Zina” testi. Testning maqsadi
Download 12.44 Kb.
|
Zina testi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Testni baholash
“Zina” testi. Testning maqsadi:boladagi oʻziga boʻlgan ishonchni aniqlash. Yosh: 1- 4-sinf. Oʻquvchilarga quyidagi vazifa beriladi: “Bolalar, qoʻlingizdagi qogʻozga 10 ta zinani chizing (psixolog bu zinalarni doskaga chizib koʻrsatadi). Eng pastki zinaga chiqaoladigan oʻquvchilar past bahoga oʻqishar ekan. Ikkinchi zinaga oʻrtacha oʻquvchilar, uchinchisida undan yaxshiroqlari va eng baland zinaga eng kuchli oʻquvchilar chiqa olishar ekan. Oʻzingizga baho bergan holda qaysi zinaga chiqa olishingizni chizib bering. Oʻqituvchingizsizni qaysi zinaga chiqaradi, deb oʻylaysiz? Ota-onangiz sizni qaysi zinagacha chiqa oladi, deb oʻylashadi? Testni baholash: 1-3 zina- oʻziga past baho berish; 4-7 zina- oʻziga adekvat baho berish; 8-10 zina-oʻziga yuqori baho berish. “Zina”metodi maktabgacha boʻlgan bolalarda va birinchidan toʻrtinchi sinfgacha boʻlgan bolalarda oʻziga boʻlgan ishonchni aniqlash testidir. Bu test orqali bola oʻzidagi imkoniyatlarni, hozirgi ahvolini anglab yetadi. Real “Men” bilan, maqsad qoʻyganidagi paydoboʻlgan “Men” iga oʻzini solishtiradi. Real ichki “Men”ni bilan orzusidagi “Men” ining mos kelishi bolaning ruhiyatidagi kuchni ifodalaydi. Bolaning oʻziga ishonchi oʻz resurslarini toʻgʻri baholay olishi orqali shakllanadi. Resurslariga katta baho berish ota-ona tomonidan ortiqcha maqtovlar sababli paydo boʻlayotgan boʻlishi mumkin. Resurslariga past baho berish esa, ota-ona tomonidan bolaga past nazar bilan qarash orqali boʻlishi mumkin. Oʻqituvchiga ikkala holat ham noqulaylik tugʻdiradi. Download 12.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling