Bolalarda qadu qomatning shakilanishi va kamchliklari


Download 112.5 Kb.
bet7/17
Sana05.10.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1692963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
BOLALARDA QADU QOMATNING SHAKILANISHI VA KAMCHLIKLARI

Yassioyoqlik. Odam oyog`ining tovon – kaft yuzasi tayanch-harakatlanish tizimining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatlariga ko'ra tananing ressori vazifasini bajarishga moslashgan.
To'g'ri rivojlangan oyoq kaftining ko'proq qismi o'yiqroq (chuqurroq), ozroq qismi gumbaz shaklida bo'ladi. Uning bunday tuzilishi tana massasining oyoqning tovon va kaft qismlariga bara­var taqsimlanishini ta'minlaydi.
Yassioyoqlikda tovon-kaft yuzasining gumbaz qismi kengayib, o'yiq (chuqur) qismining sathi kamayadi, ba'zida esa oyoq yuzasining butun sathini gumbaz qism egallaydi va tovon-kaft yuzasi tekis bo'lib qoladi. Natijada tovon-kaftning ressorlik vazifasi buziladi va quyidagi noqulayliklar yuzaga keladi:
- bunday odam uzoq vaqt tik turganda, ko'proq yurganda, yugurganda, og'ir yuk ko'targanda oyog'ining tovon-kaft va boldir muskullarida og'riq paydo bo'ladi;
- yassioyoqlik umurtqa pog'onasi va chanoq suyaklarining egrilanishiga va qad-qomatning buzilishiga sabab bo'ladi. Chunki bunday odam tanasini tik va to'g'ri tuta olmaydi;
- yassioyoq odam yurganida oyoqlarini keng tashlab, qo'llarini yon tomonlarga silkitib, lapanglab yuradi, chunki, yurgan vaqtda tanasining massasi oyoq yuzasiga baravar taqsimlanmasligi natijasida tovon-kaft muskullari tez charchaydi va ularda og'riq seziladi;
- bunday odam uzoqroq vaqt tik turganda va yurganida, oyog'ining tovon-kaft yuzasi yanada ko`proq kengayadi va ertalab mos bo'lgan poyafzal, kunning ikkinchi yarmida oyoqni siqa boshlaydi;
- yassioyoqlikda tananing massasi ko'proq tovon-kaftning ichki tomoniga tushadi. Shuning uchun bunday odamlarning poyafzali ichki tomonga qiyshayib, u tezda yaroqsiz holga kelib qoladi.
Yassioyoqlik tug'ma va hayotda orttirilgan bo'ladi. Tug'ma bo'lishi ota-onaning naslida bo'lishi bilan bog`liq, yoki homilaning rivojlanishi davrida ona organizmiga tashqi muhitning noqulay ta'siri natijasida sodir bo'lishi mumkin.
Yassioyoqlikning tug'ilgandan keyin yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat:
- bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurgizish va uni uzoq vaqt davomida oyog'ida tik turg'izish;
- yosh bolaga poshnasiz yumshoq poyafzal kiygizish;
- o'quvchilar kun bo'yi poshnasiz sport poyafzalida yurishi (sport poyafzalini faqat mashg'ulot vaqtida kiyish kerak);
- poshnasi baland, uch tomoni tor, orqa tomoni keng bo'lgan poyafzallarda uzoq vaqt yurish;
- uzoq vaqt davomida og'ir yuk ko'tarish ham yassioyoqlikni yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.

Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling