Bolalarda predmetning oʻlchami va ularni o’lchash haqidagi tasavvvurlarni shakllantirish


Download 240 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi240 Kb.
#1554559
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BOLALARDA PREDMETNING OʻLCHAMI VA ULARNI O’LCHASH HAQIDAGI TASAVVVURLARNI



________GURUH TALABASI
___________________________NING
BOLALARDA PREDMETNING OʻLCHAMI VA ULARNI O’LCHASH HAQIDAGI TASAVVVURLARNI SHAKLLANTIRISH ”
MAVZUSIDAGI
KURS ISHI


BOLALARDA PREDMETNING OʻLCHAMI VA ULARNI O’LCHASH HAQIDAGI TASAVVVURLARNI SHAKLLANTIRISH
MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………………..2
I BOB. MATEMATIK TASAVVURLARNI TARKIB TOPTIRISHDA BOLALARNI BUYUMLARNING KATTALIKLARI BILAN TANISHTIRISH……………………………………………………………… 4
1.1. 3 yoshli bolalarni buyumlarning miqdor, kattaliklari bilan tanishtirish. ……..................................................................................................................…4
1.2.O‘rta guruhda bolalarni buyumlarning miqdor, kattaliklari bilan tanishtirish………………………………………………………...…………… 7
II BOB. BOLALARDA PREDMETLARNING O‘LCHAMI VA ULARNI O‘LCHASH HAQIDAGI TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH ……..16
2.1.Katta guruhda bolalarni buyumlarning miqdor, kattaliklari bilan tanishtirish………………………………………………...……………….... ..16
2.2.Tayyorlov guruhda bolalarni miqdor, kattaliklar bilan tanishtirish…….….21
XULOSA…………………………………………………………………….…26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………..28
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmonida: "Uzluksiz ta'lim tizimining muhim bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, MTMlari davlat va nodavlat tarmog'ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, MTMlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash1" alohida muhim vazifa sifatida ko'rsatib o'tildi.
Maktabgacha yosh davrining xususiyati shundan iboratki, aynan shu davrda turli xil ijtimoiy bilimlar, ko'nikma va malakalarni egallashda zamin bo'lib xizmat qiluvchi umumiy rivojlanish ta'minlanadi.
Maktabga tayyorlov guruh bolalarni mustaqil fikrlashga jalb etuvchi vositalardan biri masala yechishga va tuzishga o’rgatishdir. Kuzatish va tajribalarimiz shuni ko’rsatadiki, ko’pchilik maktabgacha ta’lim tarbiyachilari bolalarning miqdor, kattalik haqidagi tasavvurlarini tarkib toptirishni loyihalashtirishga kam e’tibor qaratmoqda. Amaliyot davrida maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari bilan o’tkazilgan suhbat va anketa so’rovlari shuni ko’rsatadiki, bolalar miqdor va kattaliklarga juda ham qiziqishadi, ammo amalda bunday topshiriqlarni kam bajarishlari oydinlashdi. Shu sababdan bolalarning miqdor, kattalik haqidagi tasavvurlarini tarkib toptirishni loyihalashtirish masalasi dolzarb qilib qo'yildi.

Download 240 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling