Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni oldini olish
NEVROZ KASALLIGINI OLDINI OLISH
Download 147.57 Kb.
|
Nasretdinova Qanoat yosh fiziologiya
NEVROZ KASALLIGINI OLDINI OLISH Birlamchi psixoprofilaktika: Ishda va uyda psixotravmatik ta’sirlarning oldini olish. Yatrogeniya va didaktogeniyalarning oldini olish (bolani to’g’ri tarbiyalash, masalan unga boshqalardan kam yoki ustun ekanligi tuyg’usini singdirmaslik,»jirkanch» qilmishlar qilganida unda chuqur qo’rquv va aybdorlik tuyg’usini tug’dirmaslik, ota-ona o’rtasida sog’lom munosabatlar). Oiladagi nizolarni oldini olish. Ikkinchi darajali psixoprofilaktika (qaytalanishini oldini olish): Suhbatlar o’tkazish usuli bilan bemorlarni psixotravmatik vaziyatlarga munosabatini o’zgartirish (ishontirish yordamida davolash). Muntazam dispanzerizatsiya o’tkazish. Xonadagi yorug’likni oshirish — zich pardalarni olib tashlash, porloq yorug’lik manbalaridan foydalanish, kunning yorug’ vaqtidan maksimal foydalanish, fototerapiya. Yorug’lik serotonin ishlab chiqarishga yordam beradi. Umumiy mustahkamlovchi va vitaminli terapiya, yetarli uyqu. Dietoterapiya (to’laqonli ovqatlanish, qahva va spirtli ichimliklar iste’mol qilishdan bosh tortish va boshqalar). Endokrin, yurak-tomir kasalliklari, ayniqsa miya tomirlari aterosklerozi, yomon sifatli o’smalarni, temir va vitamin B 12-tanqislikli anemiya kabi kasalliklarni o’z vaqtida va to’g’ri davolash. Mast bo’lishdan qochish, alkogolizm, narkomaniya va toksikomaniyadan saqlanish. Yuqorida aytilganlarning hammasi shaxsiy psixologik profilaktika bilan bog’liq. Lekin muassasalar va mamlakat darajasida ijtimoiy psixoprofilaktikani o’tkazish zarur — ish va yashash sharoitlarini takomillashtirish.Download 147.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling