Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni oldini olish


Download 147.57 Kb.
bet4/5
Sana04.04.2023
Hajmi147.57 Kb.
#1327934
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nasretdinova Qanoat yosh fiziologiya

KXT boshqa nevrozlarda ham qo’llaniladi. Masalan, umumiy xavotirli buzilishda odatda ikkita kognitiv yondashuv qo’llaniladi. Ellis va Bek nazariyasiga asoslangan yondashuvdan biriga amal qilgan holda, terapevtlar odamlarga ularning buzilishlari asosida yotgan noadekvat ishonchlarini o’zgartirishga yordam berishadi. Ikkinchisi esa odamlarni stressli vaziyatda o’zini tutishga o’rgatadi. Fobiyalarda xulq-atvor terapiyasi tarafdorlari ta’sir terapiyasi uslubidan foydalanishadi, uning davomida qo’rquvlari mavjud kishilar ularni qo’rqitadigan narsalar va vaziyatlarga duchor qilinadi: masalan agorafobiyaga chalingan odamlarga asta-sekin uylaridan uzoqlashish va ko’proq jamoat joylariga tashrif buyirish o’rgatiladi. Panik hujumlarda kognitiv terapevtlar insonlarning o’z tana sezgilarini noto’g’ri interpretatsiya qilishni to’g’irlashga harakat qilishadi. Nevrozda psixoanaliz ham qo’llaniladi. Ko’pgina psixoanalitik maktablar fikriga ko’ra, bemor o’z ziddiyatlarini tan olishi, o’zining shaxsiyati haqida aniqroq tasavvurlarga ega bo’lishi kerak. Psixoterapiyaning asosiy vazifasi bemorga nevroz rivojlanishiga olib kelgan barcha munosabatlar jamlanmasini tan olishga yordam berishdir. Psixoterapiyaning natijasi bemorga uning hayotiy tajribasi, bu tajriba asosida shakllangan atrofdagi odamlar bilan munosabatlar tizimini ziddiyatga kelgan vaziyat va kasallikning namoyon bo’lishi bilan bo’lgan nisbatini bemorga tushuntirishdan iborat. Psixoanaliz tez-tez tanqid qilinadi. 1994-yilda Klaus Grave bir guruh olimlar bilan psixoanaliz va tegishli psixoterapevtik qo’llanmalarning samaradorligini o’rganishga bag’ishlangan 897 eng muhim empirik tadqiqotlar meta-tahlilini chop etdi. Uning mazmunida Grave xulq-atvor terapiyasi psixoanalizga nisbatan ikki barobar samarali ekanligiga ishora qildi. «Psixoanaliz zararlimi» degan maqolada amerikalik psixolog Albert Ellis psixonalizdan foydalanishning zarari to’g’risida o’z fikrini bildirdi. Xususan, u psixoanaliz umuman olganda noto’g’ri taxminlarga asoslanganligi, u bemorlarni o’zlari ustida ishlash zarurligidan uzoqlashtirishi, hozirgi harakatsizligiga bahona berishini ta’kidlagan. Emotsional barqarorsizlikdan aziyat chekayotgan bemorlar, ko’pincha psixotrop dorilarning nojo’ya ta’siriga, ayniqsa sezgir bo’ladi. Ba’zi psixofarmakologik dorilar o’xshash nevrotik namoyon bo’lishli nojo’ya ta’sirlarga ega, va natijada — davolash davomida ularning kuchayishi ehtimoli mavjud. Nevrozni davolashda gipnoz va autogen mashg’ulotlar juda muhim o’rin tutadi. Agar nevroz mavsumiy ruhiy tushkunlik sababli yuzaga kelgan bo’lsa, uni davolash va oldini olish uchun, quyoshli kunlar sayr qilish yoki nur bilan davolash ko’rsatiladi.


Download 147.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling