Bolalarda chiniqtirish tadbirlari gigiyenasi
Suv bilan chiniqtirishning mahalliy usullari keng qo‘llanadi
Download 22.57 Kb.
|
BOLALARDA CHINIQTIRISH TADBIRLARI GIGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyosh bilan chiniqtirish.
- Quyoshdan kuyish.
- Bolalarni chiniqtirish.
Suv bilan chiniqtirishning mahalliy usullari keng qo‘llanadi.
1. Oyoqlarni yuvish tadbiri: - uyqu oldidan o‘tkaziladi. Suv harorati + 26 +18 darajaga, 2-3 minut, hafta davomida 1-2 daraja pasaytirilib, +12 +15 darajagacha tushiriladi. Tadbirdan keyin oyoqlar quruq sochiq bilan artiladi. 2. Tomoqni chayqash. Ertalab va kechqurun suv harorati +23 +25 daraja. Har hafta 1- 2 darajaga pasaytirilib +5 +10 darajagacha tushiriladi. Quyosh bilan chiniqtirish. Quyoshning ultrabinafsha nurlari odam organizmi sog‘lig‘i uchun foydali ta’sirga ega. Ammo, quyosh vannalari sil, o‘sma, o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llanmaydi. Quyosh vannasi yoz faslida - ertalab soat 7-10 da, bahor va kuz faslida – kunduzi soat 11-14 da qo‘llanishi lozim. Quyosh vannasi avvaliga 5-10 minut qabul qilinadi. Har 2-3 kunda vaqti 5-10 minut uzaytirilib, asta-sekin 2-3 soatga yetkaziladi. Har 1 soatda 10-20 minut salqinda dam olinadi. Quyoshdan kuyish. Quyoshning ultrabinafsha nurlari kuchli bo‘lgan paytda uzoq vaqt vanna qabul qilinsa terining kuyishi vujudga kelishi mumkin. Bunda teri qizaradi, shishadi, og‘riydi, achishadi, pufakchalar hosil bo‘lishi mumkin. Quyoshdan kuyishda tez tibbiy yordam: Terining kuygan joyiga 700 lik spirt (aroq, odekalon) surtiladi, toza salfetka, ya’ni bint, doka, sochiq, ro‘mol bilan yopiladi. Og‘riqqa qarshi analgin (baralgin) tabletkasi ichiriladi, yoki 1-2 ml muskul orasiga yuboriladi (shpritsga analgin olingach, uning ustidan 2 ml novokain olinib, in’yeksiya qilinsa og‘riq kamayadi). Bolalarni chiniqtirish. Bolalarni jismoniy chiniqtirish jarayonida, havo vannalari, iliq va sovuq suv, hamda quyosh bilan chiniqtirish tadbirlarini qo‘llash, uning so‘glig‘i, jismoniy chiniqishi va funksional imkoni yanada yanada yaxshi bo‘ladi. Shaxsiy gigiyena va uning ahamiyati. Gigiyena tibbiy fan bo‘lib, uning asosiy vazifasi har bir odam va jamiyat a’zolarini sog‘lomlashtirish, bolalar va o‘smirlarning jismoniy va aqliy rivojlanishi, shuningdek, har bir odamning jismoniy va aqliy faoliyati, dam olishi, ovqatlanishi, uyqusi kabi barcha hayotiy zaruriyatlari me’yorida bo‘lishi, kasalliklarning oldini olishga qaratilgan talab va qoidalarni ilmiy asosda bo‘lishiga qaratilgan kun tartibini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etishdan iborat. Gigiyena fani ishlab chiqqan kun tartibiga shaxsiy gigiyena qoidalari ham kiradi. Chunonchi, shaxsiy gigiyena tushunchasi asosida har bir shaxs zimmasida o‘zining va jamiyat a’zolarining sog‘lig‘i, qolaversa kelajak avlodlar sog‘lig‘i hamda tabiatni muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan gigiyenik bilimlarni o‘zlashtirish va ularga amal qilish ma’suliyati turadi. Afsuski, ayrim odamlar shaxsiy gigiyena tushunchasini tor ma’noda tasavvur qilib, uni asosan ozodalik, ya’ni taom iste’mol qilish oldidan qo‘l yuvish, kechqurun va ertalab tishlarni tozalash, tanani toza saqlash kabi oddiy masalalar bilangina bog‘lashga odatlanib qolganlar. Aslida esa, shaxsiy gigiyena tushunchasi ancha keng ma’no-dagi masalalarni o‘z ichiga oladi va sog‘lom turmush tarzi qoidala-rining asosini tashkil etadi. Chunonchi, ozodalik (teri gigiyenasi), tish va og‘iz bo‘shlig‘i, kiyim va poyabzal, ovqat iste’mol qilish uchun qo‘llanadigan idish-tovoqlar tozaligi kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Download 22.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling