Bolalarda emotsional stresslarini oldini olish usullari
Bolalar psixik-asab tizimi kasalliklari
Download 34.41 Kb.
|
10-mavzu
Bolalar psixik-asab tizimi kasalliklari.
Nevrozlar. Nevrozlar 3 turda bo`ladi: nevrosteniya, isteriya, psixosteniya. Nevrosteniya nevrozi. Bu kasallik ko`pincha zehnli, o`ta ishchan, qobiliyatli o`smirlarda aqliy zo`riqish tufayli kelib chiqadi.O`smir injiq, serjahlli bo`lib qoladi, boshi og`riydi, uyqusi buziladi, tez charchaydi, xotirasi pasayadi, o`zining bilim va qobiliyatiga ishonchsizlik paydo bo`ladi, bajargan ishini qayta-qayta ko`zdan kechiradi, natijada aqliy va jismoniy charchash-zo`riqish toboro kuchayaveradi. Isteriya nevrozi. Bu kasallik fikrash qobiliyati uncha rivojlanmagan, oilada tarbiyasi noto`g`ri bo`lgan, erkatoy, fe`l-atvorida xudbinlik, o`jarlik nuqsonlari bo`lgan bolalar va o`smirlarning ruhiy zo`riqishi natijasida yuzaga keladi. Bola, o`smir ota-onasi, o`qituvchisi, atrofdagilarning aytganlarini o`jarlik bilan teskarisini qiladi. Maktabga o`z vaqtida borish, darslarga faol qatnashish kabi taklifga baqirish, yig`lash, qo`l-oyoqlarini tipirchilatib talvasa qilish, qornida, yuragida og`riq paydo bo`ldi, deb bahona qilish yoki ko`rpaga o`ralib, hech kim bilan gaplashmasdan yotib olish kabi yoqimsiz fe`l-atvorlar bilan ajralib turadi. Kuzatuvlarga qaraganda bunday o`smirlar ulg`ayganida o`jar, urushqoq, qonunbuzar, har xil bahonalar bilan o`zini kasallikka solib shifoxona xodimlarining ham asabini egovlaydigan bo`ladilar. Psixasteniya nevrozi. Aksariyat hollarda bu kasallik tinch-totuvligi bo`lmagan, vahimalar bilan yashaydigan oilalarning bolalarida uchraydi.Bunday bola-o`smirda hayajonlanish kuchli bo`ladi. Masalan, o`qituvchi doska oldiga chaqirib, o`tilgan mavzuni so`raganida hovliqib, qo`rqib o`zini yo`qotib quyadi.Bu kasallikka uchragan ayrim o`smirlar o`ta oriyatli bo`lib qoladi. Shu sababli ular tinimsiz aqliy mehnat bilan shug`ullanadi.Buning natijasida ruhiy charchash tobora kuchayib boradi, o`ta charchash tufayli xotirasi pasaya boradi.Buning oqibatida u o`zini noqulay his etib, maktabga bormay qo`yadi.U ko`chalarda daydib yuradi, kechalari ko`rpaga o`ralib yig`laydi.O`zidagi kechinmalarni ota-onasiga aytishdan xijolat tortadi. Tibbiy yordam. Nevrosteniya, isteriya, psixasteniya nevrzlarining belgilari nomoyon bo`lgan bolalar va o`smirlarning ota-onalari poliklinikaning asab-ruhiy kasalliklari shifokoriga ko`rsatishlari kerak.Ularga tinchlantiruvchi dorilar, vitaminlar, fiziterapiya muolajalari tavsiya qilinadi. Eng muhimi kun tartibini gigiyena qoidalari asosida tashkil etish, ko`proq ochiq havoda sayr qilish, jismoniy tarbiya va yengil sport mashg`ulotlari bilan shug`ullanish kabilarga e`tiborni kuchaytirish lozim. Duduqlanish. Bolalarda ucharydigan nevrozning bir ko`rinishi bo`lib, aksariyat hollarda 1-3 va 7-8 yoshdagi bolalarda uchraydi. Sababi. Qo`rqish, shikastlanish. Belgilari: Gapirgan paytda bolaning yuz, jag` muskullari tirishib, gapirishi qiyinlashib, duduqlanib qoladi, shu bois u gapirmaslikka intiladi.Bunday bolaga baqirganda, qo`pol muomula qilganda duduqlanish holati yanada kuchayadi. Tibbiy yordam. Bunday bolalar poliklinakaning logoped mutaxassisi nazoratida bo`lishlari kerak. Ularga tinchlantiruvchi dorilar: brom, valerianaa, vitaminlar tavsiya etiladi.Ularga logoped tomonidan maxsus mashg`ulotlar o`tkaziladi.Bunday bolalarga yaxshi muomala qilish, oilada janjallarni bartaraf etish lozim. Bolalarda psixik-asab buzilishlarining oldini olish. 1.Bolalarni yoshligidan oilada, bog`chada, maktabda gigiyena talabi asosida tuzilgan kun tartibiga amal qilishga odatlantirish. 2.Bolaga va uning yaqinida baqirmaslik, kattalar bir-birlari bilan janjallashmasliklari kerak. 3.Bolaning fe`l-atvorida sodir bo`layotgan har bir o`zgarishni ota-ona, murabbiy va o`qituvchilar tomonidan sinchkovlik bilan nazorat qilish, ularni bartaraf etishga qaratilgan tibbiy-pedagogik choratadbirlarni amalga oshirish. 4.Bolani shikastlanishlardan saqlash. 5.Bolada gripp, angina, tish, quloq, gijja, xoreya, ichak va boshqa kasalliklarning belgilari sezilishi bilanoq mutaxassis shifokorlarga ko`rsatish va davolatish. Download 34.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling