- xalq milliy o‘yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo‘llari, usullari hamda uslublarini ishlab chiqish; - milliy o‘yinlami tashkil etishda ma’naviy qadriyatlar va urfodatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish; - maktabgacha yoshdagi bolalami milliy istiqlol ruhida tarbiyak.shda xalq milliy o‘yinlaridan maqsadli foydalanish; - xalq ertaklari, xalq og‘zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish; - bolalarning o‘ynashlari uchun shart-sharoit (o‘yin uchun jihozlar, atributlar) yaratish; - maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va mahallalar o‘rtasida milliy o'yinlar bo‘yicha ko‘rik tanlovlari va musobaqalar o‘tkazish. Milliy harakatli o‘yinlar bolalarning yosh xususiyatlariga, o‘yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi. Bolalar lug‘atini boyitishda ta’limiy o‘yinlarni tanlash, o‘tkazish va tahlil qilish. Ta'limiy o'yinlar va ularning bolalar so'zlashuv nutqini o'stirishdagi ahamiyati bolalarni so'zlashuv nutqiga o'rgatishda mashg'ulotning o'yin
shaklidan foydalaniladi. Bu mashg'ulot turiga bolalarning nutq faolligi (savollarga
javob berishi) asosiy o'rinni egallaydi. Ta'limiy o'yinlar ko'proq qo'g'irchoqlar bilan
olib borilib, bunda tarbiyachi qo'g'irchoq ishtirokida uncha katta bo'lmagan
inssenirovkani o'ynaydi, masalan: yangi qo'g'irchoq bilan uchrashuv, qo'g'irchoq
oshpaz va hokazolar. Qo'g'irchoqlar bilan birga o'tkaziladigan ta'limiy o'yinlarda
tarbiyachi bolalar bilan qo'g'irchoq nomidan so'zlashadi, ya'ni bolalarga savollar
beradi, o'zi savol berib, o'zi javob qaytaradi. So'zlashuvning bunday shakli bolalar
qiziqishini oshiradi, nutqini faollashtiradi. Bolalar tarbiyachining har bir harakatini
zo'r qiziqish bilan kuzatadilar, tushuntirishlarini, savoliarini va javoblarini diqqat
bilan tinglaydilar va o'zlari ham savollar be-rishga harakat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |