Bolalar jismoniy tarbiyasida shaxsga orientirlangan yondashuv


Download 20.11 Kb.
Sana05.12.2020
Hajmi20.11 Kb.
#160076
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasida shaxsga orientirlangan yondashuv

Bolalar jismoniy tarbiyasida shaxsga orientirlangan yondashuv


Bolada psixik rivojlanishni belgilaydigan harakat amallarining rivojlanishini A.V.Zaporojets tadqiq qilgan. U, harakat faoliyatining makrostrukturasini ajratgan va harakat faoliyatini predmetli mazmunini (“harakatlar sxemasini”), uni amalga oshirish vositalari yashiringan sharoitlarni, maqsadlar, motivlar va natijalarni ko’rib chiqqan.Har qanday boshqa faoliyat kabi, harakatlanish faoliyatida ham shartlar va vositalarga muolajalar, maqsadlarga esa – harakat amallari mos keladi. Harakatlanish faoliyati elementlari yoki qismlarining o’ziga xos nisbati A.V.Zaporojetsning fikriga ko’ra makrostrukturani tashkil qiladi.Bola harakatlarining samaradorligi, ko’pincha, qo’yilgan harakat vazifasining xususiyatlariga bog’liq. Faoliyatning bitta komponentlarini o’zi, harakatlarni amalga oshirilishini har xil shartlarida har xil joyni egallashi mumkin. Bitta shartda vazifalar maqsad bo’lishi mumkin bo’lsa, boshqa shartda vosita bo’lib qolishi va shu tufayli, faoliyatning strukturaviy tarkibini o’zgartirishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar harakatlarini bayon qilishda A.V.Zaporojets rahbarlik qiladigan laboratoriyaning ilmiy yutuqlari quyidagilardan tashkil topgan:

- bolaning harakat faoliyatini psixologik hodisa sifatida ajratish;

- harakat faoliyatining operatsion-texnik mazmunini va motivatsion-ehtiyojli tomonini ajratish;

- bolalarda harakat faoliyatining motivatsion-ehtiyojli tomonini yoshga oid o’zgarishlarini belgilash;

- bola tomonidan harakat faoliyati mazmunini refleksiya qilishini yoshga oid dastlabki imkoniyatlarini aniqlash.

Bolaning psixikasi asosida yotgan harakat faolligi va psixik jarayonlarining (diqqatni, xotirani, tafakkurni, tasavvurni va h.k.) o’zaro bog’liqligi boshqa ko’pchilik olimlarning ishlarida yoritilgan. Masalan, A.S.Dvorkin va Yu.K.CHer­nыshenkoning tadqiqotlarida diqqat, xotira, tafakkur, tasavvur jismoniy mashqlar va o’yinlar yordamida rivojlangan. Olimlar, psixik jarayonlarning o’sish sur’atlari ikkita yoshga oid bosqichlarda – 3 dan to 4 yoshgacha va 4 dan to 5 yoshgacha maksimal ekanligini aniqlashgan. Faqat, idrok qilishga qobiliyatni rivojlanishi uchun 5-6 yosh eng qulay hisoblanadi.

N.T.Terexovaning tadqiqotlari faol harakat faoliyatini maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy ishchanlik qobiliyatlariga ijobiy ta’sir qilishini isbotlagan. U, harakatlar orqali keskinlikni yengillashtirish aqliy toliqish yuzaga kelguniga qadar amalga oshirilishi paytida samarali ekanligini va ishchanlik qobiliyatini ortishini belgilaydigan o’rtacha jadallikdagi jismoniy yuklamalarni talab qilishini ta’kidlagan. Kichkina jismoniy yuklamalar bolaning ishchanlik qobiliyatiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi, katta yuklamalar esa, xattoki salbiy samara beradi. Har xil aqliy yuklamali mashg’ulotlarda faol dam olishning har xil shakllari zarur: harakatli, o’yin komponentlari, harakatli o’yinlar, jismoniy tarbiya daqiqalari.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiya jarayonida aqliy rivojlantirishning vositalari va usullari I.V.Starodubtseva va Ye.A.Korotkovaning tadqiqotlarida keltirilgan. Bolalarning aqliy (diqqat, xotira, tafakkur, tasavvur, nutq) rivojlanishida yetakchi hisoblangan komponentlarga ta’sir ko’rsatilgan. Jismoniy mashqlarni qo’llanilishi mohiyati ikkita elementlarni: didaktik o’yin shaklida amalga oshiriladigan harakat amali va mashqni uyg’unlashtirishdan iborat bo’lgan. Asos sifatida yurish, yugurish, sakrashlar, chirmashib chiqishlar, uloqtirishlarni kiritish bilan bajariladigan mashqlar olingan. Ularni bajarish paytida, maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi asosida yotadigan bilishga orientirlangan harakatlarning har xil turlarini o’zlashtirish uchun sharoitlar yaratilgan. Sensomotor koordinatsiyalarni takomillashtirish, nutqni, tasavvurni, xotirani, diqqatni rivojlantirish uchun vazifalar va mashqlar qo’shimcha qo’llanilgan. O’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, jismoniy tarbiya vositalari bolaning psixik funktsiyalarini rivojlantirish uchun chegaralanmagan imkoniyatlarga ega, bu, ularni aqliy rivojlantirish vazifalarini xal qilish uchun qo’llanilishini maqsadga muvofiqligini asoslaydi.

Demak, ta’lim jarayoniga o’yinlar va mashqlarni bilish jarayonini rivojlantirish uchun kiritilishi, bolani nafaqat psixik rivojlanishiga ko’maklashadi, balki harakat amallarini tezkor, ongli eslab qolishi orqali motorikasining o’zini qayta quradi.

SHaxs – doimiy rivojlanuvchi tizim bo’lganligi tufayli, uni, u kirishgan munosabatlar dinamikasidan tashqarida tadqiq qilib bo’lmaydi. Pedagogikada, shaxsni shakllantirishning yo’nalishlaridan biri – ahloqiy tarbiya hisoblanadi. Bolalar bog’chalariga keladigan bolalarning hissiy dunyoqarashlari har xil, intilishlar turlicha va shu bilan birga, malakalari va imkoniyatlari ham har xil bo’ladi. Natijada, ularning har biri tarbiyachi va tengdoshlarining talablariga o’zicha javob beradi va o’ziga nisbatan munosabatni shakllantiradi. Bolalarning o’zaro munosabatlari har doim ham yaxshi shakllanmaydi, shaxsning yuzaga kelgan nomaqbul tavsiflarini qayta o’zgartirish esa – katta kuchni talab qiladi. SHuning uchun, bolani o’zaro munosabatlar darajasiga olib chiqishdan oldin, uni tengdoshiga ijtimoiy ahamiyatli odam sifatida munosabatda bo’lishni o’rgatish, muammoli holatlarni oldini olish bilan bog’liq bo’lgan tasavvurni rivojlantirish, odamni idrok qilishga javoban yuzaga keladigan hissiyotlarni boyitish kerak.Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy xulq-atvorini va madaniyatini shakllantirish uchun pedagogik jarayonda qo’llaniladigan xilma xil shakllar va usullar ichida eng muhim ahamiyat o’yinga, o’yin faoliyatiga qaratiladi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi bolalarning barcha talablari, qiziqishlari, muloqatlari ustivor tarzda o’yinlar yordamida tashkil qilinishi va qoniqtirilishiga intilishi kerak. Bunda, harakatli o’yinlarni shaxsni shakllanishidagi muhim ahamiyati alohida uqtiriladi.T.S.Bloщitsinaning tadqiqotlarida, bolani oldiga o’z tengdoshi bilan kontaktga kirishish zaruratini qo’yadigan harakatli o’yinlar va mashqlar tizimi keltirilgan (bolalar boshqa ishtirokchilarga bog’liq bo’lmagan o’yinlardan tortib, to o’yin vazifasini kelishilgan holda ijro qilish zarurati ko’rinib turadigan va natijaga erishishda har bir ishtirokchining roli aniq ko’rinib turadigan o’yinlargacha). Do’stona o’zaro munosabatlarning shakllanishi birgalikdagi o’yin faoliyati qoidalarini, harakat vazifalarini xal qilish paytidagi o’zaro harakat usullarini, tarbiyachi tomonidan o’yin ishtirokchilarining xulq-atvorini baholash ta’siri ostida o’tadi. Buning barchasi, bolalarning ahloqiy takomillashuvida yuqori rivojlantiruvchi samarani ta’minlaydi.O.V.Kozыreva maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy xulq-atvorini shakllantirish uchun «Druzьya Spartiashki» (“Spartiashkaning do’stlari”) nomli o’yin dasturini ishlab chiqqan bo’lib, unda, spartiancha o’yinlarning ma’lum bir modifikatsiyasi, ularni bolalarning jismoniy va psixik rivojlanishi xususiyatlariga adaptatsiyasi nazarda tutilgan. Modifikatsiya va adaptatsiyaning asosiy yo’nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

- spartiancha o’yinlarni syujet asosida tashkil qilish va o’tkazish;

- musobaqa o’yinlarini g’oliblari va mag’lublari bo’lmagan musobaqaga taalluqli bo’lmagan o’yinlar bilan majburiy uyg’unlashtirilishi;

- o’zlarini oldingi natijalarini yaxshilagan bolalarni rag’batlantirish;

- milliy va halq an’analari bilan bog’liq bo’lgan o’yinlarni, tomoshalarni, ko’rik-tanlovlarni qo’llash.Bolalarning musobaqa o’yinlariga taqlid qilinadigan obraz – Spartianchi kiritilgan bo’lib, u, qiyinchiliklar oldida hech qachon chekinmaydi, faol, qat’iy, mardonavor harakat qiladi, raqiblariga hurmat bilan munosabatda bo’ladi, o’zining muvaffaqiyatlari bilan maqtanmaydi, mag’lubiyatni munosib qabul qiladi, o’yin ishtirokchilarining barchasiga yordam beradi. Ushbu obraz, ijtimoiy-madaniy me’yorlarni va xulq-atvor qoidalarini o’zlashtirishga yordam beradi.

SHaxsning irodaviy sifatlarini va harakat faoliyati jarayonida bolaning xulq-atvorini ixtiyoriyligini rivojlantirish muammosi olimlarda alohida qiziqish uyg’otdi. Ye.A.Sagaydachnayaning tadqiqotlarida bolalar bog’chalaridagi jismoniy tarbiya bo’yicha dasturga kiritilgan har qanday turdagi – gimnastik, umumiy rivojlantiruvchi, asosiy harakatchan va sport o’yinlari harakatlarini bajarish – ularning xajmi, murakkabligi, jadalligi va davomiyligi bilan qiyinlashtiriladi. Mashqlarni murakkablashtirish quyidagi qiyinchiliklarni yuzaga keltirish yo’li bilan amalga oshiriladi:

- bir xildagi atsiklik jismoniy mashqlarni (sapchishlarni, o’tirib-turishlarni, sakrashlarni va h.k.) takrorlashlar sonini sekin-asta oshirish;

- tsiklik mashqlarning (yugurish, yurish va b.) davomiyligini sekin-asta oshirish;

- har xil mashqlarni bajarish jadalligi darajasini, ko’pincha oshirilishi tomonga o’zgartirishni (sekin, sal tezroq, tez sur’atlarda ma’lum bir miqdorda o’tirib-turish);

- mashqlarni bajarish sharoiti va shartlarini o’zgartirish (individual tarzda yoki birontasi bilan, og’irlashtiruvchi vositalarsiz yoki ular bilan).

Ishning muvaffaqiyatli bo’lishini ta’minlashda irodali kuchlanishlarni rag’batlantirish usullari va yo’llarini qo’llash katta ahamiyat kasb etadi: irodaviy sifatlarni rivojlanishi darajasini nazorat qilish va hisobga olish, jismoniy mashqlarni bajarish natijalarini ko’rgazmali namoyish qilish va b.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning irodaviy sifatlarini rivojlantirish va shakllantirish muammosini o’rganish paytida mustaqillikka alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu sifat integral shaxs xususiyati sifatida ilgari chiqadi, unga xos bo’lgan tavsif – harakat faoliyatining butun strukturasini o’zlashtirish darajasini va harakatlarda ijodkorlikni namoyon qilish bilan harakatlanish tajribasini mustaqil tarzda olib o’tish qobiliyati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik hisoblanadi. Harakat faoliyatida (syujetli, harakatli o’yinlar) mustaqillikni birlamchi namoyon qilinishi bolalarni harakat faolligiga bo’lgan umumiy intilishlari bilan bog’liq. Pedagog jamoaviy faoliyat atmosferasini, ijobiy emotsional holatni yaratadi, unda, bolalar o’zlarini tinch, ishonarli his qilishadi, muvaffaqiyatsizlikdan aziyat chekishmaydi. Jismoniy mashqlarni bajarish paytida bolaning mustaqilligini tarbiyalashni ta’minlaydigan bir qator sharoitlarni (ichki va tashqi) yaratish tavsiya qilianadi:

- jismoniy mashqlarning, shaxsga taalluqli mazmunga ega bo’lgan harakat tajribasining ideomotor obrazlar ko’rinishidagi axborotni to’plash;

- jismoniy mashqlar texnikasining etalonlarini o’zlashtirish;

- xilma xil harakat modellarini o’zlashtirish, bola, ularni o’zining “Men”ini shakllanishi lahzasida tanlashi mumkin;

- baho olish, o’ylab qo’yilgan maqsadni va jismoniy mashqni bajarish natijasini taqqoslash;

- o’z harakatlarini va o’rtoqlarining harakatlarini bashorat qilish va nazorat qilish.

SHunday qilib, bolalarda o’ziga xos “bolalarning orientirlovchi harakat ideali” yuzaga keladi (T.E.Tokaeva) va ular, harakatni faoliyatining boshqa turiga olib o’tishlari mumkin, bu, shaxsiy xulq-atvorida o’z o’rnini o’zi topishi uchun muhimdir.

Harakatlarni mustaqil bajarish tajribasini shakllantirish uchun qulay sharoitlar V.A.SHishkinaning ishlarida ochib berilgan:

- jismoniy tarbiya-o’yin muhitini tashkil qilish;

- kun tartibida mustaqil harakat faoliyati uchun vaqt ajratish (bolalarni ertalab qabul qilib olish vaqtida, mashg’ulotlargacha va ular oralig’ida, sayr qilish vaqtida, uyqudan keyin, bolalar bog’chasida va oilada kechki vaqtda);

- tarbiyachini bolalarning harakat faoliyatini faollashtirish bo’yicha maxsus (bevosita ifodalanadigan) usullarni bilishi (har bir bolaning harakatlanishi uchun joyni nazarda tutish, bolalarni jismoniy tarbiya qurollarini joylashtirishga jalb qilish, bolalarning harakat faoliyatida harakatchanlikning har xil darajalarini birlashtirish va b.).

Jismoniy mashqlar va o’yinlar yordamida xulq-atvorni ixtiyoriyligini



rivojlantirish, bolani, o’zining shaxsiy tashqi yoki ichki harakat amallariga yo’naltirilganligini shakllantirish bilan bog’liq, buning natijasida, o’zini o’zi boshqarish qobiliyati yuzaga keladi. N.V.Fenogenovaning tadqiqotlarida, bunday ish aniq ketma-ketlikka ega. Birinchi bosqichda, bolalar mahsuldor o’zaro harakatlarga o’rganishadi. Bunga «Karusel», «Pufak», «Karavay» va boshqa o’yin-tomoshalar ko’maklashadi. Ushbu o’yinlarning ishtirokchilari o’z harakatlarini rollar bo’yicha emas, balki faoliyatining mazmuni bo’yicha kelishtirishadi, topqirlik va ixtirochilikni namoyon qilishadi. O’yin-tomoshalar o’zlashtirilganidan keyin, syujetli-rolli harakatli o’yinlar qo’llaniladi, ularda bolalarning o’zaro harakatlari nafaqat yetakchi ortidan harakatlarni takrorlashdan, balki uning so’zlariga va harakatlariga nisbatan javob reaktsiyasidan ham iboratdir. So’ngra bolalar, harakatlanish usulini umumlashtirilgan holda belgilaydigan qoidalarga orientirlanishi orqali, shaxsiy rejasi bo’yicha ishlashga o’rganishadi. Buning uchun sport o’yinlari qo’llaniladi (basketbol, futbol va b.).SHaxsni, o’zini o’z baholash kabi muhim komponentini jismoniy mashqlar va o’yinlar yordamida shakllantirish imkoniyati ochib berilgan ishlarni alohida ko’rsatish lozim. L.I.Bershedovani tadqiqotlarida maktabgacha yoshdagi bolaning o’zini o’z baholash qobiliyatini shakllantirish sport mashg’ulotlari jarayonida o’yin faoliyati orqali, uni maqsadga yo’naltirilgan murakkablashtirilishi yo’li bilan va sport yo’nalganligiga ega bo’lgan o’quv vazifalari va amallarini kiritilishi hisobiga amalga oshirilgan. Tajribalarda harakatli va sport o’yinlari keng qo’llanilgan bo’lib, ularda, bolalarni harakat amallari usullarini anglashga yo’naltirilgan baholashning guruhli shakllari, bolalar tomonidan tengdoshlarining faoliyatini mustaqil baholashi; bolalarni shaxsiy harakat faolligini, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini anglashida ifodalanadigan o’zini o’zi baholashi dolzarblashtirilgan. G.A.Petrushinaning tadqiqotlarida jismoniy tarbiya mashg’ulotida o’zini o’zi baholashni shakllantirish, baholash jarayonida bevosita bolalarni ishtirok etishlari ta’minlangan sharoitlarda muvaffaqiyatli o’tgan. Bola, o’zini o’zi baholashni amalga oshirishni, o’zining faoliyatini, uning usullari va natijalarini tahlil qilishga tayangan holda bajaradi.Bolalar tomonidan harakat materialini madaniyatni ijod qilish faoliyati pozitsiyasidan turib o’zlashtirilishi muammosi mamlakatimiz va xorijdagi mualliflarning ishlarida absolyut yangicha his etilgan va anglangan. Bunday yondashuvga binoan, bola uchun jismoniy tarbiya tayyor, qotib qolgan, oxirigacha shakllangan elementlar tizimi hisoblanmaydi, balki o’zgartirilishi uchun ochiq struktura hisoblanadi. Madaniyatni o’zlashtirish jarayoni ijodiy hisoblanadi. Bola tomonidan qadriyatli jismoniy madaniyatni ijodiy o’zlashtirish mexanizmini ishga tushirib yuborish uchun har xil harakatlar muammosini bolalarning harakatlari “tili”da o’ziga xos “qayta kodlashtirish”ni nazarda tutish zarur. Bu, bolalarni, ko’rsatilgan muammolarni mumkin bo’lgan darajada faol idrok qilishga va xal qilishga kirishishiga imkon beradi. E.Ya.Stepanenkovaning ishlarida, harakatli o’yinlarda harakatlarning xilma xil kombinatsiyalarini qo’llanilishi bolalarning ijodkorligini faollashtiradi, jismoniy mashqlarni harakat vazifalarini hal qilish vositalari va ularning ifodalanganligini asosiy omili sifatida qo’llashga ko’maklashadi. Bolalar, pedagogning yetakchi roli ostida o’yinlarning variantlarini tuzishga jalb qilinadi, ularni mustaqil tarzda tashkil qilishga o’rganishadi. Bolalar ijodkorligining eng yuqori darajasi – tanish badiiy asarlarning syujeti bo’yicha yangi harakatli o’yinlarni o’ylab topish hisoblanadi. Bolalarning o’yin faoliyatini ijodiy yo’nalganligi o’yinni boshqarishni oldindan o’ylangan emotsional-obrazli uslubiyati bilan belgilanadi.
Download 20.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling