Bolalarda sensor jarayonlarni rivojlanishi


O‘quv faoliyatini shakllanitirishning dastlabki xususiyatlari


Download 25.14 Kb.
bet2/4
Sana22.06.2023
Hajmi25.14 Kb.
#1648867
1   2   3   4
Bog'liq
35-variant

2. O‘quv faoliyatini shakllanitirishning dastlabki xususiyatlari.
Hayotning dastlabki uch yilida bola onasi yoki boshqa kishilar Masalan, tarbiyachi dasturi bo‘yicha emas, balki go‘yoki o‘zining dasturi bo‘yicha o‘qiydi. Bu davrda bolaning u yoki bu bilim va ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi muhlatiga alohida talablar qo‘yilmaydi. Ilk bolalik davrida tarbiya dasturi hali sub’ektiv tarzda bola uchun mavjud emas. Sistematik o‘qishga layoqatli bo‘lgunga qadar u tayyorlov bosqichini bosib o‘tadi. Bu bosqichda chetdagi boshqa kishilarning bolaga nisbatan yangi talablari asta-sekin uning “o‘z dasturiga” aylanishi lozim. Bog‘cha yosh davrining oxirlariga boribgina, bola kattalar tomonidan ishlab chiqilgan “dastur bo‘yicha” o‘qiy boshlaydi va maktab talablariga asta amal qila boshlaydi. L.S.Vigotskiyning fikri bo‘yicha bog‘cha yosh davri ta’lim dasturi:

  1. Bolani maktab dasturiga yaqinlashtirishi, uning bilim

Doirasini kengaytirishi, predmetli ta’limga tayorlashi;

  1. Bolaning o‘z dasturi bo‘lishi hamda uning qiziqishi va ehtiyojlariga javob berishi lozim.

Shuningdek, L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida, ta’limning yetakchi roli haqidagi qonunni ilgari surdi va aniq ifodaladi: ta’lim rivojlanishidan oldinda boradi va o ‘zining orqasidan uni etaklaydi. O‘quv faoliyati bolalarni xursand qilishi, ularga zavq berib, qoniqish hissini uyg‘otishi kerak. Ilk bolalik davridanoq bolalarda bilishga qiziqishni tarbiyalash katta ahamiyatga ega. Chunki bilishga intilishga inson faoliyatining ahamiyatli motivlaridan bo‘lib, shaxs yo‘nalganligining anglanilganligini aks ettiradi, barcha psixik jarayon va funktsiyalarga ijobiy ta’sir etadi, qobiliyatni faollashtiradi, qiziqish mavjud holatida barcha insoniy kuchlar qo‘zgo’ladi. Buni ayniqsa, bog‘cha bolasining o‘quv faoliyatini tashkil etishda inobatga olish kerak. Pedagog va psixologlaming olib borgan tadqiqotlari o‘qishga bo‘lgan qiziqishlaming paydo bo‘lishi va rivojlanishining asosiy sharoitini ajratish imkonini beradi:

  1. 0‘quv faoliyati shunday tashkil etilishi kerakki, bola unda faol ishtirok etsin, yangi bilimlami mustaqil tarzda qidirishi va “topishi”ga undalsin, muammoli xarakteiga ega bo‘lgan savollami echsin.

  2. 0‘quv faoliyati turli xil bo‘lishi kerak. Bir xillikka ega bo‘lgan Materiallar va bir xil usullar bolalami tez zeriktirib qo‘yadi.

  3. Bola berilayotgan materiallaming kerakliligi va ahamiyatliligini tushunishi kerak.

  4. Yangi berilayotgan material ilgari o‘zlashtirilgani bilan yaxshi bog’langan bo‘lishi kerak.

  5. Juda yengil bo‘lgan va o‘ta murakkab material qiziqish uyg‘otmaydi. 0‘quv topshiriqlari bog‘cha yoshidagi bolalar uchun qiyin, lekin imkoniyati etadigan darajada bo‘lishi kerak.

  6. Bolaning barcha yutuqlarini ijobiy baholash lozim. Ijobiy baho bilishga nisbatan faollikni rag’batlantiradi.

7. 0‘quv materiallari yorqin va emotsional bo‘lishi kerak. A.P.Usovaning ta’kidlashicha, o‘qitilayotgan materialni idrok qila olmaslik hodisasi harakatning usul va vositalarida o‘ta osonlik usuliga asoslangan, ilgari ko‘rsatilgan noto‘g‘ri tarbiyaviy ta’sirning asorati natijasidir. Ayni vaqtda ko‘pincha ta’lim olishga tayyorlikning quyidagi tarkibiy qismlari ajratiladi:
1. Tafakkur qila olish kabi faoliyatning umumlashganligi.
2. Amaliy va so‘z mantiqiy tomonlarining o‘zaro muvofiqligini belgilovchi tafakkumiing anglanilganligi.
3. Tafakkur faoliyatining elastikligi.
4. Tafakkur faoliyatining barqarorligi.
5. Tafakkuming mustaqilligi hamda uning yordamga moyilligi.

3.Yoshlik davri va uning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari



Yoshlik davri 23−28 yoshlardan iborat bo‘lib, bu davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir. Yoshlarning mehnat faoliyati quyidagi uchta muhim belgisi bilan boshqa yosh davrlaridan farqlanadi: 1) mutaxassislikning mohiyatiga, ishlab chiqarish shart-sharoitiga va mehnat jamoasi a’zolarining xususiyatiga moslashish (ko‘nikish) – mehnat faoliyatining dastlabki yillari (taxminan 1 yildan 3 yilgacha) yoki jamoada o‘z o‘rnini topish va qadr-qimmatga erishish; 2) mutaxassis sifatida o‘zini takomillashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish (mehnat faoliyatining ikkinchi pallasi – 3 yildan 8 yilgacha – ish staji nazarda tutiladi) yoki kasb-korlik, mahoratini egallash; 3) mahorat sirlaridan foydalanish, tashabbus ko‘rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ij¬timoiy yetuklikni namoyish qilish yoki mehnat faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli mahsulot yaratish namunasini ko‘rsatish.
23−28 yoshgacha davrda qator funksiyalar darajasi¬ning o‘zgarishi, takomillashuvi: ko‘rish maydonining ko‘lami, ko‘z bilan masofani chamalash, fazoviy tasavvur, bilish darajalari; anglash, diqqat va idrokning yaxlitligi hamda o‘zgarmasligining o‘sishi boshqa fao¬liyat va ko‘rish ta’sirchanligi, qisqa muddatli ko‘rish xotirasi yoki mustahkamlanishi namoyon bo‘ladi: 22−25 yoshlarda ikki xil omillar doirasi vujudga keladi va ular mnemologik (xotira, tafakkur) va attensional (diqqat xususiyati va xossasining) majmuasidan iborat bo‘ladi.
Yoshlik davri insonning kuch-quvvatga, orzu-havasga, ijodiy rejalarga, izlash va izlanishlarga, aqliy imkoniyatlarga boy davridir. Kelajak taqdiri, mo‘l-ko‘lchiligi, farovonligi, qudrati, madaniyati – yoshlarga bog‘liq, shuning uchun ularning istiqbol rejalari, yaratgan loyihalari, shakllanayotgan ma’naviy va ruhiy olami hech kimni befarq qoldirmasligi kerak.

Download 25.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling