Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda maktabgacha ta'lim tashkiloti va oila hamkorligi
Download 28.47 Kb.
|
1 2
Bog'liqДокумент (1)
Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda maktabgacha ta'lim tashkiloti va oila hamkorligi Oila tushunchasi. Iqtisodiy sohadagiga qaraganda, yangi munosabat, yangi axloq me’yorlari oilada sekin sur’atlarda amalga oshadi. Oilaviy o‘zgarishlarning amalga oshishida biologik, psixologik, demografik omillar ham ishtirok etadi. Olimlarning fikricha, odamlar hayotining birdan-bir to‘g‘ri yo‘li oilaviy hayotdir. Binobarin, oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi. Shuningdek, oila muhim tarbiya o‘chog‘i hamdir.Oilada bolalar tarbiyasida ota-bobolar, momolardan qolgan, ming yillar mobaynida hayot sinovlaridan o‘tgan yaxshi udum, odatlar mavjud. Oila – nikohga yoki a’zolarining ijtimoiy turmush tarzi, o‘zaroaxloqiy javobgarligi va o‘zaro yordamiga asoslangan qonqarindoshlarning kichik guruhi. Insonparvar demokratik huquqiydavlatda mavjud bo‘lgan oilaga quyidagicha ta’rif mavjud: «Oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, yuridik ma’noda nikoh, qarindoshlik, farzandlikka olish yoki boshqa shakllarda bolalarni doimiy tarbiyaga olishdan kelib chiqadigan tegishli huquq va majburiyatlar bilan bog‘langan shaxslar doirasidan iborat bo‘lgan milliy mustaqillik mafkurasiga, umuminsoniy qadriyatlar va sharqona an’analargaasoslangan oilaviy munosabatlarni rivojlantirib, uni mustahkamlashga qaratilgan fuqarolar ittifoqidan iboratdir». Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, u nikoh va qon-qarindoshlikka asoslanishi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega, shuningdek, jamiyat va davlat oilani, otalik, onalik va bolalikni himoya qiladi va oilaviy munosabatlarga umuminsoniy va milliy qadriyatlar joriy etilishini ta’minlaydi. Psixolog olimlar oilani kichik bir ijtimoiy guruh sifatida ta’riflaydi. Oilani tashkil etuvchi ushbu guruh nikoh orqali hamda yaqin urug‘chilik rishtalari bilan bir-biriga bog‘langan bo‘lib, ular o‘rtasidagi munosabatlarga xos bo‘lgan muhim jihatlar – o‘zaro mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik, mas’uliyatlilik va, albatta, hayot, turmush tarzidagi umumiylikdir. Oila hayoti mazmunidan kelib chiqqan holda, ko‘p tomonlama munosabatlar bilan tav-siflanadi. Shunga ko‘ra, oilaviymunosabatlar quyidagi shakllarga ega: ijtimoiy-biologik, xo‘jalikiqtisodiy, axloqiy, psixologik, iqtisodiy munosabatlar. Iqtisodiy sohadagiga qaraganda, yangi munosabat, yangi axloq me’yorlari oilada sekin sur’atlarda amalga oshadi. Oilaviy o‘zgarishlarning amalga oshishida biologik, psixologik, demografik omillar ham ishtirok etadi. Olimlarning fikricha, odamlar hayotining birdan-bir to‘g‘ri yo‘li oilaviy hayotdir. Binobarin, oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi. Shuningdek, oila muhim tarbiya o‘chog‘i hamdir. Oilada bolalar tarbiyasida ota-bobolar, momolardan qolgan, ming yillar mobaynida hayot sinovlaridan o‘tgan yaxshi udum, odatlar mavjud. M.Inomova oilaning quyidagi jihatlarini alohida ajratib ko‘rsatgan: -birinchidan, oila o‘ziga xos va takrorlanmas ta’sirga ega; -ikkinchidan, oila bola uchun o‘ziga xos “ko‘zgu” bo‘lib, otaonaning namunasi, ibrati bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi; -uchinchidan, oila o‘ziga xos hissiyotlar olamidan iborat bo‘lib, unda ijobiy va ba’zan salbiy his-tuyg‘ular jamuljam bo‘ladi; -to‘rtinchidan, oila sharoitida bolalarda o‘zgalarga nisbatan hamdardlik tuyg‘ulari ham tarbiyalanadi; -beshinchidan, oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning muhim omili sanaladi; -oltinchidan, oila – er-xotinlik, ota-onalik vazifalarini aks ettiradi. Ota- onaning bir-biriga bo‘lgan muhabbati bolaga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy tarbiyaviy omillardan biriga aylanishi mumkin.Oila rivojining har bir bosqichida bir funksiyasining tugashi, boshqa-sining paydo bo‘lishi, oila a’zolari ijtimoiy faoliyatining o‘sib borish ko‘lami va tavsifi bilan bog‘liq. V.A.Slastenin, I.F.Isayev, E.N.Isayevlarning fikricha, oila jamiyat va odamlarga munosabati bo‘yicha muhim ijtimoiy ahamiyatga ega funksiyalarni bajaradi. Download 28.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling