Mustaqil fikr teran aql


Download 14.25 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi14.25 Kb.
#254977
  1   2
Bog'liq
maqola


MUSTAQIL FIKR – TERAN AQL

Ilmiy raxbar: Shukurova Halima Sunnatullayevna A.Qodiriy nomidagi JizDPI katta o’qituvchisi, Abduazimova Iroda Safar qizi 3-bosqich talabasi

Annotatsiya : Ushbu maqolada bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining o’quvchilarni dars jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishi haqida bayon etilgan.

Annotation: This article describes how future primary school teachers can shape students ’thinking skills using pedagogical technolog

ies in the classroom.



Аннотация: В этой статье рассказывается, как будущие учителя начальных классов могут формировать навыки мышления учащихся с помощью педагогических технологий в классе.

Kalit so’zlar: pedagogik texnologiya, innovatsion, interfaol, keys stadi, fikrlash qobiliyati, klaster,debat, aqliy hujum.

Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisi dars jarayonida asosiy vazifasi faqat o’qitish emas, balki o’quvchilarning mustaqil faoliyatini tashkil qilib, ularni darsning faol ishtirokchilariga aylantirishdan iborat. Shuning uchun bo’lajak mutaxassislarni mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishimiz dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Yangi pedagogik texnologiya ta’limning ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan shakl usul va vositalar tizimi bo’lib, u mustaqil fikrni shakllantirish omili hisoblanadi.

Hozirgacha pedagogik texnologiyalarni usullarini ko’plab pedagoglarimiz darslarida qo’llab kelishmoqdalar. Jumladan, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Munozara, “Debat” kabi metodlar juda ko’p o’qituvchilar tomonidan unumli foydalanib kelinmoqda.

Aksariyat hollarda uni bilib-bilmay qo’llayotgan, bu texnologiyaning maqsad va vazifalari va natijasi nimadan iborat ekanligini anglamay darslarni o’tayotgan pedagoglar ham oramizda uchrab turadi.

Ularga yuqorida qayd etilgan usullarni qo’llash davrida “ Qaysi texnologiyadan foydalanayapsiz” deb bergan savolimizga o’sha usul va metodning nomini aytib javob berishadi. Bu esa noto’g’ri, chunki pedagogik texnologiyalar:

1. Interfaol texnologiyalar

2. Innovatsion texnologiyalar

3. Muammoli ta’lim texnologiyasi

4. “Keys stadi” kabilarga bo’linadi.

Yuqorida qayd etilgan usullar esa, interfaol ya’ni interaktiv texnologiya turiga kiradi.

Quyida biz innovatsion usullardan biri “Kichik guruhlarda ishlash” usulidan namuna keltiramiz.

Bizga ma’lumki, kichik guruhlarda ishlash uchun sinfdagi o’quvchilarni uchta yoki to’rttadan birgalikda o’tqazib guruhlarga ajratish lozim.

Kichik guruhlar bilan ishlashda har bir guruhga tegishli bo’lgan nom va sardor tayinlanaydi. Guruhlar teng qismlarga bo’linib joylashadilar. O’qituvchi bolalarning mustaqil fikrlashini oshirish uchun ularga guruh nomini o’tilgan mavzuga taaluqli bo’lishini va shu nomga doir shior tanlashlari kerakligini talab etadi.

“Kichik guruhlarda ishlash” maqsadi: o’qituvchi kichik guruhlarda ishlaganda darsga faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bir-biridan o’rganish va turli nuqtai-nazarlarini qadrlash imkoniga ega bo’ladilar.

Qo’llash usuli:


  1. Faoliyat yo’nalishi aniqlanadi . Biron-bir muammo bir-biriga bog’liq masalalar belgilanadi.

  2. Kerakli asos yaratiladi. O’quvchilar guruhlarga 3-5 kishidan bo’lib joylashtiriladi.

  3. Guruhlarda mazkur muammo bo’yicha oldindan tushunchaga ega bo’lishlari kerakligi hisobga olinadi.

  4. Menejer tomonidan aniq ko’rsatma muammo tarzida topshiriq qilib beriladi.

  5. Muammoni izlab topib, uni yechimini aytish uchun vaqt ajratib beriladi.

  6. Menejer tomonidan guruhlar tomonidan berilgan javoblar qo’llab-quvvatlab va yo’naltirib turiladi.

  7. Berilgan topshiriqning bajarilishi muhokama qilinadi.

  8. Menejer tomonidan natijalar e’lon qilinadi.

  9. Talabalar rag’batlantiriladi.

  10. Xulosa qilinadi.

Ushbu texnologiya orqali bo’lg’usi boshlang’ich sinf o’qituvchilarini mavzuni o’zlashtirishnigina emas, balki talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga ham katta ahamiyatga ega.

Ta’lim tizimida faoliyat ko’rsatayotgan har bir o’qituvchi dars jarayonida muammoli ta’lim usulini qo’llash uchun avvalo quyidagi ketma-ketlikni aniq qilib bajarishlari zarur:



  • muammo qo’yish ;

  • muammoni xarakterlovchi sharoitlarni o’rganish;

  • qo’yilgan muammoni hal qilish yo’llari;

  • topilgan yechimning to’g’riligini asoslash;

  • muammoning yechimini izlash va hal qilish jarayonida paydo bo’lgan yangi bilimlarni aniqlash;

  • boshqa muammolarni yechishda yangi bilimlarni tatbiq etish, muammoni tizimlash (talabalarning rivojlanishi uchun fikrlatish va barcha komponentlarga xos bilimlarini qayta tiklanishi ), motivlashtirish ( fanga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish va umumlashtirish) ;

  • muammo yechimini o’rganish, yechimning yanada qulay va ixcham yo’llarini izlash;

Pedagogik texnologiya o’qituvchining chuqur bilimga ega bo’lishini, fikr yuritishda mustaqil bo’lishini talab etadi.

Albatta talabaning teran fikr yuritishida mustaqil bo’lish talab etiladi.

Ushbu darslarni tashkil etishda talabalarning qiziqishlari, qobiliyatlari, layoqatlari va iste’dodlarini hisobga olib, ularning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratish, shuningdek, har bir maktab va joylashgan muhit, tegishli bo’lgan viloyatlarning o’ziga xos tomonlarini, ijtimoiy va madaniy tomonlarini to’la hisobga olish nazarda tutiladi.

Tajriba va kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, darslarda qo’llaniladigan metodlarning xilma-xilligini oshirish talabalarda fanni bilishga qiziqishlarini yanada orttiradi.

Tajribali pedagoglarning ko’p yillik kuzatishlari va tajribalaridan shu ma’lum bo’ldiki, fanlarga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda eng muhim samarali usullardan foydalanishni taqazo etiladi.

Buning uchun har bir darsda:



  1. Bahs-munozara

  2. Musobaqa

  3. Seminar

  4. Konferentsiya

  5. Krossvord

  6. Intelektual-ring

  7. Zakovat

  8. Savol-javob

  9. Suhbat uchrashuvlar tarzida o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir .


Download 14.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling