Bolalarda qadu qomatning shakilanishi va kamchliklari


Download 112.5 Kb.
bet2/17
Sana05.10.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1692963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
BOLALARDA QADU QOMATNING SHAKILANISHI VA KAMCHLIKLARI

Maktab yoshi davri. Ma`lumki, har bir odam umrining o`n bir yilini maktabda yoki kollej (litsey)da o`tkazadi.Bu davr o`ziga xos xususiyatlarga ega.Bu davrda bola va o`smir organizmi uzluksiz o`sadi va rivojlanadi.Shu bilan birga u tashqi muhitning turli ta`sirlariga juda beriluvchan bo`ladi.Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning yashash, o`qish va tarbiyalanish sharoiti ularning normal o`sishi va rivojlanishiga, sog`lig`iga salmoqli ta`sir ko`rsatadi.Binobarin, bu sharoitning qulay yoki noqulay tashkil qilinishiga ko`ra, bolalar va o`smirlarning o`sishi va rivojlanishi normal yoki nonormal bo`lishi mumkin.
O`quvchilar jismonan va aqlan barkamol bo`lib yetishishi uchun maktabda va oilada gigiyena talabalariga rioya qilinishi zarur. Jumladan, aqliy va jismoniy mehnatni hamda dam olishni bir-biri bilan almashtirib turish, ovqatlanish tartibi va sifati, o`quv xonalarida va uyda dars tayyorlaydigan joyda yorug`lik yetarli bo`lishi, stol-stullar bo`yiga mos bo`lishi, o`quv va yozuv, mehnat darsi hamda boshqa ishlarni bajarganda gavdani to`g`ri tutish kabilarga amal qilish muhim ahamiyatga ega.
Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishini aniqlash va baholash.
Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishi ular sog`lig`ining muhim ko`rsatgichi hisoblanadi.
Jismoniy rivojlanish ko`rsatgichlari antropometrik usul yordamida aniqlanadi. Bu o`z navbatida 3 guruh tekshiruv usullaridan iborat:
1.Samotometrik tekshiruv usuli – bo`y uzunligi (tik turgan va o`tirgan vaziyatlarda), ko`krak qafasi aylanasi, tana vaznini aniqlash;
2.Fiziometrik tekshiruv usuli – o`pkaning tiriklik sig`imi, qo`l va bel muskullarining kuchini aniqlash;
3.Samotoskopik tekshiruv usuli - umurtqa pog`onasining shakli, ko`krak qafasi, shakli, oyoqlar shakli, tana muskullarining rivojlanish darajasi, shuningdek, o`smirlarda balog`atga yetish belgilarining rivojlanish darajasi aniqlanadi.
Jismoniy rivojlanishning samotometrik tekshiruv usullari.
Bo`y uzunligi antropometr asbobi yordamida aniqlanadi.Yog`och va metaldan yasalgan antropometrlar bo`ladi.
Tekshiriluvchi poyafzalsiz, orqasi bilan antropometrga tiralib tik turadi. Uning kuraklari oralig`i, dumbasi, tovonlari antropometrga tegib turishi kerak.
Yog`och antropometrning o`tirg`ichi bo`lib, tekshiriluvchining o`tirgan vaziyatdagi bo`y uzunligi o`lchanadi.
Chaqaloq va kichik yoshdagi bolalarning bo`y uzunligini yotgan vaziyatda o`lchash uchun stol ustiga joylashtirilgan maxsus bolalar antropometri qo`llanadi.

Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling