Bolalarga tez tibbiy yordamni uyushtirish


Download 70.2 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi70.2 Kb.
#1162322
Bog'liq
Bolalarga tez tibbiy yordamni uyushtirish


Bolalarga tez tibbiy yordamni uyushtirish
Bola terisini kesib yoki tirnab olganda, avvalo bu joyni vodorod peroksidi bilan yuving, kesilgan yoki tirnalgan joy atrofiga (faqat atrofiga!) yod yoki brilliant ko’ki surtib, bog’lab qo’ying. Agar jarohat chuqur bo’lsa, jarrohga murojaat qiling. Balki yarani tikish kerak bo’lar.
2. Bosh jarohatlanganda, bolani o’rniga yotqizing. Boshning jarohatlangan joyiga toza lattani ho’llab bosing va latta isib ketmasidan yangisiga almashtirib turing. Bolaning ahvolini kuzating. Agar uning ko’ngli aynisa, qay qilsa va boshi aylansa — bu miya chayqalishi oqibati. Darhol shifokorga murojaat qiling.
3. Qaynoq suv, sut, issiq ovqat to’kilib, bola kuyib qolsa, kuygan joyni oqayotgan toza suvga tutib turing — og’riq kamayadi. Agar pufakchalar paydo bo’lsa, zinhor ularni yormang! Unutmang: bola terisi qattiq va katta hajmda (bola kaftidan katta) kuyganda, shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatilishi shart! «Tez yordam» kelgunicha birinchi yordam ko’rsating yani kuygan joyni toza bint yoki ikki tomondan yaxshilab dazmollangan latta bilan yopib qo’ying. O’zboshimchalik bilan hech narsa surtmang, sepmang!
4. Agar bola kattalarning dorisini yutib yuborsa, tezda uni qayt qildirish chorasini ko’ring. Buning uchun ko’rsatkich barmog’ingizga toza bint o’rab, bolaning og’ziga solishingiz va til ildizini bosishingiz kerak. Bola nechta va qanday dorini yutib yuborganini aniqlashga harakat qiling. Agar idishchadagi yoki o’ralgan dorilarning avvalgi miqdori yodingizda bo’lsa, qolganlarini sanang. Lanjlik, uyqu bosishi ham qattiq bezovtalik kabi doridan zaharlanish alomatidir. Bu holda kechiktirmay «Tez yordam» chaqirtiring!
5. Bola sirka yoki biror ishqorli suyuqlik ichib qo’ygan bo’lsa, «Tez yordam» kelguncha unga toza suv yoki tuxum oqi aralashtirilgan suv ichirib turing.
6. Agar farzandingiz munchoq, olcha donagi, tugma yoki biror silliq mayda narsa yutib yuborsa, hayajonlanmang: bunday buyumlar ovqat hazm qilish a’zolaridan oson o’tadi va bir kundan so’ng axlati bilan tashqariga chiqadi. Kuzating va xotirjam bo’ling. Lekin agar buyum o’tkir, qirrasi tishlik bo’lsa, bolani darhol shifoxonaga olib boring. Bunday buyumlar ichki ovqat hazm bo’lish a’zolariga jarohat yetkazishi mumkin.Agar bolaning qorni og’riy boshlasa, shoshilinch tibbiy yordam darkor. Bolaga ichki yurishtiradigan dorilar ichirmang , unga ezilgan kartoshka, bo’tqa, qirilgan olma kabi mayin ovqatlar bering.

Bolaning nafas yo’liga kichkina narsa o’tib ketsa, buning natijasida tutadigan yo’talni to’xtatishga urinmang: bola yanada qattiqroq yo’talsin. Kichkintoyning boshini pastga qaratgan holda qorni bilan tizzangizga yotqizib, orqasiga uring. Yoki uining oyog’idan mahkam ushlab, boshini pastga osiltirilgancha orqasiga uring: shunda mayda buyumning nafas yo’llaridan chiqib ketishi osonlashadi. Agar bu muolajalar yordam bermasa, shifokorga murojaat qiling.
7. Agar bolaning qulog’iga biror narsa kirib ketsa zinhor-bazinhor uni o’zingiz olishga urinmang — quloqning nog’ora pardasi shikastlanishi xavfi bor. Bolani darhol shifoxonaga olib boring.
8. Balandlikdan yiqilib qo’l yoki oyog’i qattiq lat yegan bolaning jarohatlangan joyi ko’z o’ngingizda shishib ketsa, suyak singan bo’lishi mumkin. Jarohatlangan joyni siypalamang, og’riq kuchayadi! Travmatolog yoki jarroh-shifokor rentgenda suratga olganidan so’ng aniq tashxis qo’yadi. Yiqilgan bolani shifoxonaga olib borayotganda qo’lini bo’yniga osib qo’ysangiz yoki oyog’ini tekis, keng taxtaga bog’lab qo’ysangiz, u ancha yengil tortadi.
9. Agar bolaning burniga munchoq yoki no’xat kirib ketsa, burunning narsa kirmagan teshigini ro’molcha bilan mahkam berkitib, undan qattiq burun qoqishini so’rang. Narsa chuqur kirmagan bo’lsa, ushbu muolajadan so’ng chiqib ketadi. Lekin burun yo’llariga chuqur o’rnashib olgan buyumni faqatgina shifokor chiqarib olishi mumkin. Bunday holatda o’zbilarmonlik bilan ish tutish narsaning yanada ichkari surilishiga olib keladi. Shifoxonaga borguncha bola og’zi bilan nafas olishi kerak, burunni tortaverish ahvolni yanada og’irlashtirishi mumkin.
Download 70.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling