Bolalar va ta’lim turizmlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish


Download 20.9 Kb.
Sana12.07.2023
Hajmi20.9 Kb.
#1659955
Bog'liq
adham hisobot


yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash, bunda ularning san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish hamda qizlarni ijtimoiy faol hayotga tayyorlashni tashkillashtirish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash orqali bolalarni individual rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va uslubiy materiallarni doimiy takomillashtirib borish;
robototexnika, mexatronika, muhandislik va kompyuter dasturiy ta’minoti yo‘nalishlaridagi to‘garaklarni doimiy rivojlantirib borish;
bolalar va ta’lim turizmlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
o‘quvchi yoshlarning ijodiy ishlarini ommalashtirish, shu jumladan dunyo bozoriga milliy an’analarimiz asosida “Barkamol avlod” bolalar maktablarining to‘garak a’zolari tomonidan yaratilgan mahsulotlarni olib chiqish maqsadida “Art shop” elektron do‘konlarini tashkil etish va sotuvini yo‘lga qo‘yish;
“Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari”ning xalqaro hamda respublika tanlovlari g‘oliblarini munosib rag‘batlantirish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish; Barkamol avlod” bolalar maktablarida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab “STEAM — ta’lim” (Science — tabiiy fanlar, Technology — texnologiyalar, Engineering — muhandislik, Art — san’at, Mathematics — matematika) dasturi joriy etiladi; Texnik ijodkorlik yo'nalishlarini sanab o'tish. 4. Sport va texnik 1. Samolyotlarni modellashtirish 2. Raketa va kosmik modellashtirish 3. Kemalarni modellashtirish 4. Avtomobilni modellashtirish 5. Trekli avtomobillarni modellashtirish 6. Karting 7. Motorsport, 8. Motorsport 9. Radiosport 10. Orienteering va radio yo‘nalishini aniqlash 11. Radioaloqa 12. Deltplanda va paraplanda uchish 13. Dengiz biznesi. 1. Ilmiy-texnik va fan 1. Kosmonavtika 2. Kosmofizika va astrofizika 3. Yer haqidagi fanlar va ekologiya 4. TRIZ asoslari bilan ilmiy-texnik ijodkorlik 5. Radioelektronika 6. Fizika 7. Kimyo 8. Matematika 9. Astronomiya. 2. Dastlabki texnik simulyatsiya 1. Dastlabki texnik simulyatsiya 2. Elektrlashtirilgan o'yinchoq. 5. Kompyuter texnologiyalari 1. Dasturlash 2. Foydalanuvchi texnologiyalari 3. Kompyuter grafikasi, nashriyot tizimlari 4. WEB texnologiyalari, telekommunikatsiyalar 5. Internet texnologiyalari. 3. Ishlab chiqarish-texnika 1. Metallga ishlov berish 2. Texnik loyihalash va modellashtirish 3. Duradgorlik va loyihalash 4. Elektrotexnika 5. Elektron avtomatlashtirish 6. Texnik kibernetika 7. Robototexnika 8. Kichik mexanizatsiyalash 9. Kichik o‘lchamli uskunalarni loyihalash 10. Avtobiznes 11. Temir yo'l modellashtirish 12 .Politexnika modellashtirish. 6. Badiiy-texnika 1. Dizayn 2. Fotosurat 3. Kino, video 4. YUID 5. Animatsiya 6. Yosh hunarmand. Avliyaqulov Bobur kichkinaligidan mashina o‘ynashni, ularning rasmini chizishni yaxshi ko‘rardi. Kelajakda o‘zi ixtiro qilmoqchi bo‘lgan mashinalarni karton qog‘ozdan yasashga harakat qilardi. Keyinchalik daryo va dengizlarda suzadigan kema, o‘zi gapirib harakatlanadigan robotlar yasash ham uning orzusiga aylandi. Ilhomjon bu kashfiyotlarni amalga oshirishda ustoz sabog‘i kerakligini anglab, “Barkamol avlod” bolalar texnik ijodiyoti markazidagi “Robototexnika va elektron o‘yinchoqlar” to‘garagiga a’zo bo‘ldi. Model va maketlarni yasash usullarini o‘rgandi. Qisqa vaqt ichida ustozlar nazariga tushib, qator tanlovlarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Bugun markazda “Orzuimdagi robot” respublika ko‘rik-tanlovida o‘zi yaratgan modeli bilan ishtirok etayapti.
Men ham tanlov jarayonini kuzatish, yangi ixtirolar, zukko ixtirochilar bilan tanishish maqsadida yon daftarimni bag‘rimga bosganimcha markazga bordim. Tepasiga “Robototexnika va elektron o‘yinchoqlar” yo‘nalishi, deb yozib qo‘yilgan eshikni asta ochdim. Qarasam, allaqanday apparat g‘izillagancha chiqindilarni yig‘ayapti.
– Juda dastyor o‘yinchoq ekanmi? – deb yubordim beixtiyor.
– Bu o‘yinchoq emas, – dedi bir bola. U shu o‘yinchoq ixtirochisi Bandixon Tumanidagi17-MFCHIMning 8-sinf o‘quvchisi Avliyoqulov Bobur ekan. – Ko‘rinishdan changyutgichga o‘xshasa-da, u xonalarni emas, balki hovli, yo‘lak va bog‘lardagi xazonlarni tozalashga mo‘ljallangan “bargyutgich” motor qismiga ikkita 9 voltli batareya o‘rnatilgan elektr tok yo‘q vaqtlarda ham zahiradagi quvvati orqali boshqarilarkan. Fazliddin yaratgan model kelajakda ishlab chiqarishga ruxsat olsa katta-katta bog‘ va ko‘chalarni tez va oson tozalash mumkin bo‘ladi.
Alisher Saminjonov Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi 9-maktabning 7-sinf o‘quvchisi. Alisherning dadasi fermer. Erta bahordan yaxshi hosil olish uchun yer haydash, ekinlarga vaqtida o‘g‘it sochish uchun kecha-yu kunduz daladan kelmaydi. Ba’zida ish kuchi yetishmasligidan vaqtida egatlarni kultivatsiya qilish, yer ag‘darish kabi yumushlar kechga qolganini, buning ta’sirida hosil unumdorligi pasayganini Alisher ko‘p ko‘rgan. Shuning uchun ham bugun bu ko‘rik-tanlovga ustozi, O‘g‘iloy Xo‘jayevadan o‘rgangan bilimlarini sinovdan o‘tkazib “Qurilish traktori” maketini yasab keldi. Bu traktor ish vaqtini tejab bir paytning o‘zida yer ag‘daradi. Egatlarni kultivatsiya qilib urug‘ ekadi. Quyosh akkumulatorida ishlagani uchun ekalogiyani zararlamaydi. Yosh ixtirochimizning maketi kelajakda katta-katta zavodlarda ishlab chiqilsa bormi? Yurtimiz ravnaqi uchun hissa qo‘shayotgan fermerlarimizning ishi ancha yengillashib, Alisherdek ixtirochi borligidan faxrlanib yurardi.
Yana bir ixtirochi – Sohibjon Ayomjonov Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 5-maktabning 10-sinf o‘quvchisi. Tumandagi “Barkamol avlod” ijodiyoti markazining faol a’zolaridan biri. Sohibjon kichkinaligidan tabiat qo‘ynida sayr qilishni yoqtiradi. Har bir giyohni asrash, atrof-muhitni ozoda saqlash har birimizning burchimiz deb biladi. Ayniqsa, ko‘l va daryolardagi suvlarning ifloslanishi havoga salbiy ta’sir ko‘rsatib, sog‘lig‘imiz bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi haqida ko‘p o‘ylaydi. Atrofni chiqindilardan tozalashni imkoni bo‘lganidek, suv ostini kuzatib turish uchun ajoyib “Suv osti kuzatuvi” kemasini yaratibdi. Kemaga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi, loyqalangan suvni chiqindilardan tozalab turishi va baliqchilikka moslashtirilgan ko‘llarni muntazam nazoratga olishga mo‘ljallangan ekan. Sohibjonning aytishicha, kema kelajakda ko‘l va daryolarni tozalashda qo‘llanilsa, baliqchilikning rivojiga ancha hissa qo‘shilarkan. Chunki, toza joyda nafas olish har bir tirik jonzot uchun o‘ta muhim sanaladi.
Raqqos robotni ko‘rganmisiz. Yana u “Reklama roboti” bo‘lsa! “Miyasi”ga joylashtirilgan ikki-uchtadan ortiq so‘zni bilmasa, qanday qilib reklama qilishi mumkin, deb o‘ylayapsizmi? Jizzaxlik tengdoshingiz Asilbek buning yo‘lini topdi. U yasagan mitti robot ichiga aylana motor o‘rnatilib, 12 volt batareyadan quvvat oladi. Robotning orqa va old tomonlariga reklama qog‘ozlaringizni solsangiz, atrofdagilarga tarqatishga yordam beradi.
– Kimda kim o‘z mahsulotiga ko‘pchilikni jalb qilmoqchi bo‘lsa, uning o‘ziga xos qiziqarli, hayratlanarli tomonlariga e’tibor bersin, – deydi Asilbek
Asilbek kelajakda modelini mukammallashtirib oshxona yumushlarida yordam beradigan “Uy xizmatchisi” robotini yaratish niyatida. Yosh kashfiyotchimiz Asilbek G‘aybullayev Jizzax shahridagi 12-maktabning 8-sinfida tahsil olmoqda.
Kunlar isib ketganida hovlingizni mayda o‘t va gazonlardan tozalashga biroz qiynalasizmi? Shu damda qaniydi bu yumushlarni kechasi salqinda bajarishning imkoni bo‘lsa, deb o‘ylab qolasiz. Endi buning uchun sira tashvishlanmasangiz ham bo‘ladi. Tengdoshingiz Amirbek yaratgan “O‘t o‘radigan mashina” kechasi ham ishlashga mo‘ljallangan. Qanday qilib deysizmi? Mashinaning pastki qismiga joylashtirilgan chiroqlar yorug‘ligida yumushlaringizni bemalol bajarasiz. Uning qulay tomoni – chiroqlar batareya orqali yoritilib elektr quvvati bo‘lmagan vaqtlarda ham ishlatish mumkin bo‘larkan. Amirbek Do‘stiyev Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi 22-maktabning 7-sinf o‘quvchisi.
Maktabdan kelgach kechgacha koptok tepib, bekorchi ishlarga vaqtini sarflamaydigan mehnatsevar, iqtidorli tengdoshlaringiz bilan tanishib, orangizda darsga bormaslik uchun turli bahonalar o‘ylab topadigan bolalar qolmaganiga amin bo‘ldim.
Download 20.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling