Bolalar sporti asoslari


Download 1.74 Mb.
bet59/109
Sana14.12.2022
Hajmi1.74 Mb.
#1003745
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   109
Bog'liq
Bolalar sporti asoslari

Ideomotor uslubi yosh sportchi tomonidan harakatlarni tafakkurda (xayolan) bajarishdan iborat. Bunda yosh sportchining xayolida o’rganilayotgan mashqning o’ziga xos namunasi yaratiladi, unga qarab texnikaning yangi unsurlarini to’g’riroq va tezroq o’zlashtirish mumkin. malakali yosh sportchi ideomotor uslubi yordamida musobaqalarda mazkur harakatni keyingi bajarilishiga tayyor bo’ladi. Asosiy mashqlar bilan uyg’unlikda ideomotor mashg’ulot harakatlarni aniq bajarilishiga ko’maklashadi.
Kesishgan ta’sir uslubi muvofiq maxsus mashqlar va uslublar yordamida sport texnika tayyorgarlikni amalga oshirish hamda sportchini organizm uyg’unlikda jismoniy hislatlarni rivojlantirishni nazarda tutadi.
O’qitish jarayonida texnik vositalarni qo’llash uslubi harakat unsurlari yoki yaxlit harakatlarni o’rganishni osonlashtiruvchi vositalarni qo’llashni nazarda tutadi (masalan, suzishda qo’l va oyoq harakatlarini o’rganish uchun qo’llaniladigan suzish taxtachalari). Hamda sport texnikasi takomillashadigan trenajer qurilmalar qo’llanilishi ham nazarda tutilgan, masalan, turnikda aylanishning katta doirasiga o’qitish uchun qo’llaniladigan trenajer qurilmalar 90%ga xatolar sonini kamaytirishga va boshlang’ich o’qitish bo’yicha mashqlarning sonini 60%ga qisqartirish imkoniyatini beradi.
Tezkor axborot uslubi yosh sportchilar bilan mashg’ulotlarda mashqlarni bajarish jarayonida yoki darhol undan so’ng mashqni son jihatidan bahosini olish imkoniyatini beruvchi maxsus asbob-uskuna va jihozlarni qo’llashni nazarda tutadi.
Musobaqa uslubi asosan, o’rganilayotgan harakatni takomillashtirish uchun qo’llaniladi.
Sport texnikasiga o’rgatish va uni takomillashtirish bo’yicha yuqorida keltirilagn uslublarining har biri o’z ijodiy tomonlariga ega, ammo ularning har biri alohidalikda tezkor va samarali o’qitishni ta’minlay olmaydi. SHu sababli sport texnikasini o’zlashtirish jarayonida barcha uslublar bir-birini to’ldirgan holda qo’llaniladi. Aksariyat hollarda ular bir paytning o’zida ishlatilishi mumkin, masalan, mashqni tushuntirish va shu zahoti ko’rsatish.
Yosh sportchilar bilan mashg’ulotlarda taktik tayyorgarlik – sport kurashini olib borish mahoratiga alohida e’tiborni qaratish lozim. Uning asosiy maqsadi yosh sporti tomonidan raqib ustidan g’alabaga erishish uchun kuch va imkoniyatli, samarali qo’llashdir. Yosh sportchi turli taktik variantlarni o’zlashtirishi va xilma-xil musobaqa sharoitlarida ulardan foydalanish mahoratiga ega bo’lishi muhim.
Taktik tayyorgarlik 2 qismga bo’linadi: umumiy va maxsus.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling