Bolalar nutqini o‘stirishga doir nazariy ishlar bajardi: Maktabgacha ta’lim 22/1 guruh talabasi


Download 8.48 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi8.48 Kb.
#1637100
1   2   3
Bog'liq
BOLALAR NUTQINI O‘STIRISHGA DOIR NAZARIY ISHLAR

Uchinchi vazifasi – bolalar nutqini rivojlantirish vazifasini tarbiyachilar zimmasiga yuklagan holda pedagog Ye.I.Tixeyeva fkriga ko‘ra, bolalar nutqini rivojlantirishning eng yangi metodlarini o‘zlashtirishi, nafaqat metodik usullarni bilishi, balki ularni bolalar bilan muloqot chog‘ida qo‘llay olishi ham darkor. Ye.I.Tixeyeva o‘z metodikasida bolalar nutqini rivojlantirishga oid ishlar mazmunini hamda nutqning rivojlanishi, og‘zaki nutq rivojlanishi ro‘y beradigan faoliyat turlarini aniqlaydi. Mashg‘ulotlar jarayonida ushbu faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yishda Tixeyeva asosiy e’tiborni lug‘atni boyitish va ravon nutqni rivojlantirishga qaratish lozimligini ko‘rsatadi. U ko‘rgazmaviylik va kuzatishni bola nutqini rivojlantirish asosi deb hisoblaydi. Ye.I.Tixeyeva tomonidan ekskursiyalarni o‘tkazish metodikasi ishlab chiqilgan, ekskursiyalarni bunday tashkil qilish, uning fkricha, bolalarni bevosita tabiatga oshno qiladi, ularga jonli borliqni ularning tabiiy munosabatlari bilan birgalikda tanishtiradi.

Ye.I.Tixeyeva nutqni rivojlantirish mashg‘ulotlariga nisbatan qo‘yadigan asosiy talablari qatorida bolalar qiziqishlari va tajribalari, ularni jonli o‘tkazish, harakatlanish va sinab ko‘rish imkoniyatlari bilan aloqasini olg‘a suradi. O‘z davrining ilmiy yutuqlari doirasida Ye.I.Tixeyeva quyidagilarni ishlab chiqqan: • bolalarni maktabda ta’lim olishga tayyorlovchi uyushtirilgan dasturiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish metodikasi; • maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini, fkrlashini rivojlantirish; • original didaktik material tizimi va undan maktabgacha ta’lim muassasasida foydalanish metodikasi.

6 yoshda o’rtacha rivojlangan bola ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qiladi, amalda nutqda Grammatik xatolarga yo’l qo’ymaydi. Bu yoshning yorqin xarakteristikalaridan biri har xil turdagi matnlarni tuzishni faol o’zlashtirish hisoblanadi. Bola monolog shaklini o’zlashtiradi. muloqotning ko’rinish holatidan qat’i nazar nutqning vazifasi paydo bo’ladi. Grammatik tizimning shakllanishi nutqning rivoji bilan bog’liq bo’ladi. A. A. Leontev ta’rifi bo’yicha ontogenezda nutqiy faoliyatni shakllantirish jarayoni va ona tilini tizimli o’zlashtirish bir qator ketma-ket davrlarni yoki bosqichlarni o’z ichiga oladi: 1. Tayyorlov davri(tug’ilgan davrdan 1 yoshgacha); 2. Maktabgacha davrdan oldingi(1 yoshdan 3 yoshgacha); 3. Maktabgacha davr(3 yoshdan 7 yoshgacha ); 4. Maktab davri(7 yoshdan 17 yoshgacha).


Download 8.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling