Bolalarni bilish sohasining psixadiognostikasi


Bolalar psixologiyasi fanining metodlari


Download 32.67 Kb.
bet3/3
Sana25.04.2023
Hajmi32.67 Kb.
#1397701
1   2   3
Bolalar psixologiyasi fanining metodlari
Har bir fanning o‘z predmetiga ko‘ra bir qancha o‘rganish va tekshirish metodlari bo‘ladi. Metod lotincha “methodas” so‘zidan olingan bo‘lib, ma’lum bir fanning predmetini tekshirish, o‘rganish va tushuntirib berish usullarining yoki vositalarining yig‘indisidir.
Bolalar psixologiyasi umumiy psixologiyaning maxsus sohasi bo‘lgani tufayli, u o‘z predmetini o‘rganishda umumiy psixologiyaning deyarli hamma metodlaridan foydalanadi. Lekin umumiy psixologiyaning metodlaridan bolalarning asosiy faoliyatlariga moslashtirib qo‘llaniladi.
Umumiy psixologiyaning metodlari - kuzatish, eksperiment, suhbat, faoliyat mahsulotlarini o‘rganish kundalik va biografik materiallarni o‘rganish, sotsiometrik metod, test va shu kabi metodlardir.
Bolalarning butun aqliy, ya’ni psixik taraqqiyotlari ularning turlituman faoliyatlarida sodir bo‘ladi. Ana shuning uchun bolalar psixologiyasi yuqoridagi metodlarni bolalarning asosiy faoliyatlariga moslashtirib qo‘llaydi.

Kuzatish metodi


Bolalar psixologiyasida subyektiv kuzatish metodidan deyarli foydalanilmaydi. Bolalar psixologiyasining asosiy metodlaridan biri - obyektiv, ya’ni bolalarni tashqaridan kuzatib o‘rganish metodidir. Tarbiyachi yoki tekshiruvchi psixolog bolalarning turli xil faoliyatlarini tabiiy sharoitda tizimli tarzida kuzatadi. Bunda bolalarning xulq-atvorlari, xatti-harakatlariga doir xarakterli vaziyatlarni qayd qilib boradi. Har qanday kuzatishning aniq maqsadi bo‘lishi kerak. Boshqacharoq qilib aytganda, tarbiyachi bolalarning xulq-atvori yoki xatti-harakatlariga doir nimalarni kuzatmoqchi ekanini oldindan aniqlab olishi kerak. Masalan, bolalar diqqatining barqarorligini yoki tafakkur jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan analiz qila olish qobiliyatlarini kuzatishni oldindan boshlab olishi mumkin. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, kuzatish tabiiy sharoitda olib borilar ekan, bolalar o‘zlarining kuzatilayotganliklarini mutlaqo bilmasliklari kerak. Kuzatishni bolalar o‘rgangan tarbiyachining o‘zi kuzatgani ma’qul. Tarbiyachidan bolalar hadiksiramaydilar, o‘z xattiharakatlarini tabiiy sharoitda bemalol namoyon qila oladilar. Agar kuzatishni bolalar ko‘zi oldida begona odam o‘tkazsa, bolalarning xattiharakatidagi tabiiylik buziladi. Ularning xulq-atvorlari va xattiharakatlarini begona kishi kuzatishiga to‘g‘ri kelsa, u vaqtda yashirin kuzatish metodlaridan foydalanishi lozim bo‘ladi. Bunda kuzatuvchi bolalarga ko‘rinmaydigan joydan turib kuzatadi. Bolalar psixologiyasida kuzatish metodidan foydalanilganda, bolalarning turli o‘yin faoliyatlari, didaktik mashg‘ulotlari va qurish-yasash hamda ijodiy mashg‘ulotlarida xilma-xil psixik jarayonlarining namoyon bo‘lishi va qancha davom etishi kabi jarayonlarni qayd qilish mumkin. Bundan turli yoshdagi bolalarni bir-biriga taqqoslab, ulardagi psixik jarayonlarning taraqqiyoti o‘rganiladi. Kuzatish metodi - uzluksiz va bu faoliyatni tanlab vaqti-vaqti bilan o‘rganilganda ularning barcha fe’l-atvorlari va xatti-harakatlari kundalik faoliyatlari davomida umumiy holda o‘rganiladi. Uzluksiz kuzatish bir necha kun yoki bir necha oy davomida davom etgandan so‘ng to‘plangan ma’lumotlar tahlil qilinib, bolaga psixologik xarakteristika berish mumkin bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan tanlab kuzatilganda bolaning barcha xulq-atvori va xarakterlari emas, balki faqat ma’lum harakatlari, ya’ni diqqati yoki xotirasi, yo bo‘lmasa, uning nutqi bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlari o‘rganiladi.
Bolalar psixologiyasida kuzatish metodining alohida turi - bolalar taraqqiyotini tizimli tarzda kundaliklar tuzib o‘rganishdan iborat.
Bolalar psixik taraqqiyotini o‘rganishda qo‘llaniladigan kuzatish metodi tashqaridan qaraganda juda osondek tuyulsa-da, odamdan juda ko‘p vaqt va bilim talab qilingan murakkab metoddir.
Bolalar psixologiyasida keng qo‘llanadigan ikkinchi metod - eksperiment metodidir. Eksperiment metodi - kuzatish metodiga nisbatan faol metod hisoblanadi. Agar kuzatish metodida u yoki bu psixik jarayonni qayd qilish uchun psixolog shu psixik jarayonning qachon va qanday sharoitda paydo bo‘lishini poylab yursa, eksperiment metodi esa mutlaqo buning aksidir. Eksperiment metodida u yoki bu psixik jarayon yuzaga keladigan sharoitni tekshiruvchi psixologning, ya’ni ekperimentatorning o‘zi tashkil qiladi. Bunda eksperimentator o‘rganayotgan psixik jarayonlarni bolalarda bir necha marta yuzaga keltirib o‘rganadi. Biz umumiy psixologiyadan bilamizki, eksperiment metodi 2 xil bo‘ladi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment. Bolalar psixologiyasida eksperimentning har ikkala turidan keng foydalaniladi. Birok, bu metodlardan bolalar psixologiyasida foydalanishning o‘ziga xos tomoni shundaki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar laboratoriya shaoitida o‘tkaziladigan eksperimentlar bilan tabiiy sharoitda o‘tkaziladigan eksperimentning unchalik farqiga bormaydilar.
Har ikkala holda ham tajribalar vazifa tarzida emas, balki o‘yin tarzida o‘tkazilsa natija yaxshi chiqadi. Masalan: kichik va o‘rta guruh yoshidagi bolalarga biri ikkinchisidan bir oz uzunroq bo‘lgan tayoqcha ko‘rsatilib, ulardan qaysi biri uzunroq ekanligini so‘ralsa, bolalar hech e’tibor bermay, tasodifan bittasini ko‘rsataveradilar. Agar bunday farqlash ularning o‘yinlariga aylantirilsa, bolalar darhol e’tibor bilan qaraydilar. Chunonchi, uzunroq tayoqchani harakat qilib, o‘yinga tushadigan ayiqcha yoki kuchukchaning mexanizmiga tirab qo‘yilsa, qisqarok tayoqchani uzunrok tayoqchaning oldiga tashlab, bolalarga uzunroq tayoqchani topsangiz ayiqcha o‘yinga tushadi, deyilsa diqqat-e’tibor bilan qarab uzun tayoqchani topadilar. Eksperiment metodidan guruhlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulot paytida keng foydalanish mumkin. Masalan, turli yoshdagi bog‘cha bolalari bilan o‘tkaziladigan didaktik mashg‘ulotlarda tabiiy eksperiment metodini qo‘llash mumkin. Bunda bolalarga har-xil hayvonlar (ot, sigir, qo‘y, echki, tuya kabi), parrandalar (kaptar, xo‘roz, tovuq, qarg‘a, zag‘izg‘on, ukki, kurka), mevalar (gilos, olcha, olxo‘ri, olma, nok, bexi) kabi, sabzavotlar (piyoz, sholg‘om, sabzi, kartoshka, karam, qovoq, sarimsoq, piyoz kabi) tasvirlangan rasmli kartochkalarni aralash holda berib, ularni guruhlarga ajratishlarida ularni umumlashtirish xususiyatlarini o‘rganish mumkin. Odatda, guruh sharoitida o‘tkaziladigan bunday eksperimentni tabiiy eksperiment deb yuritiladi. Laboratoriya va tabiiy eksperimentlardan tashqari bolalar psixologiyasida tarkib toptiruvchi eksperiment ham keng qo‘llaniladi. Tarkib toptiruvchi eksperimentni mohiyati shundan iboratki, bunda bolalarga u yoki bu psixologik xususiyat tarkib toptiriladi va mustahkamlanadi. Masalan, bog‘cha yoshidagi bolalar ayni bir vaqtning o‘zida butunni va uning qismlarini to‘la idrok qilolmaydilar. Ular o‘z diqqatlarini bir butun narsaning o‘ziga yoki uning bo‘laklariga qarata oladilar. Ular bir butun narsaning ayrim qismlardan tarkib topganligini tasavvur qila olmaydilar. Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali bolalar bir butun narsani uning qismlari bilan bir paytda idrok qilishga undaydilar. Buning uchun bolalarga bir butun narsaning bo‘laklarini yenglarida birlashtirib, butun narsani obrazlarini yarata olish mashqini qildiradi. Bunday eksperiment o‘tkazishda turli geometrik figuralar va ularning bo‘laklaridan foydalanish mumkin (doira, kvadrat, kub, romb va b). Tarkib toptiruvchi eksperiment metodini pedagogik eksperiment metodidan farqlash kerak. Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali turli yoshdagi bolalarni u yoki bu narsalarni to‘g‘ri idrok qila olishga o‘rgatilsa, pedagogik eksperiment orqali esa biror ta’lim-tarbiya metodining samaradorligi aniqlanadi. Masalan, biror tadqiqotchi bolalar son-sanoqni o‘rgatishning qandaydir metodini ishlab chiqqan bo‘lsa, uni pedagogik eksperiment orqali sinab ko‘rish mumkin.
Buning uchun oldindan bog‘cha ma’muriyati bilan kelishib bitta eksperimental va bitta nazorat guruhni belgilab oladi. Shundan so‘ng tadqiqotchi eksperimental guruhda yangi metod bilan elementar (sodda) matematik tasavvurlarni o‘stirish mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Nazorat guruhda esa bu mashg‘ulotlar odatdagi eskicha metod bilan davom ettirilaveradi. Birikki oydan so‘ng har ikkala guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlari taqqoslab ko‘riladi. Agarda eksperimental guruh bolalarning yangicha metod bilan o‘zlashtirishlari nazorat guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlaridan ancha samarali bo‘lib chiqsa, bu metod boshqa hamma bolalarga tarqatiladi. Bordi-yu natija nazorat guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlaridan yomon, ya’ni past chiqsa, yangicha metod (usul) bilan mashg‘ulot o‘tkazish darhol to‘xtatiladi. Kuzatish va eksperiment asosiy metodlar hisoblanadi, lekin bulardan tashqari bir qator yordamchi metodlar ham mavjud. Masalan: faoliyat mahsulini o‘rganish metodi, sotsiometrik va test metodlari. Faoliyat mahsulotlarini o‘rganish metodi haqida gap borar ekan, shuni aytish kerakki, bolalar ham xuddi katta odamlar singari doim ma’lum faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Katta odamlar boshqa odamlar uchun kerak bo‘ladigan ijtimoiy foydali narsalar ishlab chiqarish faoliyati bilan band bo‘lsalar, bolalar o‘z faoliyatlarida deyarli ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanmaydilar. Bog‘cha yoshidan bolalarning faoliyatlari - o‘yin, rasm chizish, plastilin yoki loydan biror narsa yasash, applikatsiya, qurish-yasash va shu kabilardan iborat bo‘lishi mumkin. Bolalar odatda, katta kishilarning topshiriq va takliflari bilan ma’lum faoliyatga kirishadilar. Ayrim xollardagina bolalarning o‘zlari mustaqil ravishda u yoki bu faoliyatni bajaradilar. Har ikki holatda ham bolalar faoliyati ma’lum natijaga ega bo‘ladi. Ko‘pincha bolalar faoliyatining mahsuloti ular chizgan rasmlarga, loy yoki plastilindan yasalgan narsaga qarab o‘rganiladi. Ko‘pincha bolalarning chizgan rasmlarida ular idrokining xususiyatlari va ongida yuzaga kelayotgan turli tasavvurlar hamda atroflaridagi narsa va hodisalarga bo‘lgan munosabatlarida o‘z ifodasini topadi. Ana shu jihatdan bolalarning chizgan rasmlaridan faoliyat mahsulotini o‘rganish sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Turli yoshdagi bolalarning ishlagan rasmlarini analiz qilish orqali ularning ayni paytdagi ehtiyojlarini, mayl-istaklari, qiziqishlari, qobiliyati va layoqatlarini o‘rganish mumkin. Shu sababli, bu metoddan ham bolalar psixologiyasida keng foydalaniladi.
So‘rash – suhbat metodidan bolalar psixologiyasida ancha cheklangan holda foydalaniladi. Bu metodni bog‘cha yoshidagi bolalarga nisbatan deyarli qo‘llab bo‘lmaydi, chunki bu yoshdagi bolalarda turmush tajribasi juda kam, tafakkurlari hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Shu sababli kichik yoshdagi bolalar kattalarning bergan savollariga o‘ylamay-netmay javob qaytaraveradilar. So‘rash metodidan foydalanilganda odatda juda sodda ishlangan ayiqchalar, uzoq va yaqin qilib ishlangan uylar va daraxtlar va h.k. Bolalardan qaysi ayiq katta, qaysi ayiqcha kichik yoki qaysi uy uzoq, qaysi uy yaqin deb so‘raladi.
Besh-olti yoshli bolalarga nisbatan suhbat metodini qo‘llash mumkin. Bunda bolalar bilan o‘tkaziladigan suhbatning mavzusi va suhbat paytida bolalarga beriladigan savollar oldindan yaxshilab o‘ylab olinadi. Tayyorgarsizlik to‘satdan o‘tkazilgan suhbatdan yaxshi natija chiqmaydi. Suhbat metodi orqali bog‘cha yoshidagi katta bolalarning bilimlarini, narsa va hodisalar xaqidagi tasavvurlarni aniqlash va tevarak-atrofdagi odamlar hamda turli narsalarga bo‘lgan munosabatlarini o‘rganish mumkin.
Bolalar psixologiyasida so‘nggi yillarda qo‘llana boshlagan metodlardan biri test metodidir. Test so‘zi - inglizcha so‘z bo‘lib, u o‘lchash degan ma’noni bildiradi. Test metodi orqali bolalarning umumiy aqliy taraqqiyot darajalari va ayrim psixik jarayonlarning (tafakkur, xayol, xotira kabi) qanchalik rivojlanganlik darajasi aniqlab, taqqoslanadi. Test metodi yordamida bolalarning o‘z yoshlariga nisbatan normal taraqqiy etganliklari yoki orqada qolganliklarini ham aniqlash mumkin. Masalan, test metodidan bolalarga topshiriladigan vazifalari bir necha variantda bo‘lib, ular kuchlari yetgan variandagi vazifalarni bajaradilar. Har bir bajariladigan vazifaga ball sistemasida baho qo‘yib boriladi. Vazifalardan qanchasi bajarilganligi va to‘plagan baliga qarab, bolalarning o‘rtacha taraqqiyoti belgilab beriladi. Qo‘llaniladigan testlar orasida bolalarning umumiy aqliy darajasiga qaratilgan va intellektual testlar deb ataladigan testlar ma’lum bo‘lmagan vazifalardan tuzilgan bo‘lib, bolalardan butun aqliy imkoniyatlarni ishga solishga to‘g‘ri keladi. Bolalarning aqliy taraqqiyot darajalarini ilmiy ravishda aniqlash oson ish emas. Intellektual testlarda bolalarga beriladigan vazifalar ularning umumiy aqliy taraqqiyotlarini ifodalovchi eng muhim xususiyatlarini ro‘yobga chiqaradigan qilib tuzilishi kerak. Agarda intellektual testlarda beriladigan vazifalar bolalarning yosh xususiyatlari va aniq taraqqiyot darajalariga to‘g‘ri kelmasa, bolalarning aqliy taraqqiyotlari haqida mutlaqo yangicha xulosaga kelish mumkin. Bog‘cha yoshidagi bolalarga nisbatan qanday intellektual testlardan foydalanish mumkin? Bunday testlar xilma-xil bo‘lishi mumkin. Agar test vazifalari bolalarning o‘yin faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lsa, bolalar bunday vazifalarni bajonidil bajaradilar. Masalan, biror butun narsaning mayda bo‘laklarga ajratib tashlagan qismlarini birlashtirib, mayda bo‘laklardan murakkab va chiroyli applikatsiyalar yasay olish, turli labirintli rasmlardan epchillik bilan turli vazifalarni topa bilishi kabi testlardan foydalanish mumkin. Bunday intellektual testlar turli yoshdagi bog‘cha bolalarining zehnini, tafakkurini aniqlash imkonini beradi. Shunday qilib, test metodidan bolalar psixologiyasida ma’lum darajada foydalanish mumkin. Nihoyat, bolalar psixologiyasida so‘ngi yillarda qo‘llana boshlagan metodlardan yana biri s o s i o m ye t r i ya metodidir.
Sotsiometrik metod yordamida shaxslarning jamoadagi munosabatlari masalasi o‘rganiladi. Bolalar psixologiyasida esa sotsiometrik metodi yordami bilan har bir guruhda bolalarning o‘z tengqurlari o‘rtasida yuzaga kelayotgan o‘zaro munosabatlari va ularning guruhda tutgan mavqelari o‘rganiladi, bunda bolalarning guruhdagi o‘zaro munosabatlarini quyidagi uslublarda o‘rganish mumkin. Guruhdagi bolalarning har birini yechinish xonasiga chaqirib, unga 4-5 chiroyli qilib ishlangan o‘yinchoq ko‘rsatiladi (masalan mashina, toycha, ayiqcha, quyoncha, to‘pponcha kabi). Ana shu o‘ynchoqlardan bitta o‘zingga yoqqanini tanlab ol va uni guruhdagi eng yaxshi ko‘rgan o‘rtog‘ingni shkafiga solib qo‘y, deyiladi. Bola bir oz o‘ylanib turgach, yaxshi ko‘rgan bolalardan birining shkafiga o‘yinchoqni qo‘yib qo‘yadi. Guruhdagi hamma bolalar bu vazifani bajarib bo‘lgach, eng ko‘p sovg‘a kimning shkafiga qo‘yilganligi aniqlanadi. Ana shu ma’lumotlar asosida bolalarning guruhdagi o‘zaro munosabatlariga doir sotsiometriya tuziladi. Shkafiga eng ko‘p sovg‘a qo‘yilgan bola guruhning eng sevimli va shkafiga bironta ham sovg‘a qo‘yilmagan bola guruhning inkor qilgan, ya’ni yoqtirmagan odami bo‘lib chiqadi. Shunday qilib, sotsiometrik metodni bog‘cha yoshidagi bolalarga nisbatan ham qo‘llash mumkin. Har bir tarbiyachi o‘z guruhidagi bolalarning jismoniy, aqliy, axloqiy rivojlanish xususiyatlarini, bolalar psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini kuzatib aniqlashi zarur. Shu bilan birgalikda tarbiyachida - bolalarga nisbatan individual munosabatda bo‘lishning to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlarini belgilash maqsadida har bir bolaning individual psixologik xususiyatlarini aniqlashga intilishi lozim.
Tarbiyachi ayni bir vaqtning o‘zida guruhdagi bolalarning xatti-harakatlari va fe’l-atvorlarini o‘rgana olmaydi. Shuning uchun ular diqqat -e’tiborlarini bir necha kun davomida u yoki bu bolaga qaratib, uni har tomonlama chuqurroq o‘rganishga harakat qilishi lozim. Shu narsani esdan chiqarmaslik kerakki, tarbiyachining bolalarni o‘rganishining qat’iy va aniq maqsadi bo‘lishi kerak.
Bolalarning barcha xususiyatlarini birdaniga o‘rganib bo‘lmaydi. Bolalarning ehtiyojlari qiziqishlari, mayl va istaklari, qobiliyatlari, diqqatlari, nutq xamda tafakkurlarining xususiyatlarini birin-ketin shoshmasdan o‘rganish lozim.
Tarbiyachi kundalik ish sharoitida bolalarni o‘rganar ekan, u kuzatish, eksperiment, yordamchi kabi metodlardan foydalanishi mumkin. Bolalar psixikasining taraqqiyotini ilmiy kuzatishga dastlab mashxur tabiatshonoslardan Charl’z Darvin yo’l ochdi.Charl’z Darvin bola psixikasining taraqqiyotini kuzatishga doir o’zining kundalik xotira tipidagi asarini nash etgan edi.Psixikaning eng yuksak bosqichi bo’lmish ong masalasiga kelsak,ong uzoq evolitsion taraqqiyot natijasi sifatida faqat insongagina xosdir.Ong ijtimoiy-tarixiy sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishi hamda til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatda bo’lishi natijasidir.Demak,ongning birinchi xarakteristikasi unig turli bilimlar yig’indisidan iborat ekanligidir.Ongning ikkinchi xarakteristikasi odamning o’z-o’zini anglash protsessida namoyon bo’ldi.Odam tirik mavjudodlar tarixida birinchi bo’lib ob’ektiv olamdan ajralib chiqdi va o’zini tevarak-atrofdagi muhitga qarama-qarshi qilib qo’ydi.Ma’lumki,odam har doim biror bir faoliyatda bo’ladi.Har qanday faoliyatning esa o’z maqsati va motivlari bo’ladi.Faoliyatda kirishishdan oldin maqsad va motivlarni belgilash ongning uchinchi xarakteristikasi hisoblanadi.Bolalar psixologiyasi turli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyot qonuniyatlarini ilmiy ravishda ochib berishi kerak.Bolalar psixologiyasi I.P.Pavlovning oily nerv faoliyati haqidagi ta’limoti asosida turli yoshdagi bolalar psixik proseslari va xususiyatlarining nerv-fiziologik asoslarini o’rganishi kerak.Ana shu asosiy vazifalari bilan bir qatorda bolalar psixologiyasi yana bir necha muxim masalalar bilan xam shug’ullanadi.Masalan,bolalar psixologiyasi-bolalar psixik taraqqiyotiga aktiv ta’sir qiluvchi omillarni aniqlab beradi.Bolalar psixologiyasi bu vazifalarni hal qilar ekan,buning bilan u tarbiyachilarning va ota-onalarning ta’lim-tarbiya yuzasidan olib boradigan ishlarini ilmuy asosda tashkil qilishga yordam beradi.
Bolalar psixologiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Bolalar psixologiyasi bir qancha fanlar bilan uzviy aloqada bo’lib,bu fanlar qo’lga kiritayotgan faktlardan,qonuniyatlar hamda kashfiyotlardan keng foydalanadi.Bolalar psixologiyasi ta’lim-tarbiyaning maqsadi,yo’l-yo’riqlari va vazifalariga doir fikrlarni pedagogika fanidan oladi.Lekin shuning bilan birga bolalar psixologiyasi pedagogika faniga ham yaqindan yordam beradi.Bolalar psixologiyasi bir qator biologic fanlar bilan,birinchi navbatda,bolalar anatomiyasi hamda fiziologiyasi bilan bo’g’liqdir.Bu fanlar bolaning yoshi ulg’ayishi bilan yuzaga keladigan anatomic va fiziologik o’zgarishlar haqida ma’lumot beradi hamda psixik taraqqiyot yo’lini ilmiy tushunishga yordam beradi.Bolalar psixologiyasi bolalar gigienasi,bolalardagi kasalliklarni o’rganuvchi pediatriya va bolalar psixopatalogiyasi bilan ham bog’liqdir.Bu fanlar bolalar psixik tarqaqqiyotining normal borayotganligini chuqurroq bilish va normal taraqqiyotdan burilish sabablarini anglash imkoniyatini beradi.Bolalar psixologiyasi bolalar adabiyoti bilan ham ma’lum darajada aloqadordir. Bolalar psixologiyasi bolalarning shaxsiy xususiyatlarini o’rganishda tushuntirishda bolalar adabiyotidan, xususan, avtobiografik asarlardan keng foydalanadi.
Psixologiya tarixi-bu avvalo insoniyat tomonidan hayvonlarga va insonga xos bo’lgan psixik hayot hodisalari haqidagi bilimlarning asta-sekin to’planib boorish tarixidir.Insonning o’z-o’zi haqidagi bilimlarni to’plab hamda chuqurlashtirib borishidir.Albatta, psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo’nalishlar bo’lishiga qaramasdan,bu fanning predmati,ya’ni hayvon va insonlarga xos bo’lgan psixika,psixik hayot birdaylicha qolaveradi.Tarixiy jihatdan psixologiyaning o’rganish predmeti emas,balki shu predmetni tushunish,psixik hayot mohiyatini tushunish o’zgarib keldi.
Psixologiya predmetini tushunishdagi muhim o’zgarishlar,yangi psixologik tekshirish metodlarining yaratilishi hamda ularning keng tatbiq qilinishi,ilmiy-falsafiy tafakkurning umumiy yo’nalishi psixologiya fanining tarixiy taraqqiyotidagi xususiyatlarni belgilab berdi.

Bolalarning yoshoga muvofiq rivojlanishini o’rganish ishlarida psixologlar oldida bolalar psixikasining rivojlanishini tekshirish metodlarini,ularning yoshiga xos xususiyatlarini aniqlash metodlarini ishlab chiqishdek yana muhim bir vazifa turadi. Har bir fanda o’z predmetining mazmuniga qarab,bir qancha metodlar qo’llaniladi.Zarur bo’lgan faktlarni qidirish,ularning sodir bo’lish sabablarini aniqlash va isbotlash ilmiy tekshirish metodlari vositasida bajariladi.Bu narsani ta’kidlab o’tish kerakki,barcha fanlarning yagona metodi dialektik materialism metodologiyasidir.Barcha fanlarning xususiy metodlari shu metodologiyaga asoslanadi.


Bolalar psixik hayotiga oid qonuniyatlarni o’rganuvchi bolalar psixologiyasi ham dialektik materialism metodologiyasiga asoslanadi va boshqa hodisalarga nisbatan o’rganilishi ancha qiyin bo’lgan nozik psixologik hodisalarning asli mohiyatiga ilmiy asosda bilib olishi mumkin bo’lgan bir narsa deb qaraydi.Dialektik materializm prinsiplariga asoslangan bolalar psixologiyasi murakkab aks ettirishdan iborat bo’lgan sub’ektiv hodisalarni ularning ob’ektiv sabablari bilan birgalikda,ya’ni tirik materiyaning eng murakkab turi bo’lgan miyadagi fiziologik proseslar hamda kishining butun psixikasi,ongida aks etadigan jamiyatning moddiy negizi,undagi konkret ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan birgalikda o’rganadi.Bolalar psixologiyasi murakkab psixik taraqqiyot qonuniyatlarini o’rganishda determinism,ya’ni narsa va hodisalarning sababiy bog’liqligi prinsipiga asoslanadi.
Ma’lumki,bolalar psixologiyasi va pedagogic psixologiya umumiy psixologiyaning asosiy metodlaridan foydalanadi.Umumiy psixologiyaning asosiy metodlari kuzatish va eksperiment metodlardir.Bulardan tashqari,bir qancha yordamchi metodlar ham bor(suhbat metodi.faoliyat mahsullarini o’rganish metodi,anketa metodi va boshqalar).
Modellashtirish metodi. Model o’rganilayotgan biron psixik hodisalarning yasama andozasi hisoblanadi.Boshqa metodlardan modellashtirish metodining farqi shundaki,bu metod yordamida ayrim psixik proseslar bevosita emas,balki bavosita ya’ni model yoki vosita bilan o’rganiladi.Biroq psixik prosesning (ko’rsh,eshitish,taktil sezgilari kabi) modelini yuzaga keltirish uchun shu psixik proses haqida chuqur va to’la bilimlarga ega bo’lish talab qilinadi.Shuning uchun modelning mukammal va adekvat (ya’ni o’rganolayotgan ob’ektga nihoyatda o’xshash) bo’lishi ko’p jihatdan o’rganilayotgan psixik proses haqidagi bilimlar darajasiga bog’liqdir.


Foydalanilgan adabiyotlar:


    1. Nishonova Z.T., Alimova G.K. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostiasi T.: TDPU 2017 – 264 b.

    2. G‘oziyev E. Ontogenez psixologiyasi Nazariy- eksperimental tahlil T.: Noshir 2010. – 356 b.

    3. Do‘stmuhamedova Sh.A., Nishonova Z.T.va boshqalar Yosh davrlari va pedagogik psixologiya T.: Fan va texnologiyalar 2013 – 343 b.

    4. Shapovalenko I.V. Vozrastnaya psixologiya (Psixologiya razvitiya i vozrastnaya psixologiya): uchebnik dlya studentov vuzov. – M.: Gardariki, 2007. –349 s.

Download 32.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling