. - Avtom atik yurish refleksi. Bolani tayanch holatida tutib, uning gavdasini yengilgina oldinga egiladi, bunda u qo'llarini harakatlantirmasdan, oyoqlari bilan yunsh harakatlarini qiladi. Bu refleks 2 oydan keyin yo‘qoladi.
- Bauer emaklash refleksi. Bolani qorniga yotqizib qo‘yilsa, u bir necha daqiqa boshini ko‘tarib, oyoqlarini harakatga keltiradi. Agar qol‘l bilan oyoq kafti ushlansa, u qo‘ldan itarilishga harakat qiladi. Refleks 4 oygacha saqlanadi
. - Galant refleksi. Yon tomonga yotqizilgan bola paravertebral chiziqlar bo'ylab bo‘yindan pastga tomon bosh va ko'rsatkich barmoqlar bilan qitiqlansa, tanasi orqaga ochilgan yoy bo'lib buklanadi. Bu 4 oydan keyin yo‘qoladi.
- Peres reflek si. Qorniga yotqizilgan bolaning umurtqa pog‘onalari qirralarini dumg‘azadan boshlab bo'yinga tomon qo‘l bilan qitiqlansa, gavdaning buk ilish in i, boshning ko‘tarilishini> ba’zan siyishini va qichqirishini ko‘rish mumkin (4 oygacha). Yangi tu g ‘ilgan bolaning m ushak tonusiga bosh va gavdaning holati ta’sir qiladi. Bu tonusni bo‘yin va labirint reflekslari boshqaradi.
- Labirint tonus refleksi. Bu boshning holatini o‘zgartirish bilan hosil qilinadi. Chalqancha yotgan bolaning bo‘yin, orqa va oyoqlarini to‘g‘rilovchi tonus yuqori bo‘ladi.
. - Bo‘yin simmetrik tonik refleksi. Orqasi bilan yotgan bolaning boshi sekin egilganda, qolarni bukuvchi va oyoqlami yozuvchi tonusning oshishini ko‘rish mumkin. Uni qorniga yotqizib, boshini oldingi holatga qaytarsak, bunga javoban teskari jarayon ro‘y beradi. Tonusning o‘zgarishi qo‘loyoqni sekin egilganda qarshilikning kam ayishi yoki ko‘payishi bilan baholanadi.
- Bo'yin assimetrik tonik refleksi. Bu refleksni tekshirish uchun qornida yotgan bolaning boshini shunday burish kerakk i, bunda uning iyagi yelkasiga tegsin . Boshi qaratilgan tomonda qo‘l-oyoqning tonusi pasayadi, teskari tomonniki esa ko‘payadi. 1 yoshga to ‘lganda bu refleks yo‘qoladi.
. - Gavda to‘g‘rilovch i reak siya. Oyoq kafti tayanchga tekkanda, bola boshini to‘glri tutadi. Bu reaksiya 1 oydan keyin shakllanadi.
- Landaunniug yuqori refleksi. Qorniga yotqizilgan bola boshini, gavdasining yuqori qismini va qo‘lining yuqori qismini ko‘tarib, qolari bilan tekislikka tayanib turadi. Bu 4 oydan keyin shakllanadi.
- Landaunning pastki refleksi. Bola qornida yotganda oyoqlarini tekislab ko‘taradi. Bu 5-6 oydan keyin shakllanadi.
- Oddiy bo‘yin va gavda o ‘rnatish refleksi. Boshni bir tomonga qayirish gavdaning ham o‘sha tomonga qayirilishiga olib keladi. Lekin birinchi ko‘krak bo‘limi, keyin tos suyagi bo‘limi qayiriladi. Bu refleks tug'ilgandan keyin paydo bolib, 5-6 oydan keyin shakli o ‘zgaradi.
, - Gavdadan gavdaga zanjirli o‘rnatish refleksi. Bola yelkasini bir tomonga qayirganda, gavdaning va oyoqlaming o‘sha tomonga qayirilishini ko‘rish mumkin, lekin bu qayirilish bir vaqtda emas, ayrim-ayrim sodir bo‘ladi. Tos suyagining qayirilishi ham gavdaning qayirilishiga olib keladi. Bu refleks 5-6 oydan keyin shakllanadi. Shartsiz reflekslarni tekshirganda xulosalarni baholash uchun ulaming bo‘lar-bo‘Imasligini, simmetriyasining paydo bo‘lishi va bola yoshini hisobga olish kerak. Agar refleks to'xtashi lozim bo‘lsayu, lekin to‘xtamasa, bu patologik holat hisoblanadi. H arakat faolligi shakllanishining qonuniyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |