Bolalar va o’smirlar jismoniy rivojlanishini baholash,indekslar va koeffitsentlar yordamida baholash


Download 22.34 Kb.
bet2/3
Sana20.12.2022
Hajmi22.34 Kb.
#1039853
1   2   3
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot

Tana vazni tibbiy tarozida aniqlanadi. Tekshiriluvchi ichki kiyimida poyafzalsiz tarozi o`rtasida qimirlamay tik turishi kerak.
Bir yoshgacha bolaning tana vazni stol ustida joylashtirilgan maxsus tibbiy tarozida
aniqlanadi. Bola yotqizilgan vaziyatda vazni o`lchanadi.
Chaqaloq tana vazni normada 2500-3500 grammgacha bo`ladi.O`rtacha 3000 gr (3
kg).Chaqaloq tana vazni 2500 grammdan kam bo`lsa, chala tug`ilgan hisoblanadi.
Bolaning 6 oyligigacha tana vazni har oy 600 gramm, 7-12 oygacha har oy 500 gramm ko`payadi. Bir yoshgacha bo`lgan bolaning turli oylarida tana vazni quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Tana vazni 3000+ (600 x n)= 3000 gramm-chaqaloq tana vazni; 600 gramm – 6 oygacha har oyda tana vaznini oshishi; n – oy soni. Bolaning 7 oyligidan 12 oyligigacha formuladagi 600 gramm o`rniga 500 gramm qo`yiladi. Bola 1 yoshga to`lganida vazni o`rtacha 9 kg ni tashkil etadi.
10 yoshgacha qiz va o`g`il bola tana vazni bir xil oshadi.11-15 yoshgacha qizlar vazni ko`proq oshadi. 15 yoshdan o`g`il bolalar vazni ko`proq oshadi.
-2-5 yoshlik bolalarning vazni bir yilda 2 kg oshadi va 5 yoshga to`lganda 17 kg bo`ladi; - 6-14 yoshgacha tana vazni bir yilda 3 kg oshadi.Shu yoshdagi bolalar vazni, qaysi yoshda qancha bo`lishi, quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Tana vazni 17+(3 x n) = - 17 kg 5 yoshlik bolaning vazni; - 3 kg bolaning 6 yoshligidan 14 yoshgacha har yili vaznining ko`payishi; - n –yosh soni. Erkak odamning normal o`rtacha tana vazni 70 kg. O`rtacha normal bo`y uzunligi 170 sm,
deb qabul qilingan.
Ko`krak qafasi aylanasi. Lentaning yuqori qirasi oldindan o`g`il bolalarda ko`krak bez ustidan, qizlarda esa bez ostidan o`rnatiladi.Orqadan lentaning yuqori qirrasi kuraklarning pastki uchi ostidan o`tishi kerak. Ko`krak qafasi aylanasi bola va o`smir jismoniy rivojlanishining muhim ko`rsatgichi hisoblanadi.Chunki, ko`krak qafasi qanchalik yaxshi rivojlangan bo`lsa, uning bo`shlig`ida joylashgan o`pkalar, yurak va yirik qon tomirlarining faoliyati shunchalik
yaxshi bo`ladi. Chaqaloqning ko`krak qafasi aylanasi 32-34 sm, bola 1 yoshga to`lganda - 48 sm, 5 yoshda - 55 sm, 10 yoshda-63 sm, 15 yoshda-75-78 sm bo`ladi.
Bola va o`smirning jismoniy rivojlanishi qancha yuqori darajada bo`lsa, ko`krak qafasi aylanasi shunchalik katta bo`ladi.

Download 22.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling