Bolalar sporti asoslari
Download 1.74 Mb.
|
Bolalar sporti asoslari
Internet saytlari
1. http://www.sport.ru 2. http://www.sport.com. 3. http://www.sport.uz. 4.www.lex.uz. 5.www.ziyonet.uz Mavzu: Sport mashg’ulotining ko`p yillik tizimi Reja 1. Sport yutuqlarining yosh chegaralari 2. Yosh sportchilarni ko’p yillik mashg’uloti jarayoni quyidagi asosiy uslubiy holatlarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi 3. Yengil atletika, sport o’yinlari va gimnastika sport turlarida ko’p yillik mashg’ulot tuzulishi Yosh sportchilarning ko’p yillik tayyorgarlik tizimiga nihoyatda katta ahamiyat beriladi, u inson rivojining yoshga oid xususiyatlarini, uning tayyorgarlik darajasini, tanlangan sport turining o’ziga xosligi, jismoniy sifatlarning rivojlanish xususiyatlari, harakat, ko’nikma va mahoratlarni shakllanganligi va boshqa omillarni batafsil hisobga olgan holdagina, muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Ko’p yillik o’quv-mashg’ulot jarayonini to’g’ri tuzish uchun sportchi o’zining oliy yutuqlariga erishadigan yoshiga oid optimal chegaralarni hisobga olish lozim. Bunday chegaralar sifatida Olimpiada o’yinlarining final ishtirokchilari va g’oliblari yoshi haqidagi ma’lumotlar xizmat qiladi. Bunday rejalash sifatida Olimpiada o’yinlarining g’oliblari va final o’yinlari ishtirokchilarining yoshi haqidagi ma’lumotlar xizmat qiladi. XXXI Yozgi va XXV Qishki Olimpia o’yinlarining finalida ishtirok etgan sportchilarning o’rtacha yoshi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Olimpiada o’yinlari finalchilarining o’rta yoshi haqidagi ma’lumotlar o’ziga xos konstanta doimiy ko’rsatkich deb hisoblash mumkinmi? Sportchilarning tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, yashash sharoitlarini yaxshilash, rejimini yaxshilash, akseleratsiya va ko’plab boshqa omillar oliy sport natijalarining yoshga oid optimal chegaralarining o’zgarishiga ta’sir qilishi mumkin. 13-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarni hisobga olgan holda sportchilar o’zlarining eng yaxshi natijalarini ko’rsatadigan quyidagi yoshga oid hududlarni belgilash mumkin (13-jadval). Ammo yosh bu ko’p yillik mashg’ulotning ratsional tizimini tuzishda va uning alohida bosqichlarda taqsimlashga hisobga olish lozim bo’lgan yagona omil emasdir. Yoshga oid mezon ko’p yillik mashg’ulotning samarali tuzish uchun zaruriy bo’lgan barcha qonunlarni hisobga olish imkoniyatini bermaydi, chunki sportning alohida turlari shug’ullanauvchilarga nisbatan turli talablarni qo’yadi. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish sur’atlari bir xil emasdir, ular inson hayotining turli yoshiga oid davrlarida rivojlanishning maksimumiga rivojlanishini ham hisobga olish lozim, aynan shuning uchun sportning u yoki bu turlari uchun jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun eng qulay davrlar farqlanadi. 13-jadval Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling