Bolalarda qadu qomatning shakilanishi va kamchliklari


Download 112.5 Kb.
bet14/17
Sana05.10.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1692963
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
BOLALARDA QADU QOMATNING SHAKILANISHI VA KAMCHLIKLARI

Sababi: Bolalarda tug`ma bo`ladi. Ayrim keksa yoshdagi odamlarda hayot jarayonida yuzaga keladi.
Tibbiy yordam: 1.Bola ko`rish qobiliyatining yuqorida aytilgan buzilishi sezilgan zahoti oftalmolog shifokoriga murojaat qilish kerak.
2.Bunday bolaga ikki tomoni bo`rtgan (do`mboq) ko‘zoynakdan foydalanish tavsiya etiladi.
Daltonizm. Bu o`ziga xos funksional holat bo`lib, bola shuningdek, katta odam ko`zining ayrim ranglarni farqlash qobiliyati buzilgan bo`ladi.U qizil yoki yashil ranglarni farqlay olmaydi.Bu holat ko`zning ichki to`r pardasida joylashgan rang sezuvchi kolbachasimon retseptorlarda ma`lum rang ta`sirida qo`zg`aladigan nervlar bo`lmasligidir.
Bunday odam transport vositalarini haydashi mumkin emas, chunki u svetoforning qizil va yashil ranglarini farqlay olmaydi.U rassomlik kasbida ham ishlay olmaydi.
Sababi: Kasallik nasldan beriladi.Tibbiy yordamning iloji yo`q.
Bunday bola va katta odam transport boshqarishi, rassom bo`lishi mumkin emas. U transport serqatnov ko`chalarda piyodalab yurishi ham xatarlidir, ya`ni svetafordan o`tishida unga kimdir yordam berishi kerak bo`ladi.
Ko`z g`ilayligi. Tug`ma va orttirilgan turlarga bo`ladi.
Sababi: Tug`ma g`ilaylik onaning homiladorlik vaqtida uning va homilaning yuqumli virusli kasalliklar bilan kasallanishi, shikastlanishi oqibatida kelib chiqadi.
Orttirilgan funsional g`ilaylik – bolaning yuqumli kasalliklar bilan og`rishi, bir tomonlama ko`krak emishi, beshikka har xil o`yinchoqlar osish sabab bo`ladi.
Belgilari: biokulyar ko`rish faoliyati buzilib, ko`zning umumiy nuqtaga qaraolmay og`ishi kuzatiladi.
Tibbiy yordam: 1.Ko`z shifokori (oftolmolog) tavsiyasi bilan ko`zoynak taqish tavsiya etiladi.
2.Ko`zoynak taqish natijasida g`ilaylik bartaraf etilmasa, 2-3 yoshdan keyin operatsiya yo`li bilan davolanadi.
Konyunktivit – ko`z soqqasi va qovoqni biriktiruvchi shilliq parda (konyuktiva)ning yallig`lanishi.

Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling