Bolalarda nutqning rivojlanishi


Tez harakat qilish zarur bo‘lgan vaqtda bola o‘zini qanday


Download 96.28 Kb.
bet10/16
Sana20.12.2022
Hajmi96.28 Kb.
#1038587
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
psi konsp

1. Tez harakat qilish zarur bo‘lgan vaqtda bola o‘zini qanday
tutadi?
a) oson ishga kirishadi;
b) faol harakat qiladi;
c) osoyishta, so‘zsiz harakat qiladi;
d) ishonchsiz harakat qiladi.
2. Kattalarning tanbehlariga qanday qaraydi?
a) «Boshqa qilmayman» deydi-yu, biroz vaqt otgach yana
qilaveradi;
b) quloq solmay o‘z bilganini qilaveradi;
c) jim eshitadi;
d) jim turadi, xafa bo‘ladi, hayajonlanadi.
3. Zarur bo‘lgan sharoitlarda bola boshqa bolalar bilan qanday
gaplashadi?
a) tez, qiziqqonlik bilan, lekin boshqalarning ham fikrini
eshitadi;
b) tez, hayajon bilan, boshqalarni eshitmaydi;
c) sekin, ohista, ishonch bilan;
d) ishonchsizlik bilan.
4. Odat bo‘lmagan sharoitda o‘zini qanday tutadi?
a) tez moslashadi, faollik ko‘rsatadi;
b) faol, yuqori hayajonlanish bilan;
c) tinch atrofni kuzatadi;
d) o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, tashvishlanadi.
5. Mehnat topshiriqlarini bajarishda o‘zini qanday tutadi?
a) topshiriqlarni tez bajaradi;
b) tashkilotchilik qobiliyatlarini ko‘rsatadi;
c) sekin, shoshmasdan bajaradi, ishni oxiriga yetkazadi;
d) ovoz chiqarmay, ohista bajaradi.
Natija:
agar, a – varianti ko‘p chiqsa bola sangvinik;
b – varianti ko‘p chiqsa bola xolerik;
c – varianti ko‘p chiqsa bola flegmatik;
d – varianti ko‘p chiqsa bola melanxolik tipiga mansubdir.
Quyida har bir temperament tipini ko‘rib chiqamiz.
Bolalar temperamentiga tavsifnoma
Flegmatik mijozli bolalar
Harakatlari sust, kamgap, muayyan bir narsani kuzatib, uzoq vaqt tinch o‘tira oladi. O‘z diqqatini bir narsaga qaratib, tevarak-atrofdagilarga e’tiborsiz bo‘la oladi. Uning har bir ishi va faoliyatida qandaydir erinchoqlik holatlarini kuzatish mumkin. O‘ziga berilgan topshiriq va vazifalarni sira shoshilmay bajaradi.
Bunday bola ovqat tanlamaydi, bori bilan qanoatlanadi. U biror vazifani bajarishda tengqurlaridan orqada qolib ketishi mumkin. Lekin siz amin bo‘lavering, ishi boshqalarnikiga nisbatan puxtaroq va sifatliroq bo‘ladi. Bolaning xatti-harakatiga
ko‘proq e’tibor bersangiz, uning sustligi, savolingizga turib-turib javob berishi, hozirjavob emasligi ma’qul tushmaydi. Bola o‘ylab ish ko‘radi, o‘z faoliyatini rejalab, puxta bajaradi, u zehnli, xotirasi yaxshi. Uy-ro‘zg‘or ishlariga pishiq. Yangi g‘oya va kashfiyotlardan yiroqdir. Murg‘aklik chog‘laridanoq uning
tartibga, doimiy bir tizimga intilishini sezasiz. O‘z narsalarini taxlab, belgilangan joyga qo‘yishini, o‘yinchoqlariga ham hech kim tegmasligini, ular saqlanadigan joyni o‘zgartirmasligini xohlaydi. Choy ichganda o‘z piyolasini talab qilib, janjallashishi mumkin. Yangi joy, sharoitlarga ko‘nikib ketishi qiyinroq bo‘lib, atrofdagilarni qiyin ahvolga solib, qiynab qo‘yishi kuzatiladi.Tengdoshlari bilan tez kirishib keta olmaydi. Hamma uni zerikarli bola deb biladi, chunki u chopmaydi, to‘polon qilmaydi. «Zarur», «shuni qilish kerak» degan so‘zlar uning uchun katta mohiyatga ega. Bu uning turmush tarzi, burch va javobgarlik hissi unda yaxshi rivojlangan. Kelgusida bunday bolalar ota-onaning ishongan suyanchig‘i bo‘lib qoladilar. Bunday bolalar ichida tasviriy san’atga qiziqadiganlari ko‘p bo‘ladi.



Download 96.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling