Bolalar salomatligi holati va uni himoyalash


Download 219.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.02.2023
Hajmi219.77 Kb.
#1181481
  1   2
Bog'liq
4-mavzu boyicha Referat



BOLALAR SALOMATLIGI HOLATI VA UNI HIMOYALASH 
Reja: 
1. Sog’lom organizm haqida tushuncha. 
2. Kasal organizm haqida tushuncha. 
3. Kasalliklarning kelib chiqishi. 
4. Yuqumli kasalliklar. 
5. Kasalliklarning yoshga qarab tarqalishi. 
6. Infeksiyaning tarqalish yo’llari. 
7. Organizmning o’zini-o’zi himoya qilishi. 
8. Bolalarda uchraydigan infeksion kasalliklar. 
9. Sog’lom turmush tarzi va uning tarkibiy qismlari. 
Sog’lom organizm bu kishi organizmning shunday holatini, ya‘ni uning barcha organlari 
va sistemalari tashqi muhitning uzgarishlariga yaxshi moslasha oladigan, o’zida xech qanday 
uzgarish sezmaydigan, normal aqliy va jismoniy ish bajaradigan, hech qanday kasallik belgilarini 
sezmaydigan organizmdir. 
Sog’lom organizmning xarakterli belgilari shundaki, u tashqi muhit sharoitlarining har 
qanday murakkab uzgarishlariga tez moslashishlari bilan birgalikda, ma‘lum jismoniy mehnat 
qobiliyatlarini yuqotmaydilar. Shunga qaramasdan barcha bolalarning va o’smirlarning gavda 
tuzilishi , jismoniy va aqliy rivojlanishi chiniqishi bir xil bo’lavermaydi. Bu esa bolalarning irsiy 
xususiyatlariga, sotsial va ijtimoiy sharoitlarga va boshqa ta‘sir etuvchi sabablarga bog’liqdir. 
Yuqorida kursatilgan sabablar bolalarning yoshi, jinsidan qatiy nazar ularning aqliy va jismoniy 
rivojlanishi darajasiga ta‘sir etadi. 
Shuning uchun tarbiyachilar, o’qituvchilar xar bir bolaning ana shu fiziologik va 
psixologik xususiyatlariga bilimlariga asoslangan holda ta‘lim va tarbiyaviy ishlarni olib borish 
maqsadga muvofiqdir. 
Biz tarbiyachi pedagoglar, tibbiyot xodimlari va ota-onalar bolalar salomatligi uchun 
kanchalik kurashmaylik bari-bir bolalar ayrim kasalliklar bilan kasallanadilar. 
Kasal organizm bu kishi organizmining shunday xolatiki, u tashqi muxit sharoitining 
ozgina o’zgarishlariga ham moslasha olmaydi. Natijada, uning aqliy va jismoniy ish qobilyati 
pasayadi yoki butunlay yuqoladi. Be‘mor tanasining ma‘lum qismida og’riq paydo bo’lishi, 
yurak uynashi, nafas qisishi, ko’ngil ozishi, umumiy quvvatsizlik kabi kasallik belgilaridan 
shikoyat qiladi. 
Kasallik qo’zg’atuvchi sabablar turlicha bo’ladi fizikaviy, ximiyaviy, mexanik ta‘sirotlar, 
mikroblar, bakteriyalar viruslar vositasida va boshqalar. Kasalliklar kelib chiqishi sabablariga 
kura, yuqumsiz va yukumli kasalliklarga bo’linadi. Yukumsiz kasalliklarni qo’zg’atuvchi va 
tarqatuvchilari bo’lmaydi. M-n: Sinish, chikish, bosh og’rig’i, xirurglik kasalliklar va boshkalar. 
Yukumli kasalliklarni qo’zg’atuvchi va tarqatuvchilari bo’ladi. Kasallik tarqatuvchi 
mikroorganizmlarga: bakteriyalar, zamburug’lar, sodda jonivorlar, rikketsiyalar, viruslar sabab 
bo’ladi. Yuqorida kursatilgan kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlarning kishi organizmga 
kirishi natijasida yuzaga keladigan kasalliklariga yuqumli kasalliklar deyiladi. Bakteriyalar 
shakli katta kichikligi va xossalari nihoyat xilma-xil bo’ladigan mikroorganizmlardir. Sharsimon 
xillari-xonklar, tayoqchasimon xillari-badillalar deb ataladi. Uzum boshiga uxshash, to’p-to’p 
joylashadigan koklar stafilakoklar deb ataladi. Bular terining yiringli kasalliklariga, jaroxatlarni 
moddalab ketishiga sabab bo’ladi. 
Zamburug’lar - teri soch, soch va shilliq pardalarida bo’ladigan kasalliklarni keltirib 
chiqaradi va shakli, hamda xossalari jihatidan xilma-xil bo’ladi. M-n: kirma temiratki, 
zamburug’i teri va sochlarni shikastlantirsa mogorasimon zamburug’i chaqaloq bola tili, hamda 
tanlayining shilliq pardasini shikaslantiradi. 
Sodda hayvonlar - bir xujayrali hayvonlardir. M-n: bir hujayrali plazmodiy bezgakka 
sabab bo’lsa, ichak amyobasi- qon aralash ich ketishiga (dizenteriyaning bir turiga) sabab 
bo’ladi. Rikietsiyalar - juda mayda qo’zg’aluvchilar bo’lib, bular orasida toshlamli tif 


qo’zg’aluvchilari odam uchun hammadan xavfli bo’ladi. Viruslar - shu qadar mayda bo’ladiki, 
hatto elektron mikroskopda ham hamma vaqt kurinavermaydi. Ular juda zich filtirlardan ham 
utib ketadi, shuning uchun ham «tutqich bermaydi» va filtirlanuvchi viruslar deb ataladi. 
Qizamiq, gripp, paloimielit, qutirish, chin chechak va suv chechak qo’zg’aluvchilari 
filtirlanuvchi viruslar jumlasiga kiradi va xokazo. 
Ko’pchilik kasalliklarda kasal odam yoki xayvon infektsiya manbai xisoblanadi. Kasallik 
qo’zg’atuvchisi shularning organizmidan fiziologik yo’l bilan (nafasdan chikariladigan havo, 
balg’am, siydiq axlati bilan) yoki patologik yo’l bilan (yutalganda, qayt qilganda, jaroxatlar, 
yaralar va yallig’langan shilliq pardalardan chiqadigan ajratmalar bilan) tashqariga chiqib turadi. 
Kasallik avjiga chiqqan davrida yoki kasalliklarni yashirin davrida (qizamiq), ayrim 
hollarda tuealish davrida (ich terlama, dizenteriya, diafteriya) bemor organizmidagi kasallik 
qo’zg’atuvchilari hammadan qup chiqadi. 
Ko’pincha bola yoki katta odam tuzalib ketgandan keyin ham infektsiya manbai bo’lib 
qolaveradi. Kasal organizmdan tashqariga chiqqan kasallik qo’zg’atuvchisi qisman tashqi 
muxitda o’ladi yoki boshqa organizmga tushguncha saklanib qoladi. Sog’ organizmga tushgach 
parazitlik qila boshlaydi. 
Infektsion kasalliklar qo’zg’atuvchilarning tarqalish yo’llari turtta gruppaga ajratiladi: 
kontakt yo’li, havo tomchi, suv-ovqat va tirik jonivorlar orqali tarqalish yo’llari. 
Kontakt yo’li - bemorga yaqin bo’lganda kasallikning yuqib qolishidir. Bevosita va 
bilvosita kontakt tafovut qilinadi. Bevosita kontaktda kasallik qo’zg’atuvchisi kasal organizmdan 
sog’lom organizmga tug’ridan tug’ri utadi (o’pishish vaqtida, hayvon tishlaganda, sulagi 
tushganda va xokazo) bilvosita kontaktda kasallik ruzg’or buyumlari orqali: kitob-daftar, kiyim-
bosh va oyoq kiyim almashtirish va boshqa yo’llar. M-n: Difteriya, kutirish, sil va boshqa 
kasalliklar bevosita kontakt yo’li bilan yuqsa dizenteriya, ich terlama, difteriya va boshqa 
kasalliklar bilvosita yo’l bilan o’tadi. 
Kasallikning havo tomchi usulida tarqalishi kasal odam aks urganda va yo’talganda, 
mayda tomchilar orqali kasallik qo’zg’atuvchilarning yuqishidir. Bularga gripp, difteriya, ko’k 
yo’tal qizamiq, shuningdek sil va boshqa kasalliklar yuqadi. 
Kasalliklar davomiyligiga kura utkir va surinkalik kasalliklarga bo’linadi. Utkir 
kasalliklar bidaniga boshlanadi va bir necha kun davom etadi. Surinkali kasalliklar esa, oylab, 
yillab davom etishi mumkin. Surinkali kasalliklar belgilari yukolib (kamayib) sung yana 
qaytalanib turadi. Ko’pincha surinkali kasalliklar o’tkir kasallikni vaktida davolamaslikdan 
oyokda o’tkazish, dori-darmonlardan foydalanmaslik natijasida kelib chiqadi. Bunday 
kasalliklarga o’pka zotiljami, buyraq jigar kasalliklari. Ba‘zi kasalliklar esa boshlanishidan 
surinkali davom etadi. M-n: revmatizm, tuberkulyoz kabi kasalliklar. 
Kasalliklar yoshga qarab turlicha tarqaladi. Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda ko’proq 
tug’ma kasalliklar, upkaning shamollashi, oshkozon-ichakning funktsional yoki notug’ri 
ovqatlanish natijasida kelib chiqadigan kasalliklar ko’prok uchrasa, maktabgacha yoshdagi 
bolalarda qizamiq, ko’k yo’tal, tepki, suvchechaq ichburug’, angina, o’pka va nafas yo’llarining 
shamollashi, gripp kasalliklari ko’prok uchraydi. Maktab yoshidagi bolalar va o’smirlarda 
revmatizm, tuberkulyoz, shikastlanish, buyrakni shamollashi, tosh kasalliklari, jigar va gijja 
kasalliklari bilan ko’prok og’riydilar. 
Kasalliklar bolalarning jismoniy o’sishiga katta ta‘sir etadi. Ayniqsa, surinkali uzoq 
davom etadigan kasalliklar, ya‘ni revmatizm, oshkozon-ichak jigar va ut yo’llari, buyrak 
kasalliklari organizm va to’qimalarda moddalar almashinuvi jarayonini buzadi, kamkonlik 
kasalligini yuzaga keltiradi, natijada jismoniy rivojlanishi susayadi, bolaning ish qtsobiliyatiga 
salbiy ta‘sir kursatadi. 
Barcha tirik organizmlar (usimliklar, xayvonlar )shu jumladan, insonlar ham uzini-uzi 
ximoya qilish xossalariga ega. M-n: ko’z yoshi suyuqligi, sulak qon va limfada lizotsim (tabiatan 
oqsil) moddasi bo’lsa, odamning toza terisi kasallik qo’zg’atuvchi mikroblarga xalokatli ta‘sir 
kursatadigan lizotsimga uxshash modda ajralib turadi. Nafas yo’llarining shilliq pardasi 
infektsiyaga javoban shilimshiq ajratib, burtib chiqadi va qizaradi. Unda fagotsitoz yo’li bilan 


oziqlanadigan leykatsitlar paydo bo’ladi va boshkalar.Traxeya, bronx va broixiollalar krplab 
turadigan xilnillovchi epiteliy esa uz kiprikchalarini tebratib, tushib qolgan chang zarrachalarini 
va mikroblarni tashqariga chiqarib tashlaydi. So’lak me‘da, ichak shiralaridagi fermentlar ham 
mikrob va bakteriyalarni xalok qiladi. Immunitet - organizmning turli kasalliklardan o’z-o’zini 
ximoyalanish uslubidir. Organizmning ximoyalanishi katta rol o’ynab, tabiiy va sun‘iy 
immunitet farqlanadi. 
Tabiiy immunitet tug’ma shuningdek boshdan kechirilgan kasallik tufayli turmushda 
orttirilgan bo’lishi mumkin. Sun‘iy immunitet faqat turmushda orttirilgan, shunda ham aktiv yoki 
nassiv bo’ladi. M-n: agar bolaga chechakka karshi emlangan bo’lsa yoki poliomilitga karshi 
vaktsina berilgan bo’lsa, bunday xollariing hammasida organizmga zaiflashtirilgai qo’zg’atuvchi 
yuborilgan bo’lib, organizm qo’zg’atuvchilarga qarshi javoban uzoq davom ztadigan immunitet 
paydo qiladi. 
Bolaga tayyor ximoya moddalari bo’lgan zardop (vaksina) yuborilganda organizm 
himoya moddalari ishlab chiqarishda uzi ishtirok etmay, qisqa muddat davom etadigan 
immunitet yuzaga keladi. 
Bolalarda ko’proq uchrab turadigan ayrim yuqumli kasalliklar ustida tuxtaymiz. Qizamiq 
- qo’zg’atuvchisi filtrlanuvchi virus, havo-tomchi usuli bilan tarqaladi. Havo oqimi bilan bu 
virus ancha joyga tarqalib, eshik yoki deraza tirqishlaridan qo’shni xonalarga o’tishi mumkin. 
Ammo kasal yotgan uy dezinfektsiya qilinmaydi, shamollatiladi va xul latta bilan artiladi. 
Kasallik tumov bo’lib yutalishidan boshlanadi, keyinchalik bola aks urib, ko’zidan yosh 
oqadi va yorug’likka qaray olmay qoladi. Tana temperaturasi 38-39 gacha kutariladi. Tomoq 
qizaradi. 4-5 kunga kelib lunjlarning shillik pardasida oqish dog’lar paydo bo’ladi. Bolaning yuzi 
qizamiq kasalligiga xos kurinishga kiradi. Yuz, ko’krak, orqa, qo’l va oyoqlarda yirik-yirik 
toshma paydo bo’ladi. Bola lanj bo’lib ovqat yemay qo’yadi. Toshma paydo bo’lgandan keyin 
beshinchi kunga kelib qizamiqning yuqumli davri tugaydi 7-8 kundan keyin kasallik tuzala 
boshlaydi. Qizamiqni oldini olish uchun emlashadi. Shu kasal bilan birga bo’lgan bolalar 21 kun 
ajratib quyiladi. 
Epidemik paratit-tepki kasallik qo’zg’atuvchisi filtrlanuvchi virusdir. Ko’pincha 5-15 
yoshgacha bolalar kasallanadi. Kasal organizmdan sog’lom organizmga xavo-tomchi yo’li bilan 
utadi. Inkubatsion davri 14-21 kun. Kasallik lanj bo’lib, birdan temperatura ko’tariladi, bosh 
og’riydi og’iz quriydi, ovqat chaynaganda quloq oldi va jag’ osti bezlari shishganligi uchun 
og’riydi. Kasallik 8-10 kun davom etadi. Bolalar 21 kun ajratib quyiladi. 
Poliomielit-shol kasalligi qo’zg’atuvchisi filtrlanuvchi virusdir. Inkubatsion davri 2 
kundan 35 kungacha davom etadi. Kasallik temperaturaning kutarilishi (38-39), kungli ozishi, 
bosh og’rig’i, ba‘zan qorin og’rig’i bilan boshlanadi, 3-5 kunga kelib temperatura tushadi va qo’l 
oyoq muskullarida falajlar bo’lib qolishi mumkin. Naf yo’lining falaj bo’lib qolishi o’limga olib 
boradi. 
Epidemik gepatit-sariq kasalni tarqatuvchisi virusdir. Bu kasallikni virusli ekanligini 
dastlab rus terapevti S.P.Botkin ko’rsatib utgan edi. Shu munosabat bilan bu kasallikni Botkin 
kasalligi deb xam yuritiladi. Inkubatsion davri 2-4 xafta, lekin 50 kungacha emlangan bolalarda 
60-90 kungacha bo’lishi mumkin. Kasallik qo’zg’atuvchi viruslar jigarni ut hosil kiluvchi 
elementlarini shikastlantiradi. Bu esa jigar strukturasiga ta‘sir etadi. Kasallik biroz temperatura 
kutarilib, umuman lanj bo’lish, temperaturaning kutarilishi, ishtaxani yo’qolishi, qorinning o’ng 
tomonida og’riqni paydo bo’lishi bilan boshlanadi. Avvaliga ko’zni oqi, badan terisi sarg’ayadi, 
axlat okaradi. 3-4 xaftalardan keyin asta sekin bu belgilar yukola boshlaydi. Epidemik gepatit 
bilan og’rigan bolalar bir yil davomida emlashdan ozod etiladi. 
Difteriya- kasalligi qo’shuvchisi lefler tayoqchasidir. Bevosita kontakt yo’li bilan 
bemorning buyumlari orqali va xavodan utadi. Kasallik bolani lanj bo’lib, temperaturasi 38° -39° 
gacha ko’tariladi, boshi og’riydi, darmoni qurib, tomog’ida og’riq paydo bo’ladi. Buyin limfa 
tomirlari bir muncha shishib chiqadi va anginaga uxshab qoladi. Kasallikni inkubatsion davri 2-7 
kun. Difteriya aksari tomoq, burun va xig’ildoqni shikastlantiradi. Kasallik avj olganda unga 
tushgan qo’zg’atuvchilar kup toksinlar ishlab chiqarib nerv sistemasini zaxarlab, yurak 


muskullarini falaj bo’lib qolishiga va xatto ulimga olib kelishi mumkin.Kuk yutal, difteriya, 
koksholga karshi kombinatsiyalashgan vaktsina berish yo’li bnlan difteriyaga qarshi kurashiladi. 
Gripp - qo’zg’tuvchisi qaynatishga bardosh bera olmaydigan virusdir. U nafas yo’li 
orqali organizmga kiradi. Virusli gripp bilan og’rigan kasal yutalganda va aks urganda atrofga 
tarqaladi. Inkubatsion davri bir necha soatdan 2-3 kungacha davom etadi. Gripp kasalligi birdan 
boshlanadi. Tana temperaturasi kutariladi. Odam lanj bo’lib, a‘zoyi-badani zirqirab og’riydi. 
Dizenteriya - ichburug’ kasalini tarqatuvchi shaklan tayoqchaga uxshab ketuvchi 
mikrobdir. Inkubatsion davri 2-7 kun. Kasallik birdan boshlanadi, tana temperaturasi juda 
ko’tarilib, et uvishadi, bosh og’riydi, qorin burab- burab tutadigan og’riklar paydo bo’lib, qon va 
shilliq aralash ich ketadi. 
Yuqumli kasalliklarni yashirin davri xar xil bo’ladi. Yashirin davri deb, kasallikni yuqqan 
vaqtidan boshlab, to organizmda belgi bergancha utgan vaqtga aytiladi. M—n: Qutirish 40 kun, 
sarik kasal 14 kun, gripp 3 kun, dizenteriya 3 kun, bug’ma 5 kun, kuk yutal 9 kun, qizamiq 10 
kun, qizilcha 17 kun, suvchechak 14 kun, tepki 7 kun, poliomeielit 7-14 kun. Kasallikni yashirin 
davri qapcha ko’p bo’lsa, uning shuncha ko’p tarqalishiga imkon tug’iladi. 
Sog‘lom turmush tarzi keng qamrovli tushuncha bo‘lib, unga turli ko‘rinishda ta’riflar 
berilgan. 

Download 219.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling