Bolalarda qaddi-qomatning shakllanishi va kamchiliklari reja
Download 11.82 Kb.
|
Bolalarda qaddi-qomatning shakllanishi va kamchiliklari-genderi.org
Skelet muskullarining shakli xilma-xil: uzun, kalta, keng, rombsimon, trapetsiyasimon, piramidasimon, uchburchak, tishsi- mon, duksimon, patsimon va yarimpatsimon, ikki boshli, ikki qo- rinli, tasmasimon, aylana va hokazo bo‘ladi.Skelet muskullarining shakllari:A— duksimon; B— yarimpatsimon; D — ikki tomonlama patsimon; E — ikki boshli muskul; F — serbar muskul; G — ikki qorinli muskul; H — parallel tolali uzun muskul; 1 — muskul payi; 2 — muskulning bosh qismi; 3 — muskulning qorin qismi; 4— muskulning tanasi; 5— muskulning payli belbog‘lari.A B D E F G H Har bir odam tanasini o‘zi odatlangan holatda erkin tutishi qad-qomat deb ataladi. Qad-qomatning shakllanishida, ayniqsa, umurtqa pog‘onasining normal rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Normal holda bo‘yin va bel qismida umurtqa pog‘onasi biroz oldinga, ko‘krak va dumg‘aza qismida biroz orqaga egilgan bo‘ladi. Bu tabiiy egilishlar bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda bo‘lmaydi. Bolaning tik turishi, yurishi, boshni tik tutishi natijasida astasekin bu egilishlar hosil bo‘ladi. Qad-qomatning noto‘g‘ri shakllanishi bir necha xil bo‘ladi: egilgan, lordoz, kifoz, kekkaygan, skoliotik qad-qomat(23-rasm).Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga amal qilish kerak: — bolani yoshligidan tekis va biroz qattiqroq to‘shakda yotishga o‘rgatish lozim, yostiq pastroq bo‘lishi kerak. Òo‘shakning qalin va yumshoq bo‘lishi, yumshoq prujinali karavot, baland yostiq bolaning umurtqa pog‘onasi qiyshayib qolishiga sabab bo‘ladi; — kichik yoshdagi bolalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uzoq vaqt bir joyda o‘tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og‘ir buyumlarni ko‘tarmasligi, ayniqsa, doim faqat bir qo‘lida ish bajarmasligi kerak. Bularning barchasi bolaning umurtqa pog‘onasi va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad-qomati buzilishiga sabab bo‘ladi (24-rasm).http://genderi.org Download 11.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling