Bolalarda yassi oyoqlilik va uning gigiyenasi Profilaktika choralari


Download 101.07 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi101.07 Kb.
#1173333
Bog'liq
JALONBEK VAHOBOV


Bolalarda yassi oyoqlilik va uning gigiyenasi


Profilaktika choralari
Kasallikning oldini olish uchun shifokorlar quyidagi profilaktik choralarni tavsiya etadilar:

  • o't va qumda, tekis bo'lmagan yuzalarda tez-tez yalangoyoq yurish;

  • tanani to`g`ri tutish va to`g`ri yurish;

  • oyoq mushaklarini mustahkamlash uchun mashqlar bajarish;

  • poyabzal tanlashga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish, oyoq kiyimda taglik tayanchi (supinator) mavjud ekanligiga ishonch hosil qilish;

  • uzoq vaqt davomida bir xil holatda bo'lmaslik.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.
Yassi oyoqlik davolovchi shifokorlar
Xavfli jihatlari
Agar yassi oyoqlik davolanmasa va kasallikka tegishli e'tibor berilmasa, shuningdek, davolanish o'z vaqtida belgilanmagan bo'lsa, quyidagi asoratlar yuzaga kelishi mumkin:

  • deformatsiyalangan oyoq barmoqlari;

  • artroz;

  • skolioz;

  • menisklarning yallig'lanishi;

  • osteoxondroz;

  • umurtqa churrasi;

  • radikulit;

  • tovon to'nkalari.

Xavf ostidagilar

  • ayollar (ayniqsa homiladorlik davrida);

  • ortiqcha vaznli bemorlar;

  • kamharakat turmush tarzini olib boradigan bemorlar;

  • asosan tik oyoqda ishlaydigan bemorlar (ofitsiantlar, sartaroshlar).

Bolalarda yassi panjalik (yassi oyoqlik) tayanch-harakat sistemasidagi o‘zgarishlar ichida ko‘p uchraydigani hisoblanadi. Kasallik asosida panjaning ko‘ndalang va bo‘ylama gumbazlarini alohida-alohida bir vaqtning o‘zida yassilanishi yotadi. Agar panjaning bo‘ylama gumbazi pasaysa, yassi panjalik vujudga keladi. U ko‘pincha panja oldingi qismining uzoqlashishi bilan birga kechadi, yoki panja butunlay tashqariga og‘adi. Bu hollarda deformatsiya yassi valgus panja deb ataladi. Umuman boldir-panja sohasi orqa yuzasi o‘rtasidan o‘tkazilgan vertikal chiziq tashqariga 6 gradusgacha og‘sa, bu me’yor hisoblanadi, ichkariga og‘ish normada kuzatilmasligi kerak. Yurilganda panja yuzasi odatda uch soxa bilan tanani ko‘taradi: bular orqa tomondan tovon suyagi bo‘rtig‘i, oldingi yon tomonlarda esa birinchi va beshinchi kaft suyaklari boshi hisoblanadi. Bu uch soha o‘zaro yoylar majmuasi bilan birlashib, panja gumbazini tashkil qiladi. Ichki yoy tovon bo‘rtig‘i bilan birinchi kaft suyagining boshi orasida bo‘lib, uning chuqqisi qayiqsimon suyakka to‘g‘ri keladi. U elastik va tashqi yoydan 3–4 barobar bo‘rtiqroqligi bilan ifodalanadi. Panjaga tiralganda ichki yoy pasayadi, buning hisobiga panja uzayadi, oyoq yerdan uzilganda yoy va unga bog‘liq xolda panja uzunligi ham o‘z holiga qaytadi. Tashqi yoy tovon suyagi bo‘rtig‘i bilan V kaft suyagi boshi orasida bo‘lib, uning chuqqisi kubsimon suyak sohasiga to‘g‘ri keladi. Nihoyat, oldingi yoy panja uzunligiga ko‘ndalang ravishda birinchi va beshinchi kaft suyaklari boshlari orasida joylashgan. Shunday qilib, panja gumbazi deganda, asosan uch yoy majmuasidan iborat bo‘rtiq ikki yuza tushuniladi. Panja gumbazi may da suyaklar, bog‘lam-pay, fastsiya va mushaklar hisobiga katta-katta yuklami bemalol ko‘tarishni, ohista tekis yurishni ta’minlaydi. Kelib chiqishiga qarab yassi panjalikni tug‘ma va orttirilgan turlari ajratiladi. Ayrim bolalarda panja gumbazi yassi bo‘lsada, balog‘atga yetguncha, tana og‘irligi oshgunga qadar hech qanday klinik belgilar kuzatilmaydi. Boshqa bolalarda panja gumbazi qoniqarli rivojlangan, lekin patologik abduksiya mavjud bo‘ladi. Bu ikkala xolda o‘zgarish mushaklar va panja bog‘lam apparatining kuchsizligidan darak beradi. Tug‘ma yassi panjalik nisbatan kam uchraydi. Sabablari homilaning noto‘g‘ri rivojlanishi, amniotik tizimchalar, kichik boldir suyagining yaxshi shakllanmaganligi yoki umuman yo‘qligi bo‘lishi mumkin. Tug‘ma yassi panjalik ko‘pincha valgus deformatsiya bilan birgalikda uchraydi. Orttirilgan yassi panjalikni raxitik, paralitik, travmatik va statik turlari kuzatiladi. Raxitik yassi panjalik maktabgacha yoshda raxit xastaligi bo‘lgan bolalarda uchraydi. Suyaklarning yumshoqligi va og‘irlikka qarshiligi pasayganligi, umuman mushak-bog‘lam apparatining sustligi yassi panjalikka olib keladi. Panja tana og‘irligi tufayli pronatsiya holatiga o‘tib, oldingi qismi o‘rta chiziqdan qochadi va panja gumbazi pasayadi. Bu turdagi yassi panjalikning oldini olish va davolash raxit kasalligini bartaraf etish hamda davo tadbirlariga uzviy bog‘liqdir. Paralitik yassi panjalik bolalarda asosan poliomielit kasalligi asorati sifatida yuzaga keladi. Uning darajasi falajlik darajasi va mushaklarning nechog‘li zararlanganligiga bog‘liq, yassi valgus panjalik katta yoki kichik boldir muskullarining ikkalasini yoki birinchisini zararlab, qolgan mushaklar faoliyati qoniqarli saqlanib qolishidan kelib chiqadi. Travmatik yassi panjalik esa ko‘pincha to‘piqlar sinishidan, kamroq panja suyaklari butunligi buzilimagan katta va kichik boldir suyaklari orasidagi bog‘lamning uzilishidan haolishi  
Download 101.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling