Bolalarda sensor jarayonlarni rivojlanishi


Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi


Download 25.14 Kb.
bet4/4
Sana22.06.2023
Hajmi25.14 Kb.
#1648867
1   2   3   4
Bog'liq
35-variant

Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi

Keksayish davriga 61 (56)−74 yoshli erkak va ayollar kiradilar. Bu davrdagi kishilar xilma-xil xususiyatlari, shaxslararo munosabatlari bilan boshqa yosh davrlardagilardan ajralib turadi. Mazkur yoshdagilarni shartli ravishda ikkita katta guruhga ajratish mumkin: a) mutlaqo iste’foga chiqqan, ijtimoiy faol bo‘lmagan erkak va ayollar; b) nafaqaxo‘r erkak va ayollar, lekin ijtimoiy hayotning u yoki bu jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan keksalik alomatlari bosayotgan odamlar. Ularning his-tuyg‘ulari yashash tarziga muvofiq namoyon bo‘ladi. Ularning his-tuyg‘ulari vujudga kelishi jihatdan ikki xildir: 1) barqaror kayfiyat, hotirjamlik tuyg‘usiga ega bo‘lgan, o‘z qadr-qimmatini saqlayotgan, nufuz talab erkak va ayollar; b) kayfiyati barqaror, osoyishta xulq-atvorli, oila muhitining sardoriga aylangan, tabiat va jamiyat go‘zalliklaridan bahramand bo‘layotgan, ijtimoiy faoliyatdan qariyb uzoqlashgan, qarilik gashtini surayotgan kishilar. Ularning bir guruhi moddiy boylik ma’naviyat bilan qo‘shib olib borishga intilsalar, boshqalari to‘plangan moddiy boylik bilan qanoat hosil qiluvchilar, qolgan umrini hotirjam, zahmat chekmay o‘tkazishga ahdu paymon qilgan erkak va ayollardan iboratdir. Mazkur yoshda yuzaga keladigan inqiroz ham mana shu ikkala omilning mahsuli hisoblanadi.


Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari

Keksalik davriga 75−90 yoshdagi erkak va ayollar (buva va buvilar) kiradi va bunday odamlarning boshqa yosh davrlaridagi odamlardan keskin farqlanadigan xususiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Keksalarni jismoniy va aqliy faollikka moyil hamda passiv turmush tarziga ko‘nikkan qariyalar guruhlariga ajratish mumkin. Ijtimoiy faollik fahriyalar jamoasida, kasbiy jamoalar faoliyatida qatnashishda o‘z ifodasini topadi.

B.A.Grekov so‘z assotsiatsiyasi metodi asosida kek¬salarda xotira jarayonining xususiyatini tekshirgan. Uning ma’lumotlarini quyidagicha ifodalash mumkin:


  1. 70−80 yoshlardagi keksalikda xotira (ayniqsa mexanik esda olib qolish) zaiflashadi;

2)70−89 yoshlarda mantiqiy-ma’noli xotirada miqdorning ahamiyati saqlanadi;
3)Obrazli xotira zaiflashadi;
4)70−89 yoshlarda xotiraning barqarorlik negizida ma’noning ichki aloqasi yotadi;
5)Uzoq muddatli xotira kuchsizlanadi;

  1. 90 yoshda nutqning ichki bog‘lanishi buziladi;

7)Xotiraning obrazli, hissiy turlari nutqning tuzilishiga bo‘ysunmay qoladi.

3.Kishining butun hayoti uning oldiga hamisha jiddiy va kechiktirib bo`lmaydigan vazifalar va muammolarni qo`yadi. Bunday muammolarning, qiyinchiliklarning, tasodiflarning yuzaga kelishi atrofimizdagi voqelikda hali juda ko`p no’malum, tushunib bo`lmaydigan kutilmagan, yashirin narsalar borligidan dalolat beradi. Tafakkur shuning uchun ham zarurki, haet va faoliyat davomida har bir individ narsalarning qandaydir yangi, ilgari ma’lum bo`lmagan xususiyatlariga duch keladi. Tafakkur hamisha hali bilib olinmagan yangilikning ana shunday cheksiz chuqur jihatlariga qaratilgan bo`ladi. Har bir odam tafakkur qilar ekan buning bilan shu paytgacha qandaydir yangilikni, noma’lum narsani mustaqil ravishda qayd qiladi.

Tafakkur jiddiy ravishda yangilik qidirish va ochishga ijtimoiy jihatdan bogliq, aloqador psixik jarayondir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilimlardan paydo bo`ladi va hissiy bilim chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi. Tafakkur so`zi arabcha “fikr” so`zidan kelib chiqqan bo`lib, o`ylash, muhokama, mushohada va fikr yuritish ma’nolarini bildiradi. Inson borki u fikr yuritish qobiliyatiga ega. Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan boshlanadi va keyin tafakkurga o`tib ketishi mumkin. Biroq istagan tafakkur hatto eng rivojlangan tafakkur ham hamisha hissiy bilim bilan, ya’ni sezgi, idrok va tafovutlar bilan bog`langan bo`ladi. Tafakkur faoliyati o`zining butun materialining faqat bitta manbadan, ya’ni hissiy bilishdan oladi. Tafakkur sezgilar va idrok qilish jarayonlari orqali tashqi olam bilan bevosita bog`lanadi hamda shu tariqa olamni aks ettiradi. Bu aks ettirishning to`g`riligi amaliy faoliyat orqali tabiat va jamiyatni o`zgartirish jarayonida uzluksiz tekshirilib turiladi. Tafakkur sezgi idrok va tasavvurlarning bilish bilan bog`liq bo`lgan ishlarni davom ettiradi va rivojlantiradi hamda ularning chegaralaridan tashqariga chiqib ketadi

Psixologiya fanida tafakkurning quyidagi turlari ajratiladi.
1. Ko`rgazmali harakat.
2. Ko`rgazmali-obrazli.
3. Mavhum (nazariy) tafakkur.

Tafakkur jarayonining quyidagi fikrlash operatsiyalari mavjud.


1. ANALIZ-yunoncha parchalash, bo`lish, tahlil qilish narsa va hodisalarni fikran tarkibiy qismlarga ajratishdan iborat aqliy jarayon. Masalan: psixologiyada ong hodisasi analiz qilinar ekan, u aql iroda, hissiyot deb uch qismga ajiratiladi. Biror o`simlikni o`rganishda uning qismlarini ildizi, tanasi, shohi, bargi, guli, mevasi va hokazolarni qismlarga bo`lib o`rganiladi.


2. SINTEZ-yunoncha qo`shish, birlashtirish, narsa va hodisalarning tarkibiy qismlari va sifat xususiyatlarini fikran yoki amaliy ravishda bir butun qilib qo`yishdan iborat aqliy jarayondir. Masalan: narsa hodisalarning muhim belgilari qo`shilishidan yaxlit bir tushuncha hosil bo`ladi. Harflardan bo`g`inlar, bo`g`inlardan so`zlar, so`zlardan gap, gapdan nutq hosil bo`ladi.
3. TAQQOSLASH-narsa va hodisalarni bir-bir solishtirish, ular o`rtasidagi o`xshashlik, farq, tenglik va qarama – qarshiliklarni topishdir. Taqqoslash tafakkur jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Taqqoslash har qanday tushunish va har qanday fikrlashning negizidir, dunyodagi hamma narsalarni bir-biri bilan taqqoslamasdan bila olmaymiz.
4. UMUMLASHTIRISH-tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning o`xshash, muhim belgilarni shu narsalar to`g`risida bitta tushuncha bo`lib fikran birlashtirish: Masalan piyoz, kartoshka, karam, sabzi kabilarga xos belgilar “sabzavot” tushunchasi bilan umumlashtiriladi.
5. ABSTRAKTSIYALASH-umumiy va mavhum tushunchalar yordamida paydo bo`ladigan tafakkur jarayoni. Buyumlarning bir qancha xossalaridan fikran chalg`ish va qaysidir bitta o`zimiz uchun kerakligini ajratib olish abstratsiya deyiladi: Masalan rang, kuch, abstrakat tushunchalardan mosini ajratib olishimiz.
6. KONKRETLASHTIRISH-bevosita idrok yoki tasavvur qilinayotgan narsa yoki hodisalar haqidagi, ya’ni aniq obrazlarga asoslangan tafakkur jarayondir. Analiz va sintez, umuman tafakkur faoliyati boshqa bir qanday faoliyat kabi hamma vaqt shaxsning qandaydir ehtiyojlariga asoslanadi. Agar ehtiyojlar bo`lmasa hech qanday faoliyat ham bo`lmaydi.
Download 25.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling