Bolalarda qaddi –qomatning shakillanishi va kamchiliklari
Download 0.57 Mb.
|
SHalola
Bolalarda qaddi –qomatning shakillanishi va kamchiliklariReja1.Qad-qomat2.Bolalarda qaddi-qomatning to‘g‘riligini tekshirish3. Skolioz va Skolioz kasalligining oldini olish mumkinmi?4.Qaddi-qomatning nuqsonlarini davolashKelishgan qaddi-qomat hayotiy jarayonda yomonlashishi mumkin, ko‘p hollarda bu bolaning maktab davrida, partada noto‘g‘ri o‘tirishi natijasida paydo bo‘ladi. Bunda bolaning muskul boylam birlashmasi o‘tirishning fiziologik holatiga moslashib boradi. Muskul va boylamlarning ta’sirida umurtqa pog‘onasi funktsiyasi o‘zgarib turadi. Muskullar odam tanasini normal ushlab turishdan tashqari qarama-qarshi kuchlarni (antigravitatsion kuch) bir-biriga mutanosib qilish vazifasini ham bajaradi. Agar muskullar yaxshi rivojlangan bo‘lsa, ularning harakati bir-biriga mutanosib (sinxron) bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, umurtqa pog‘onasining qiyshaymasdan to‘g‘ri rivojlanishiga yordam beradi.Insonda suyaklarning o‘sishi 18—20 yoshlarga borib deyarli to‘xtaydi va hamma fiziologik egriliklar bu vaqtga kelib silliqlanadi. Chunki uning muskul-boylam birikmalari, tog‘ay sohasi qavatlari juda ham harakatchan va egiluvchan holatga yetadi. Shu bois, umurtqa pog‘onasining yaxshi rivojlanishi to‘g‘ri va adl qomatning tamal toshi ekanligini hisobga olgan holda aynan maktab davrida bola qomatining to‘g‘ri shakllanishiga alohida e’tibor qaratish lozim.E’tibor bilan qaraganda bu — oson. Bola tik turgan holatda yonbosh tarafdan qarab tekshiriladi (u o‘zingizdan 1,5—2,0 metr uzoqlikda bo‘lishi zarur).Tekshirish paytida, albatta, boshni tutib turish, oldinga yoki orqaga egilganligi, ko‘krak qafasining formasi, qorin chizig‘i, tizza bo‘g‘imi bukilmasi, umurtqaning bo‘yin, ko‘krak va bel egriligi e’tiborga olinadi.Bolaning yuzma-yuz qarab turgan holatidagi tekshiruvda esa uning yelka sohasi bir xil ekanligiga e’tibor qilish zarur. Orqa bilan turgan holatda tekshirilganda uning yelkasi, ko‘krak pastki burchagining bir xilligi va umurtqadan bir xil uzoqlikda ekanligi ko‘zdan kechiriladi.Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling