Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni oldini olish Nevroz,psixonevroz,nevrotik buzilish,nevroz kasalligi
Download 15.72 Kb.
|
Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni oldini olish-www.hozir.org
AJRATISH MEZONLARI Nevrotik buzilishlarni umuman psixik buzilishlardan ajratishning asosiy mezonlari quyidagilardir: Og’riqli namoyonlarning boshlanishi va dekompensatsiyasida psixogen omillarning yetakchi roli; Psixik buzilishning funktsional (tiklanadigan) xarakteri; Psixotik alomatlar, shaxs o’zgarishlari, aqli zaiflikning yo’qligi; Psixopatologik namoyonlarning egodistonik (bemor uchun azobli) xarakteri, shuningdek, bemorlarning o’z ahvoliga tanqidiy munosabatda bo’lish.NEVROZ ALOMATLARI VA BELGILARI RUHIY ALOMATLAR Emotsional tushkunlik (ko’pincha aniq sabablarsiz). Ikkilanish. Ijtimoiy aloqa qilish muammolari. Noadekvat o’zini baholash: past yoki haddan ziyod ortiqcha. Tez-tez tashvish, qo’rquv hissi, «biron narsaning tashvishli kutilishi», fobiya, vahima hujumlari, vahimali buzilishlar. Qiymat tizimining, hayotiy istaklar va afzalliklar, kishining o’zi, boshqalar va umuman hayot to’g’risidagi fikrlarining noaniqligi yoki qarama-qarshiliklari. Ko’pincha sinizm qayd qilinadi. Kayfiyatning nobarqarorligi, tez-tez va keskin o’zgaruvchanligi. Qo’zg’aluvchanlik (nevrastenyia). Stressga nisbatan yuqori sezuvchanlik — ahamiyatsiz stressli voqeaga odamlar umidsizlik yoki tajovuzkorlik bilan munosabat bildirishadi. Yig’loqilik. Hafachanlik, zaiflik. Tashvishlanish. Psixotravmatik vaziyatga ko’p to’xtalib qolish. Ishlamoqchi bo’lganda tezda charchab qolish — xotira, e’tibor va fikrlash qobiliyatlari kamayadi. Baland tovushlarga, yorqin nurlarga, harorat o’zgarishiga sezgirlik. Uyquning buzilishi: odamning ortiqcha qo’zg’alganligi sababli uxlab qolish qiyin kechadi; uyqu yuzaki, tashvishlantiruvchi, tetiklik bermaydigan bo’ladi; ertalab ko’pincha uyquchanlik kuzatiladi. JISMONIY ALOMATLAR Bosh, yurak og’rig’i, qorin sohasidagi og’riq. Tez-tez kuzatiladigan charchash hissi, charchoqning kuchayishi, mehnat qobiliyatining umumiy pasayishi. Xavotirlar, qon bosimining pasayib ketishi tufayli bosh aylanishi va ko’z qorong’ulashishi. Vestibulyar apparatlarning buzilishi: muvozanatni saqlash qiyinchiliklari, bosh aylanishi. Ishtahaning buzilishi (ortiqcha yoki kam ovqatlanish, ochlik hissi mavjudligi, lekin ovqat paytida tez to’yib qolish). Uyqu buzilishi (uyqusizlik): uxlab qolish qiyinligi, erta uyg’onish, tunda uyg’onib ketishlar, uyqudan keyin tetiklik tuyg’usi yetishmasligi, qo’rqinchli tushlar ko’rish. Jismoniy og’riqni psixologik boshdan kechirish (psixalgiya), ipoxondriyagacha olib boradigan o’z sog’lig’iga haddan ortiq g’amxo’rlik. Vegetativ buzilishlar: ko’p terlash, yurak urishi, arterial bosimning o’zgarishlari, me’da faoliyatining buzilishi, yo’tal, tez-tez siyish, axlatning suyuqligi. Ba’zan — libido va erektsiyaning pasayishi.Download 15.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling