Bolalarda vitamin yetishmasligi oqibatlari


Endemik buqoqning kelib chiqish shart sharoitlari va muhitga bog'liqligi


Download 58.31 Kb.
bet8/15
Sana28.12.2022
Hajmi58.31 Kb.
#1022001
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
BOLALARDA VITAMIN YETISHMASLIGI OQIBATLARI

Endemik buqoqning kelib chiqish shart sharoitlari va muhitga bog'liqligi.
Buqoq — qalqonsimon bezning kattalashuvi. Kasallik shu bez funksiyasi oʻzgarmasdan (eutireoz), funksiyasi susayishi (gipotireoz) yoki kuchayishi (tireotoksikoz) bilan kechadi. Boʻqoqning bir necha shakli bor. Endemik buqoq atrof-muhitda (suv, tuproq, havoda) yod oz boʻlgan muayyan geografik chegaralangan hududlarda (jumladan Oʻzbekistonda) uchraydi. Isteʼmol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarida yod yetishmasligi kasallikning asosiy sababi hisoblanadi. Sogʻlom odamga bir kecha-kunduzda 100—200 mikrogramm yod kerak, shu miqdor kamaysa, qalqonsimon bez gormonlari (tiroksin, triyodtironin)ning hosil boʻlishi kamayadi. Oqibatda, qalqonsimon bezning kattalashishi kuzatiladi, bolalarda boʻy oʻsmay qoladi, ruhiyati oʻzgaradi, aqli ojiz boʻladi (kretinizm), baʼzan kasallik shish hosil boʻlishi bilan kechadi (qarang Miksedema).
Sporadik (onda-sonda uchraydigan) buqoq — buqoq endemiyasi boʻlmagan joylarda rivojlanadi, kasallik keng tarqalmaydi. Diffuz toksik buqoq (Bazedov kasalligi) — bunda qalqonsimon bez kattalashuvi bilan birga funksiyasi kuchayadi. Diffuz toksik buqoqni 1840-yilda nemis vrachi Karl Bazedov taʼriflab bergani uchun Bazedov kasalligi deb ataladi. Kelib chiqishida irsiy moyillik, immun sistemadagi oʻzgarishlar, ruhiy iztirob muhim oʻrin tutadi. Qalqonsimon bez funksiyasi kuchayishi natijasida muskullar zaiflashib, bemor serzarda, yigʻloqi boʻlib qoladi, ozib ketadi, koʻzi chaqchayadi (ekzoftalm, oftalmopatiya), koʻp terlaydi, oyoqqoʻli, baʼzan butun tanasi titraydi, yuragi tez uradi (taxikardiya), uyqusi buziladi, bir oz isitma chiqadi, tez toliqadi va ishga yaroqsiz boʻlib qoladi. Kasallik ogʻir kechganida tireotoksik krizisga olib borishi mumkin. Bunda asosiy sistema va aʼzolar faoliyati izdan chiqadi, tireotoksik koma yuz beradi. Koʻp tugunli toksik buqoq — koʻpincha bir necha yil davomida koʻp tugunli eutireoid buqoq bilan og`rib kelayotgan 50—60 yashar ayollarda uchraydi. Kasallik belgilari diffuz toksik buqoqqa oʻxshash, ammo bunda oftalmopatiya va pretibial miksedema kuzatilmaydi.
Buqoqni mutaxassis vrach davolaydi, turli gormonal dorilar buyuriladi. Baʼzan jarroxlik yoʻli bilan davolanadi. Toksik buqoqni davolashda radioaktiv yod ham qoʻllaniladi.
Buqoqning ommaviy oldini olish uchun yodlangan osh tuzi ishlatiladi. Buqoq boʻyicha xavfli guruhlarga (bogʻcha va maktab yoshidagi bolalar, homilador va emizikli ayollar) tarkibida yod tutuvchi (antistrumin, yodid — 100, 200) dorilar beriladi. Umumiy sogʻlomlashtirish tadbirlari (bekamu-koʻst ovqatlanish, sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash va boshqalar) amalga oshiriladi.

Download 58.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling