Bolalar tafakkur qudrati

Download 7.31 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi7.31 Kb.
#1839587
Bog'liq
Bolalar tafakkur qudrati

Bolalar tafakkur qudrati

prip36-u guruh talabasi Abdullayev b.f

SО‘Z QUDRATI So’zlarni tо‘g‘ri tanlagan holda biz bolalarga fikrlarini tо‘g‘ri yо‘naltirishni о‘rgatamiz. So’zlar bola ongida tasvirli qiyofani paydo qiladi, undan о‘z harakatlarida turtki oladi. Agar yangi qadamlar fikr va tuyg‘ularning harakatdagi kо‘rinishi bо‘lsa, sо‘zlar og‘zaki ifodasidir. Bir foydali qoidani esda tuting: xayoliy qiyofa bola tomonidan eshitilgan oxirgi so’zga mos ravishda paydo bо‘ladi va u aynan shu qiyofaga mos harakat qiladi. So’z yordamida hosil bо‘lgan qiyofa sо‘zning о‘zidan ko’ra muhimroqdir. Qachon bizning og‘zaki ko’rsatmamiz boladan talab qilayotgan narsamizni aniq ifodalamasa, uning miyasida chalkashlik paydo bо‘lishi mumkin.

Yaqinda sog‘lomlashtirish markazida bir voqea bо‘ldi. Ona bolasidan nimanidir zalning u burchagida о‘tirgan ukalariga berishini sо‘radi. Bola chо‘milish havzasi chetidan yugurib ketganda onasi ketidan qichqirib qoldi: «Yugurma!» Bola biroz tо‘xtadi, sо‘ng vazifasini eslab, yana yugurib ketdi. «Men senga yugurma, dedim!» onasi yana qichqirdi. U yana bir necha soniyaga to’xtab qoldi. Keyin yana topshiriqni eslab, avvalgidan kо‘ra tezroq yugurib ketdi. «U о‘zini yaxshi tutishni qachon о‘rganar ekan?!» - javrandi onasi. Ha, u о‘rganadi, faqat nima qilmaslik kerakligini emas, balki nima qilish lozimligi tushuntirilsa, tezroq о‘rganadi.

Agar ona bolasiga «Borib kel» yoki «О‘g‘lim, iltimos, ukalaring oldiga borib kel», deb aytganida о‘zi xohlagan natijaga tezroq erishgan bо‘lardi. (Gapni boshlashdan oldin farzandingiz nomini aytsangiz, yanada yaxshi, bu bolaning diqqatini so’zlaringizga yaxshiroq jalb qiladi.)

To’g‘ri yо‘l tutish uchun bolalar har doim tahrir qilingan axborotga muhtoj bо‘ladi, chunki ular ana shu axborot bо‘yicha ish qilishadi. Mana, noto’g’ri tanlangan sо‘z ijobiy natija о‘rniga salbiy holatni keltirib chiqargani tо‘g‘risida misol. Maktabimizdagi о‘yin maydonchasida bir tepalikcha qurildi va ota-onalar katta harajatlar evaziga barpo etilgani uchun u bilan faxrlanishardi.

Bir kuni qizchamning о‘qituvchisi aytgan gapidan juda hayratga tushdim. U nihoyatda afsuslangan holda menga shunday dedi: «Qarang, bolalarimiz bu yangi tepalikda nima qilishyapti!? Holbuki, men har kuni ularga tepalikchada о‘zlarini qanday tutishlari kerakligini tushuntiraman". U menga bir nechta qoidani ko’rsatdi, bu qoidalar maktab doskasiga hammaga yaxshi ko’rinsin, deb katta harflar bilan yozib qo’yilgandi. «Tepalikda bir-biringizni turtmang.
Qorningizda sirpanmang. Yuqoriga qarab о‘rmalamang.
Tepalik tuprog‘i sochilmasin!»
Men yana oynadan qaradim. Bir bola tepalikda pastdan yuqoriga о‘rmalardi, ikkinchisi yuqoridan tuproq sochardi. О‘qituvchi bilmagan holda bolalar fikrini о‘zi xohlamagan ishlar tomonga yо‘naltirib qo’ygandi va u shu natijaga erishdi.
Bizning maktabdan uncha uzoq bo’lmagan bir maktabda umuman boshqacha usul qо‘llashdi. Bolalarga ulardan qanday yaxshi harakatlar kutilayotganini tushuntirishdi. Eshik oldida ulkan plakat osilgandi.
«Maktabimizda biz shoshmay yuramiz. Jimgina ishlab, do’stona о‘ynaymiz".
Bolalarga juda aniq va qisqa kо‘rsatma berilgandi, ajablanarlisi, bolalar bu qoidaga xatosiz bо‘ysunishardi.
Farzandlarimiz bilan gaplashayotganda ishlatadigan sо‘zlarimizni tо‘g‘ri tanlashimiz juda muhim, chunki aniq sо‘zlar aniq natija keltiradi. Masalan, «Iltimos, asta gapiring!» - aniq va ijobiy iltimos. «Baqirmang» sо‘zi esa bolalarga baqirish mumkin emasligini anglatadi. Lekin harakatlarini qaysi tо‘g‘ri yо‘l bilan almashtirishlari kerakligini aytishmaydi. Bundan tashqari, «qichqirmang» sо‘zi aniq fikriy qiyofa kasb etadi va bolalar qichqirishda davom etishadi, holbuki о‘zlari qichqirmaslik kerakligini bilsalar ham. Ular sizning kо‘rsatmangizga teskari amal qilishadi, sababi bu ular qabul qilgan asosiy axborot.

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR !

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR !

Download 7.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling