Bolalarda raxit, spazmofiliya, gipotrofiya, ekssudativ diatez, allergiya kasalliklari


Download 23.2 Kb.
bet4/8
Sana03.05.2023
Hajmi23.2 Kb.
#1423730
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BOLALARDA RAXIT, SPAZMOFILIYA, GIPOTROFIYA,

Psixogen kasalliklar. Me`yoridan ortiq aqliy mehnatdan zo`riqish, g`am-tashvish, qo`rquv, tez-tez hayajonlanish, uyqusizlik kabi holatlar oliy nerv faoliyatini (bosh miya po`stloq qismining nerv hujayralari faoliyatini) zo`riqtirib, bosh miya po`stloq va po`stloq osti nerv markazlari faoliyatini buzilishiga olib keladi. Buning natijasida nevroz, isteriya, psixoz, gipertoniya, terining ekzema, yurakning ishemik, stenokardiya, miokard infarkti, miya insulti va boshqa kasalliklar yuzaga kelishi mumkin.
Kasallikning ichki sabablari. Kasallikning endogen sabablariga nasl kasalliklari kiradi.Nasl kasalliklarini dunyoda birinchi bo`lib 1865 yilda chex olimi Iogan Gregor Mendel aniqlagan.
Odam organizmi barcha hujayra, to`qima a`zolarining tuzilishi, faoliyati va barcha hayotiy jarayonlarning har bir odamga xos xususiyatlari avloddan-avlodga (nasldan-naslga) beriladi.
Nasldan-naslga berilish (o`tish) qonunlarini genetika fani o`rganadi.
Nasldan berilish xususiyatlarining material asosi xromosomalar va genlar hisoblanadi. (Bu haqda maxsus mavzuda ma`lumot beriladi).
Uchinchi holat. Odamning sog`liq va kasallik o`rtasidagi holati, ya`ni sog`liqqa ham, kasallikka ham o`tmaydigan holati, uchinchi holat deb nomlangan. (I.I. Brexman, 1990)
Uchinchi holatdagi odamlarga quyidagilar kirishi mumkin:
- spirtli ichimliklarni muntazam ravishda iste`mol qiluvchilar. Ular hozircha alkogolizm (piyonistalik) kasalligiga uchragani yo`q. Ammo muntazam qabul qilinayotgan spirtli ichimlik ularni kuchsizlantiradi, ish qobiliyatini pasaytiradi.
- kashandalar; - semiz odamlar;
- gipoglikemiya, ya`ni qon tarkibida qand moddasi kamaygan odamlar;
- gipotoniya – arterial qon bosimi doimiy pasaygan odamlar;
- jismoniy rivojlanishi orqada qolgan bolalar.
Uchinchi holatdagi odamlarni aniqlash va ularda sog`lom turmush tarzini shakllantirish natijasida, yuzaga kelishi ehtimoli bo`lgan kasallikning oldini olish mumkin.
Moddalar almashinuvi buzilishi kasalliklari. Bola organizmida oqsil, yog`, uglevod, mineral tuzlar, vitaminlar almashinuvi buzilishi tufayli bir qator kasalliklar va kasallikka yaqin holatlar yuzaga kelishi mumkin.Shulardan eng ko`p ucharaydiganlar quyidagilar: raxit, spazmofiliya, gipotrofiya, ekssudativ diatez.

Download 23.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling