Bolalar sporti asoslari


Adabiyotlar hamda elektron axborot manbaalari


Download 1.74 Mb.
bet57/109
Sana14.12.2022
Hajmi1.74 Mb.
#1003745
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   109
Bog'liq
Bolalar sporti asoslari

Adabiyotlar hamda elektron axborot manbaalari



  1. M.X.Tadjiyeva, S.I.Xusanxodjayeva., Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. O’quv qo’llanma. T. 2017 yil.

  2. Jalilova S.X., Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi., O’quv qo’llanma 2017 yil.

  3. Yu.F.Kuramshin. Teoriya i metodika fizicheskoy kulturi: M: 2010 yil.

  4. F.Axmedov. K.Norboyev. Bolalar sport mashg’ulotlari nazariyasi. Samarqand-2016 yil.

  5. Masharipov.Y.M. Sport psixologiyasi. O’quv qo’llanma., Toshkent., 2010 yil.

  6. T.S.Usmonxo‘jaev va boshq. Bolalar sporti mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubiyoti. Toshkent – 2006. Jismoniy tarbiya va sportning tibbiy asoslari. Uslubiy qo‘llanma. T.: 2011 yil.

  7. Salamov R.S. Sport mashgʻulotlarining nazariy asoslari. 2 tom. Darslik. ITA-PRESS. T.,-2015 yil.

  8. Salamov R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. 1 tom. Darslik. ITA-PRESS. T.-2014 yil.

  9. Юнусова Ю.М. Теоретические основы физической культуры и спорта. Унебная пособия. T.,-2005 г.

  10. Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. Darslik. T.,- 2005 yil.

  11. Филин В.П.Теория и методика юношеского спорта: Учеб.пособие для институтов и техникумов физ.культ.- М.: Физкультура и спорт, -1987 г.

  12. Филин В.П., Фомин Н.А. Основы юношеского спорта. М.: Физкультура и спорт, -1980 г.

  13. Юнусова Ю.М. Физическая культура общеобразовательной школе. Учебная пособия. T.,-2004 г.

  14. Борек 3. Специфика тренировочной нагрузки девочек и мальчиков в спринтерском беге / 3. Борек // Теория и практика физической культуры. – 1999 г.

Mavzu: Bolalar va o’smirlar sportida texnik va taktik harkarlarni
o’rgatish asoslari


Reja
1. Sport texnikasini o’rgatish va uni takomiltirish
2. Taktik tayyorgarlik
3. Texnik harakatlarni bajarish sharoitlarini yengillashtirish usulining uslubiy usullari.

Sportda muvaffaqiyatga erishish yuqori darajada ratsional sport texnik va taktik tayyorgarlikka bog’liqdir. Mukammal texnika – bu eng yaxshi natijaga erishish maqsadida sport mashqini bajarishning samarali uslublarining majmuasidir. O’qitish jarayonida texnikaga ega qilish darajasi o’zgaradi – yangi kelgan o’quvchining elementar texnikasidan xalqaro toifadagi sport ustasining mukammal texnikasiga qadar. Ratsional texnika sportchiga harakat va mashqlarni tejamkor va samarali bajarish imkoniyatini beradi, uning asosi biomexanik va fizilogik qonunlar bilan shartlangan.


Turli yoshdagi bolalar bilan mashqlarda sport texnikasiga va uni mukammallashtirishga o’qitish muhim o’rinni egallaydi, chunki bu yoshda harakat funktsiyasi rivojlanishning yuqori darajasiga etadi. Bundan tashqari, markaziy asab tizimini mustahkam shartli refleks aloqalarni paydo bo’lishiga qobiliyati oshadi. Insonning ikkinchi signal tizimining qobiliyati faollashadi, bularning barchasi harakat ko’nikma, mahorat va ko’nikma shakllantirish uchun qulay imkoniyatlarni yaratadi.
Yosh sportchi xalqaro toifadagi sport ustasiga qadar bosib o’tgan yo’lni shartli ravishda 3 asosiy bosqichga bo’lish mumkin:
1) texnikaga boshlang’ich o’rgatish bosqichi;
2) texnikani chuqurlashtirilgan o’rgatish bosqichi;
3) erishilgan mahoratni mustahkamlash va texnikani yanada mukammallashish bosqichi.
Boshlang’ich o’qitish bosqichida ratsional sport texnikasi asoslariga ega bo’lish vazifalari hal etiladi (harakatning to’g’ri tuzilmasi, ortiqcha yuklamalarning yo’qligi).
Chuqurlashtirilgan o’qitish bosqichida harakat texnikasiga dastlab ega bo’lish mahorati nisbatan mukammal darajaga ko’tariladi. Mustahkamlanish va keyingi takomillashuv bosqichida esa, harakatni amaliy qo’llash shartida unga to’liq egalik qilish darajasiga erishiladi, sport texnikasining alohida unsurlari yanada takomillashadi.
Bolalar va o’smirlarni sport tayyorgarligi jarayonida o’qitishning umumiy hajmi yoshi bo’yicha kattaroq bo’lgan sportchilarni tayyorlashdagi hajmdan ancha kattaroqdir. Bu sportni tanlangan turi texnika asoslariga imkon qadar oldinroq ega bo’lish zaruriyati hamda harakat. Mahorat va ko’nikmalarni shakllantirish uchun o’smir yoshdagilar alohida imkoniyatlarni mavjudligi zaruriyati bilan shartlanadi.
Sport mashg’ulotining boshlang’ich bosqichlarida asosiy e’tibor umumiy texnik tayyorgarlikka qaratiladi. Texnik tayyorgarlik xilma-xil harakat, mahorat va ko’nikmalarga ega bo’lishga qaratilgan. Yosh yigit va qizlarning mashg’ulotlarida esa birinchi o’ringa maxsus texnik tayyorgarlik qo’yiladi. Uning maqsadi sportning tanlangan turida musobaqa mashqi texnikasiga ega bo’lish va bu texnikani muntazam tarzda takomillashtirishdir.
Sport texnikasi ko’plab harakatlardan tashkil topganligi sabab unga egalik qilish jarayonida xilma-xil vazifalarni hal qilish lozim. Masalan, ma’lum harakatni ratsional tarzda bajarish mahoratiga ega bo’lgandan so’ng, uni mustahkamlashadi so’ngra boshqa harakatni o’zlashtirib, undan keyin bu ikki harakatni bir-biri bilan uyg’unlashtiradi yoki yaxlit harakat aktiga qo’shishadi. O’qitishning bitta vazifasidan boshqa yanada murakkabroq vazifasiga o’tish keyinchalik yosh sportchining jismoniy hislatlarini rivojlanish darajasini oshirish mumkin, chunki bolalik va o’spirinlik yoshida harakat, ko’nikma va mahoratlarni rivojlantirish doim ham jismoniy hislatlarni shakllanishiga parallel tarzda bo’lmaydi. Yosh sportchining takomillashuvining samaradorligi jismoniy tayyorgarlikni oshirish jarayoni va sport texnik mahoratga ega bo’lishni optimal uyg’unligi bilan shartlanadi. Harakat, ko’nikma va mahoratlari sportning tanlangan turida muvaffaqiyatga erishish uchun zaruriy bo’lgan jismoniy hislatlarni izchil rivojlanish fonida shakllanadi. Shu sababli sport-texnikani doimiy ravishda yosh sportchilarni jismoniy hislatlarining rivojlanish darajasi bilan o’zaro bog’liqligida o’rganish va amalga oshirish lozim.


8-jadval

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling