Bolalar psixologiyasi va psixadiagnostikasi
Download 472.94 Kb. Pdf ko'rish
|
Chaqaloqlik va go’daklik davrining psixiologik xususiyatlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti S1-22 MT guruhi To'xtamurodova Asalxonning “Bolalar psixologiyasi va psixadiagnostikasi” fanidan MUSTAQIL ISHI Chaqaloqlik va go’daklik davrining psixiologik xususiyatlari. REJA: 1. Chaqaloqlik davrining psixologik xususiyatlari 2. Go’daklik davrining psixologik xususiyatlari Chaqaloqlik davrining psixologik xususiyatlari Bolaning chaqaloqlik davri jismoniy jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Odatda odam ning yoshi tug‘ilgan kunidan boshlab hisoblanadi. Lekin aslida odamning dunyoga kelishi, rivojlanishi tug‘ilmasdan ilgarigi, ya’ni ona qomidagi davridan boshlanadi. Bola onaning qomidaligi davrida, ya’ni to ‘qqiz oy mobaynida juda tez va juda murakkab taraqqiyot davrini boshidan kechiradi, uning keyingi rivojlanishi ona qomidagi taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun bolaning tug‘ilgunga qadar bo‘lgan taraqqiyotiga ham diqqat- e’tibor bilan qarash lozim, chunki tug‘ilgunga qadar ham bolaga tashqi muhit ta’sir qiladi. Lekin bu ta’sir faqat ona orqali, onaning organizmi orqali bo‘ladi. Homiladorlik davrining har jihatdan normal o‘tishi bolaning ona qomidagi normal taraqqiyoti va har jihatdan to ‘kis boiishini ta’minlaydi. Bolaning tug‘ilgandan keyin bir yoshgacha davri nisbatan kam harakat va “nutqsiz” taraqqiyot davridir. Bu davrda bolaning o ‘sishi va taraqqiyoti tor — oila va yasli doirasida kechadi. Ammo shunday boisa ham bu davr har jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Bu davrda bola deyarli faqat ona suti bilangina ovqatlanadi, u hali gapira olmaydi va mustaqil harakat qila olmaydi. Bu davrda bola ojiz boiib, kattalaming doimiy va to‘g‘ri parvarish qiUshlariga muhtoj boiadi. Yangi tug‘ilgan va bir yoshgacha boigan bolalaming tashqi qiyofalari katta odamlaming tashqi qiyofalaridan ancha farq qiladi. Yangi tugilgan bolaning boshi gavdasiga nisbatari juda ham katta (gavdasining to‘rtdan bir qismiga barobar), bo‘yin deyarli yo‘q darajada qisqa, gavdasi uzun, oyoq-qo‘llari gavdasiga nisbatan qisqa bo’ladi. Katta yoshli odamning boshi gavdasining sakkizdan bir qismiga to ‘g‘ri keladi. Bundan tashqari chaqaloq bolaning yuzi juda kichkina bo’ladi, chunki yuqorigi va pastki jag‘lari hali ishlamaganligi tufayli rivojlanmagan bo‘ladi. Chaqaloq bolalar ichki organlarining holati va faoliyati ham katta odamlarnikidan anchagina farq qiladi. Masalan, o‘pkadagi havo kiradigan mayda pufakchalarning soni miqdor jihatdan katta odamlarniki bilan barobar bo‘lsa, ular juda mayda bo’ladi (katta odamlarnikiga nisbatan uch barobar kichik bo’ladi). Shuning uchun chaqaloq bolalar katta odamlarga nisbatan uch barobar tez nafas oladilar. Chaqaloq bola bir minutda 50-60 marta nafas olsa, katta yoshdagi odam xuddi shu vaqt ichida 14-16 marta nafas oladi. Chaqaloq bola jismoniy jihatdan juda tez o‘sayotganligi tufayli sof havoga ayniqsa muhtoj bo’ladi. Ilk yoshdagi bolalarning taraqqiyotida, buni albatta hisobga olish zarur. Normal tug’ilgan bolaning o‘rtacha vazni 2800-3500 g, bo‘yi 45-52 santimetr bo’ladi, bir yil davomida uning vazni va bo‘yi ayniqsa sezilarli o‘zgaradi. Normal o‘sib ulg‘ayayotgan bola yarim yoshga yetganida uning vazni ikki barobar, bir yoshga yetganida esa uch barobar ortadi. Bolaning vazni dastlabki oylarda, ayniqsa, bir-uch oyligida tez ortadi. Keyinroq borib vaznning ortishi birmuncha sekinlashib boradi va bir yoshga to’lgach, bolaning vazni 9 kg ga yetadi. Agar bola bir yoshga to’lguncha taxminan 25 sm ga o‘ssa, keyingi ikki yil ichida faqat 18 sm ga o‘sadi. Go‘dak bolalar jismoniy bilan birga psixik jihatdan ham juda tez rivojlanadilar. Chaqaloq bolalar psixikasining rivojlanishi, birinchidan, analizatorlaming takomillashuvi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, mustaqil harakatlarining o’sishi bilan bog‘liqdir. Analizatorlaming tez takomillashuvi natijasida bola uch oylik bo‘lgandan so‘ng unda dastlabki shartli reflekslar yuzaga kela boshlaydi. Demak, ana shu davrdan boshlab bola psixikasi tez rivojlanish yo‘liga kiradi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, dastawal bolada harakat analizatorlari bilan bogiiq, undan so‘ng eshitish va ko‘rish analizatorlari bilan bogiiq boigan shartli reflekslar yuzaga keladi. Ana shu tariqa barcha analizatorlaiga nisbatan har xil murakkablikda shartli reflekslar tobora ko‘plab yuzaga kela boradi. Shartli reflekslaming yuzaga kelishi bola psixikasining rivojlanishi uchun moddiy zamin boiadi. Keyinchalik, ya’ni ikki-uch oylik bolalarda analizatorlar faoliyatinin g takomillashvi natijasida ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchilami farqlash qobiliyati yuzaga kela boshlaydi. Dastavval turli ovozlami, so‘ngra ayrim yorqin ranglami, ta’mlami, farqlay boshlaydi. Nihoyat, uch oylik bola atrofidagi juda ko‘p narsalardan odamni farqlaydigan va odamga nisbatan qandaydirboshqacha reaksiya qiladigan bo‘ladi. Uch oylik bola oldiga kelgan odamga tiqilib, emotsional munosabatda bola boshlaydi. U odamga uzoq vaqt tikilib qaraydi, Lablarini harakatlantirib, tilini aylantirib, go’yo odamning nutqiga taqlid qilmoqchi boladi. Ana shu davrdan boshlab bolalar bilan imkoni boricha mehribonlik ohangida gaplashib turish kerak. Ana shunday munosabatlar natijasida bolada qandaydir aktivlik, kattalaiga talpinish reaksiyasi yuzaga keladi. Psixologlar bolalarda kattalar bilan bo‘lgan munosabatdan yuzaga keladigan emotsional reaktsiyalami jonlanisb kompleksi deb ataganlar. Bu kompleksda bola uning bilan munosabatda bolayotgan odamga muloyim tikilib, jilmayadi, qo’l va oyoqlari bilan talpinib qandaydir ovoz chiqaradi. Bolada qandaydir kuchli mamnunlik hissi yuzaga keladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, agar bolalar bilan keragidan ortiq darajada munosabatda boiib, ularda jonlanish kompleksini yuzaga keltira berilsa, ular kattalariga o‘rganib qoladilar va o‘yinchoqlaiga qaramay qo‘yadilar. Go‘dak bola yoshiga to‘lguncha juda ko‘p harakatlami o‘zlashtirib oladi. Bolaning qiladigan turli-tuman harakatlari orasida qo‘l harakatlari psixik taraqqiyot uchun muhim bo‘lgan harakatlardir. To‘rt oylik bola narsalaiga qo‘l cho‘zadigan bo‘ladi, ammo u hali o‘zining qo’l harakatlarini idora qila olmaydi. Bola besh oylik bo‘lgach, narsalarni ushlab, uni paypaslab, timirskilab ko‘radigan boiadi. Bolaning q o i harakatlari atrofidagi narsalarni bilish quroliga aylanadi, chunki u narsalami paypaslab, timirskilab ko‘rish orqali ulaming ayrim xususiyatlarini bilib oladi. Bolaning psixik taraqqiyotida murakkab harakatlarni egallab borishi juda katta rol o‘ynaydi. Bola olti oylik boigach, mustaqil o‘tira oladigan boladi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 472.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling