Bolalar salomatligi holati va uni himoyalash
Download 219.77 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq4-mavzu boyicha Referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirish savollari
- Tayanch tushunchalar
Sog‘lom turmush tarzi – shunday yashash tirziki, unda odamlar salomatligiga ta’sir
ko‘rsatuvchi zararli omillar bo‘lmasligi, inson ulardan ongli ravishda o‘zini chetga olishi kerak. Sog‘lom turmush tarzi keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u o‘z ichiga insonning tug‘ilganidan boshlab umrining oxirigacha aql-farosat bilan yashashni, turli zararli odatlar va ko‘nikmalardan xoli bo‘lishni qamrab oladi. Sog‘lom turmush tarzi har bir insonning aql-farosati bilan yaratiladi va har bir inson uchun individualdir. Bir insonning turmush tarzi (ovqatlanish meyori, kun tartibi, uyqu vaqti va b.) ikkinchi odamnikiga to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli salomatlikni inson aqlining mahsuloti, deb qarash kerak. Sog‘lom turmush tarzi – bu kundalik turmushni biologik va ijtimoiy qonunlar asosida, to‘g‘ri va oqilona tashkil etib, salomatlikni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan turpmush tarzidir. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda asosiy muammo motivatsiya hosil qilish. Motivatsiya – shaxsni ma’lum bir faoliyat turini bajarishga kirishishi uchun harakatga keltirish, shuningdek uning muhimligini asoslash va anglatishdan iborat. Sog‘lom turmush tarzining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi: Ratsional ovqatlanish Harakatli turmush va badantarbiya Ruhiy barqarorlik Kunlik hayot, ish tartibini bioritmlar asosida tashkil qilish Jinsiy tarbiya, sog‘lom oila Shaxsiy va umumiy gigiyenaga rioya qilish To‘laqonli uyqu Madaniy hordiq Zararli odatlardan tiyilish Uyali telefon va kompyuterlardan to‘g‘ri foydalanish O‘z ishidan va faoliyatidan qoniqish hosil qilib yashash. Tekshirish savollari: 1. Sog’lom organizm deb qanday organizmga aytiladi? 2. Kasal organizm deb, organizmning qanday xolatiga aytiladi? 3. Yuqumsiz kasalliklar va kelib chiqish sabablari? 4. Yuqumli kasalliklariing qo’zg’atuvchi va tarqatuvchilari. 5. Yukumli kasalliklarning tarqalish usullari? 6. O’tkir kasalliklar. 7. Surunkali kasalliklar va ularning kelib chiqish sabablari? 8. Kasalliklarni yoshga qarab tarqalishi. 9. Immunitet nima? Tayanch tushunchalar: Sog’lom organizm, kasal organizm, yuqumsiz va yuqumli kasalliklar, bakteriyalar, zamburug’lar, sodda hayvonlar, rikketsiyalar, viruslar, kokklar, baqillalar, qizamiq, gripp, poliomielit, qutirish, chin chechak, suvchechak, difteriya, kuk yo’tal, dizonteriya, immunitet. Download 219.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling