Bolalarda qadu qomatning shakilanishi va kamchliklari


Bolalar psixik-asab tizimi kasalliklari


Download 112.5 Kb.
bet10/17
Sana05.10.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1692963
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
BOLALARDA QADU QOMATNING SHAKILANISHI VA KAMCHLIKLARI

Bolalar psixik-asab tizimi kasalliklari.
Nevrozlar. Nevrozlar 3 turda bo`ladi: nevrosteniya, isteriya, psixosteniya.
Nevrosteniya nevrozi. Bu kasallik ko`pincha zehnli, o`ta ishchan, qobiliyatli o`smirlarda aqliy zo`riqish tufayli kelib chiqadi.O`smir injiq, serjahlli bo`lib qoladi, boshi og`riydi, uyqusi buziladi, tez charchaydi, xotirasi pasayadi, o`zining bilim va qobiliyatiga ishonsizlik paydo bo`ladi, bajargan ishini qayta-qayta ko`zdan kechiradi, natijada aqliy va jismoniy zoriqish toboro kuchayaveradi.
Isteriya nevrozi. Bu kasallik fikrash qobiliyati uncha rivojlanmagan, oilada tarbiyasi noto`g`ri bo`lgan, erkatoy, fe`l-atvorida xudbinlik, o`jarlik nuqsonlari bo`lgan bolalar va o`smirlarning ruhiy zo`riqishi natijasida yuzaga keladi. Bola, o`smir ota-onasi, o`qituvchisi, atrofdagilarning aytganlarini o`jarlik bilan teskarisini qiladi. Maktabga o`z vaqtida borish, darslarga faol qatnashish kabi taklifga baqirish, yig`lash, qo`l-oyoqlarini tipirchilatib talvasa qilish, qornida, yuragida og`riq paydo bo`ldi, deb bahona qilish yoki ko`rpaga o`ralib, hech kim bilan gaplashmasdan yotib olish kabi yoqimsiz fe`l-atvorlar bilan ajralib turadi. Kuzatuvlarga qaraganda bunday o`smirlar ulg`ayganida o`jar, urushqoq, qonunbuzar, har xil bahonalar bilan o`zini kasallikka solib shifoxona xodimlarining ham asabini egovlaydigan bo`ladilar.
Psixasteniya nevrozi. Aksariyat hollarda bu kasallik tinch-totuvligi bo`lmagan, vahimalar bilan yashaydigan oilalarning bolalarida uchraydi.Bunday bola-o`smirda hayajonlanish kuchli bo`ladi.Masalan, o`qituvchi doska oldiga chaqirib, o`tilgan mavzuni so`raganida hovliqib, qo`rqib o`zini yo`qotib quyadi.Bu kasallikka uchragan ayrim o`smirlar o`ta oriyati bo`lib qoladi.Shu sababli ular tinimsiz aqliy mehnat bilan shug`ullanadi.Buning natijasida ruhiy charchash tobora kuchayib boradi, o`ta charchash tufayli xotirasi pasaya boradi.Buning oqibatida u o`zini noqulay his etib, maktabga bormay qo`yadi.U ko`chalarda daydib yuradi, kechalari ko`rpaga o`ralib yig`laydi.O`zidagi kechinmalarni ota-onasiga aytishdan xijolat tortadi.
Tibbiy yordam: Nevrosteniya, isteriya, psixasteniya nevrzlarining belgilari nomoyon bo`lgan bolalar va o`smirlarning ota-onalari poliklinikaning asab-ruhiy kasalliklari shifokoriga ko`rsatishlari kerak.Ularga tinchlantiruvchi dorilar, vitaminlar, fiziterapiya muolajalari tavsiya qilinadi.
Eng muhimi kun tartibini gigiyena qoidalari asosida tashkil etish, ko`proq ochiq havoda sayr qilish, jismoniy tarbiya va yengil sport mashg`ulotlari bilan shug`ullanish kabilarga e`tiborni kuchaytirish lozim.

Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling