshgacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |