Bolalar sporti asoslari
Mavzu: Bolalar va o’smirlarning musobaqa tizimi
Download 1.74 Mb.
|
Bolalar sporti asoslari
Mavzu: Bolalar va o’smirlarning musobaqa tizimi
Reja 1. Musobaqalarni o`tkazish usullari 2. Musobaqa maqsadi va vazifalari 3. Musobaqa Nizomi 4. Turli yoshdagi bolalar uchun sport musobaqalarini tashkil qilish. Musobaqa – bu o`quv-mashg’ulotlar jarayonining tarkibiy qismidir. Mashg’ulotlar jarayonida, odatda, sportchining yuqori sport natijalariga erishishiga yordam beradigan hamma sifatlarni yuksak darajada namoyon qilish uchun sharoitlar yaratish imqoniyati yo`q. Musobaqalarda har bir sportchi o`z raqibini yengishga intiladi va bu intilish sportchidan butun kuchni safarbar etishni talab qiladi. Bu nafaqat insonning harakatlarni bajara olishiga qarab imqoniyatlarini namoyon qilishga imqon beradi, balki ularni shakllantirish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Musobaqalar quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi: - sport jamoasida o`quv-mashg’ulotlar ishi ahvolini aniqlash; - kurashchilar tayyorgarligi darajasini aniqlash; - u yoki bu tayyorgarlik bosqichida o`quv-mashg’ulotlar ishiga yakun yasash; - kurashni targ’ib qilishga va shug’ullanuvchilar sonini oshirishga yordam berish. Kurash musobaqalarini o`tkazish xususityaiga ko`ra ular quyidagicha bo`ladi: a) shaxsiy; b) jamoaviy; c) shaxsiy-jamoaviy; d) toifalash. Shaxsiy musobaqalarda ishtirokchilarning har bir vazn toifasida egallagan o`rinlari aniqlanadi; jamoa musobaqalarida jamoalar o`rni aniqlanadi; shaxsiy-jamoa musobaqalarida bir vaqtda ishtirokchilar va jamoalarning egallagan o`rinlari aniqlanadi. Toifalash musobaqalari ishtirokchilarning egallagan o`rinlarini aniqlamasdan o`tkazilishi mumkin. Ishtirokchilar tomonidan ko`rsatilgan natijalar sport toifalariga muvofiq unvonlar hamda razryadlarni berishda yoki tasdiqlashda hisobga olinadi. Musobaqalarni o`tkazish usuliga ko`ra ular quyidagi turlarga bo`linadi: a) aylnama usul; b) chetlatish bilan aylanma usul; c) aralash usul. Musobaqalar xususiyatlari ularni o`tkazish usullari musobaqalar nizomida belgilab berilgan. Musobaqalar kalendar reja va musobaqa nizomiga muvofiq rejalashtiriladi hamda o`tkaziladi. Bu hujjatlarni musobaqa o`tkazayotgan tmashkilot tayyorlaydi va tasdiqlaydi. Ularni puxta ishlab chiqish va sport tashkilotlariga muddatidan oldin xabar qilish musobaqalarning muvaffaqiyatli o`tishiga yordam beradi. Musobaqalarning kalendar rejasi ularni o`tkazishga mas’ul bo`lgan tashkilot tomonidan tuziladi. Kalendar reja kalendar yil uchun ishlab chiqiladi. Kalendar rejani tuzishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: a) kalendar rejani ishlab chiqayotganda uni yuqori tashkilotlar tomonidan rejalashtirilgan musobaqalar muddatlari va dasturlariga asoslangan holda tuzish zarur; b) musobaqalar soni va xususiyati o`z ahamiyatiga ko`ra shug’ulla-nuvchilarni mas’uliyatli musobaqalarga tayyorlashga yordam berishi lozim; c) har xil turdagi musobaqalarni o`tkazish ko`zda tutiladi: tayyorgarlik, nazorat, saralash va asosiy. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling