Bolalarda qadu qomatning shakilanishi va kamchliklari
Bolalar va o`smirlarning bo`y uzunligi ko`rsatgichlari
Download 112.5 Kb.
|
BOLALARDA QADU QOMATNING SHAKILANISHI VA KAMCHLIKLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tana vazni tibbiy tarozida aniqlanadi.
Bolalar va o`smirlarning bo`y uzunligi ko`rsatgichlari.
Chaqaloqning bo`y uzunligi normada 45-54 sm.gacha bo`lsa, u to`liq tug`ilgan hisoblanadi.O`rtacha 50 sm bo`ladi.Bo`y uzunligi 45 sm.dan kam bo`lsa, chaqaloq chala tug`ilgan hisoblanadi. Bola bir yoshga kirgunicha har oyda o`rtacha 2 sm o`sadi.Bir yoshga to`lgan bolaning bo`yi 75 sm bo`ladi. 2 yoshdan 15 yoshgacha bola va o`smirning bo`yi har yili 5 sm.ga ko`payadi. Shu yoshdagi bolalarning bo`y uzunligi qancha bo`lishi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Bo`y uzunligi = 75 + (5 x n) 75 sm – bir yoshlik bolaning bo`y uzunligi 5 sm – bir yilda bo`y o`sish n – bola yoshining soni Masalan, 5 yoshli bolaning bo`yi 100 sm bo`ladi (Formuladagi “n” o`rniga 5 quyiladi). O`gil va qiz bola bo`yi 10 yoshgacha bir xil o`sadi.11-12 yoshda qizlarning o`sishi biroz tezlashadi.13-14 yoshda o`gil bolalarning o`sishi tezlashadi.15 yoshda ularning bo`yi tenglashadi.16 yoshdan boshlab yigit o`smirlar bo`yini o`sishi tezlashadi. Qizlarni o`sishi 18 yoshda yigitlarning o`sishi 20 yoshda deyarli to`xtaydi. Ayrim hollarda qizlar bo`yini o`sishi 21-23 yoshgacha, yigitlar bo`yini o`sishi 23-25 yoshgacha, juda sekin bo`lsada davom etishi mumkin. Tana vazni tibbiy tarozida aniqlanadi. Tekshiriluvchi ichki kiyimida poyafzalsiz tarozi o`rtasida qimirlamay tik turishi kerak. Bir yoshgacha bolaning tana vazni stol ustida joylashtirilgan maxsus tibbiy tarozida aniqlanadi.Bola yo`tqizilgan vaziyatda vazni o`lchanadi. Chaqaloq tana vazni normada 2500-3500 grammgacha bo`ladi.O`rtacha 3000 gr (3 kg).Chaqaloq tana vazni 2500 grammdan kam bo`lsa, chala tug`ilgan hisoblanadi. Bolaning 6 oyligigacha tana vazni har oy 600 gramm, 7-12 oygacha har oy 500 gramm ko`payadi. Bir yoshgacha bo`lgan bolaning turli oylarida tana vazni quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Tana vazni 3000+ (600 x n)= 3000 gramm-chaqaloq tana vazni; 600 gramm – 6 oygacha har oyda tana vaznini oshishi; n – oy soni. Bolaning 7 oyligidan 12 oyligigacha formuladagi 600 gramm o`rniga 500 gramm qo`yiladi. Bola 1 yoshga to`lganida vazni o`rtacha 9 kg ni tashkil etadi. 10 yoshgacha qiz va o`g`il bola tana vazni bir xil oshadi.11-15 yoshgacha qizlar vazni ko`proq oshadi.15 yoshdan o`g`il bolalar vazni ko`proq oshadi. -2-5 yoshlik bolalarning vazni bir yilda 2 kg oshadi va 5 yoshga to`lganda 17 kg bo`ladi; - 6-14 yoshgacha tana vazni bir yilda 3 kg oshadi.Shu yoshdagi bolalar vazni, qaysi yoshda qancha bo`lishi, quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Tana vazni 17+(3 x n) = - 17 kg 5 yoshlik bolaning vazni; - 3 kg bolaning 6 yoshligidan 14 yoshgacha har yili vaznining ko`payishi; - n –yosh soni. Erkak odamning normal o`rtacha tana vazni 70 kg. O`rtacha normal bo`y uzunligi 170 sm, deb qabul qilingan. Download 112.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling