Bolalar, qizlar navbat bilan yaxmalak otishar, faqat Umidagina
Download 413 Kb.
|
Bolalar, qizlar navbat bilan yaxmalak otishar, faqat Umidagina (1)
Bob bo`yicha xulosalar
Gap kishilar orasida axborot uzatish uchun ishlatiladigan asosiy til birligi va fikr ifodalashning eng oddiy ko`rinishidir. Demak, gap kommunikativ vazifa bajaradi: so`zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tinglovchi uchun axborot qabul qilish vositasi sanaladi. O`zbek tilida gapning lisoniy sintaktik qurilishi substansial tahlil asosida o`rganilgan. Nutqda cheksiz miqdorda va xilma-xillikda voqelanuvchi muayyan gaplar til sathida tayyor turadigan gapning eng kichik qolipi − [WPm]=SGning hosilalaridir. O`zbek tilida gapning nutqiy ko`rinishlarini shakllantiruvchi va mazmuniy xususiyatlarini ta’minlovchi nosintaktik hodisalar gap umumiy lisoniy qurilishiga ta’sir o`tkazmaydi. Til egalari nutqida yuzaga keluvchi xabar, tasdiq yoki inkor, buyruq, his-hayajon ifodalaydigan nutqiy gaplar, shu jumladan, so`roq gaplarning lisoniy sintaktik qurilishi [WPm]=SG qolipi va uning olti variantida umumlashgan bo`ladi. Gapning ifoda maqsadi nutqda gaplarni shakllantiruvchi nosintaktik hodisalardan biridir. Bu hodisaning ahamiyati gap turlarini belgilashda, xususan, so`roq gaplarni hosil qilishida namoyon bo`ladi. O`zbek tilida gapning ifoda maqsadiga ko`ra, darak, so`roq va buyruq gaplar ajratiladi. So`roq gapda ifodalangan maqsad noma’lum axborotni aniqlashdan iborat bo`lib, nutqda so`zlovchiga noma’lum narsa, hodisa, predmet, shaxs (va h-zo) haqida ma’lumot olish ehtiyoji tufayli vujudga keladi va aksariyat dialogik nutqda, nutqiy muloqotda uchraydi. So`roq gaplar grammatik jihatdan so`roq olmoshlari, so`roq yuklamalari va ohang yordamida shakllanadi. So`roq gapni shakllantiruvchilar lisoniy tabiatiga ko`ra, morfologik va fonetik vositalardir. Kutilayotgan javobga munosabatiga ko`ra bunday gaplar uch turga bo`linadi: 1) sof so`roq gap; 2) ritorik so`roq gap; 3) so`roq-buyruq gap. So`roq gap mazmuniga muvofiq ohangga ega bo`ladi. Nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va mazkur gapni shakllantiruvchi vositalar so`roq ohangini belgilaydi. So`roq gap axborot olish, uning noma’lum qirralarini aniqlashtirishga xizmat qiluvchi sintaktik birlik sanaladi. Download 413 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling