Etiologiya tushunchasi. Etiologiya – yunoncha so`z bo`lib, etio-sabab, logos- fan ma`nosini bildiradi. Demak, etiologiya – kasallikni vujudga keltirgan sabablarni o`rganadigan maxsus fan ma`nosini bildiradi.
Kasallikni etiologiyasi, ya`ni vujudga keltiruvchi sabablar 2 guruhga bo`linadi:
1.Kasallikni yuzaga keltiruvchi tashqi (ekzogen) sabablar.Bu sabablar odam organizmining tashqarisidan, ya`ni tashqi muhitdan ta`sir qiladi.
2.Kasallikni yuzaga keltiruvchi ichki (endogen) sabablar.Bu sabablar odam organizmining ichki, ya`ni nasl hususiyatiga bog`liq.
Kasallikning tashqi sabablari. Kasallikning tashqi sabablariga quyidagilar kiradi:
fizikaviy;
kimyoviy;
biologik;
alimentar;
ijtimoiy;
kam harakatlanish (gipodinamiya) tufayli yuzaga keladigan kasalliklar;
me`yoridan ortiq xarakatlanish (giperdinamiya) tufayli yuzaga keladigan kasalliklar;
psixogen ta`sirlar natijasida yuzaga keladigan kasalliklar.
Kasallikning fizikaviy sabablari o`z navbatida quyidagi turlardan iborat:
mexanik ta`sirlar – urilish, kesilish, bosilish, sanchilish;
termik ta`sirlar – kuyish, sovuq urish;
nurlanish ta`siri-odam organizmida nurlanish kasalligini yuzaga keltiradi;
- elektr toki ta`siri–mahalliy ta`sirida teri kuyadi.Umumiy ta`sirida nafas, yurak to`xtab qolishi mumkin;
- atmosfera bosimining o`zgarishlari tufayli yuzaga keladigan kasalliklar. Atmosfera bosimining yuqori bo`lishi suv ostida kuzatiladi: quloqda og`riq, nafas chiqarishning qiyinlashuvi, qonda kislorod va azot gazini ko`payishi organizmga zaharli ta`sir ko`rsatadi.Suv ostidan yuqoriga tez ko`tarilish tufayli kesson kasalligi vujudga keladi;
- Atmosfera bosimining pasayishi tog` ustida kuzatiladi va chiniqmagan odamlarda tog` kasalligi yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |