Bolalarda emotsional stresslarini oldini olish usullari
Download 34.41 Kb.
|
10-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odamlardan nari
- Vegetotomirli distoniya
Odamlar tomon harakat qilish, asosan, bo‘ysunish, sevish, himoya qilishni ifodalaydi.
Odamlarga qarshi harakatlar odamlar ustidan hokimiyat o‘rnatishga, shuhratga, tan olinishga, muvaffaqiyatga, kuchli bo‘lishga va hayot bilan kurashishga intilishni ifodalaydi. Odamlardan nari harakati mustaqillik, erkinlik, odamlardan holi bo‘lish zaruriyatini ifodalaydi. Nevrotik bemor bir vaqtning o‘zida barcha uch tendentsiyalarga ham moyil bo‘ladi, lekin ulardan biri ustunroq bo‘ladi, shuning ustun nevrotiklarni «bo‘ysunuvchi», «tajovuzkor» va «ajralgan» turlarga tasniflash mumkin. Karen Xorni himoya tendentsiyalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning sababi bo‘lgan muammolarga katta e‘tibor bergan. Umuman olganda, bugungi kunda ham psixologik omillar (shaxsning xususiyatlari, uning kamolotga yetishi va tarbiya topishi sharoitlari, jamiyat bilan aloqalarni o‘rnatish shartlari, intilishi darajasi), ham biologik omillar (muayyan psixogen ta‘sirlarga nisbatan zaifroq qiladigan ma‘lum neyromediator yoki neyrofiziologik tizimlarning funktsional tanqisligi) nevroz rivojlanishiga turtki bo‘ladigan omillar sifatida qaralmoqda. NEVROZNING BOSHQA KASALLIKLAR VA ALOMATLAR BILAN ALOQASI Bosh og’rig’i Bosh og‘rig‘i turli xil aqliy holatlarda va kasalliklarda uchraydi. Odatda u emotsional zo‘riqish yoki o‘z his-tuyg‘ularni bostirish (masalan g‘azabni) hollarida paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, bosh og‘rig‘i gallyutsinator (psixalgiya) bo‘lishi mumkin. Vegetotomirli distoniya Vegetotomirli distoniya — bu vegetativ asab tizimi faoliyatining buzilishidir. Aqlga bo‘ysunadigan va mushaklarni boshqaradigan somatik nerv tizimidan farqli o‘laroq, vegetativ asab tizimi avtomatik ravishda ishlaydi va organizmning a‘zolari va tizimlari faoliyatini ta‘minlaydi. Xavf tug‘ilganda vegetativ asab tizimi xavfni yengish uchun organizmning kuchlarini safarbar qiladi (masalan, qon bosimini oshiradi). Agar odam tez-tez xavfli deb hisoblangan vaziyatga faol javob qaytara olmasa (masalan, ijtimoiy omillar tufayli) va o‘zining xavotirini bostirishga majbur bo‘lsa, shuningdek, xavfli bo‘lmagan ko‘p vaziyatlar unda qo‘rquv hissini uyg‘otsa (yoki u panik xujumlardan aziyat chekayotgan bo‘lsa), avtonom asab tizimi noto‘g‘ri ishlay boshlaydi, xatolar to‘planib boradi va muvozanatning yo‘qolishi yuzaga keladi, bu VTDning bevosita belgilari bilan bir qatorda turli a‘zolar ishining buzilishiga sabab bo‘ladi. Download 34.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling