Bolalarni poliz ekinlarini parvarishlashda mehnat qurollaridan foydalanishga o`rgatish


Download 25.3 Kb.
Sana14.07.2023
Hajmi25.3 Kb.
#1660284

9-mavzu. Yer maydonchalarida bolalar mehnatini tashkil qilish
1.Kirish
2.Bolalarni poliz ekinlarini parvarishlashda mehnat qurollaridan foydalanishga o`rgatish .
3.Poliz ekinlarining urug‘ va mevalari bilan tanishtirish.
5. Gullarni parvarish qilishga o‘rgatish.
6.Xulosa
Bolalarni poliz ekinlarini parvarishlashda mehnat qurollaridan foydalanishga o`rgatish

Yer maydonchasini shunday tashkil qilish kerakki, bolalarning kuzatishlari va parvarish qilishlari oson bo’lsin. Shuning uchun turli yosh guruh bolalari maydonchalari oldida gulzorlar, mevali va manzarali daraxtlar, sabzavot ekinlari ekilishi kerak, o’tzor bo’lsa yana ham yaxshi bo’ladi. Yer maydonchasini to’g’ri tashkil etish tarbiyachidan yuksak mahorat talab qiladi. Har bir guruh bolalari bir biridan jonli devor bilan ajratib qo’yiladi. Bu yer maydonchasini bezaydi, shamoldan, changdan va tashqaridan keladigan shovqindan bolalarni asraydi. Bularga shox devorlar yaxshi natija beradi. Daraxt va butalarni o’stirib yetishtirish uchun bir necha yil kerak bo’ladi. Bu bolalarni uzoq muddatli kuzatishga o’rgatib boradi. Yer maydonchasini chiroyli qilib bezatish uchun o’simliklarni to’g’ri tanlash, manzarali o’simliklardan o’tqazish va undan estetik zavq olishni o’rgatish kerak bo’ladi. Mevali daraxtlardan zarar keltirmaydiganlari o’stirib yetishtiriladi. Bularga olma, nok, olcha, olxo’ri daraxtlari misol bo’ladi. Yer maydonchasining atrofi past, chiroyli o’simliklar bilan o’raladi. Bularga navro’zgul, kapalakgul, yer tuti, past bo’yli astra kiradi. Ular yer maydonchasini bezatib turadi va shamoldan, changdan, shovqindan asraydi. Yer maydonchasida daraxt va butalarni o’stirish uchun bir necha yil kerak bo’ladi. Ular bolalarga estetik zavq, soyasalqin berib turadi. Ayrim hollarda daraxtlar binoga keragidan ortiq soya solib, zax qilsa yoki kasallikka chalinsagina olib tashlanadi. Ekinzorlarga shunday joy tanlash kerakki, u shimol tomondan o’ralgan bo’lishi kerak bo’ladi. Yer maydonchasi yo’lkasining kengligi 1-2 metr bo’lishi kerak, bu o’simliklarni bosib ketishdan saqlaydi. Gullar uchun ariqchalarning orasi 50-60 sm bo’lishi kerak. Yer maydonchasida mehnat qilish uchun lopatkachalar temirining qalinligi 1-2 mm, chelakcha yoki chilopchinlar, cho’nqirroq va ichki, ustki tomonlari kraska bilan bo’yalgan, axlatlarni tashishga esa kichkinagina doskacha yoki chelakcha bo’lishi kerak.


Barcha ishlar qilib bo’linganidan so’ng mehnat qurollarini yaxshilab yuvib, quritib, joyiga osib qo’yish zarur. MTTva oilada bolalarning boshlang’ich mehnat malakalarini hosil qilish tarbiyachi va ota-onalar zimmasiga yuklatiladi. Bunday malakalarni yer maydonchasidagi va tabiat burchagidagi mehnat vaqtida amalga oshirish mumkin. Yer maydonchasida tashkil etilgan mehnat katta ta’lim tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bolalarning yoshiga mos tashkil etilgan jismoniy mehnat bolalar organizmining umumiy rivojlanishiga foydali ta’sir qiladi. Yer maydonchasida o’simliklarni o’stirish uchun yerni tayyorlash bog’cha xizmatchilariga va ota-onalar zimmasiga yuklatiladi, ular sabzavot ekinlari va gulzor qilish uchun yerni chopib egat olib beradilar. Bolalar esa maydonchani tozalashda va o’simliklarni ekib o’stirish ishlarida ishtirok etadilar. Maydonchani tozalash vaqtida kichik guruh bolalari mayda toshlarni, to’kilgan barglarni terib, chelakka tashlaydilar, tarbiyachi yordamida piyoz o’tkazadilar, yirik urug’larni ekadilar, suv quyadilar hamda hosilni yig’ib olishda ishtirok etadilar. O’rta, katta, tayyorlov guruhlarda bolalar ancha faol qatnashishlari mumkin. Ular xaskashlar bilan axlatlarni hamda to’kilgan barglarni sidiradilar va chelaklarga solishda tarbiyachiga yordam beradilar. Bolalar tarbiyachi yordamida no’xat, loviya, lavlagi, bodring va boshqa o’simliklarning yirik urug’larini ekadilar. Gulpushta va egatlarni sug’oradilar, yerni yumshatadilar, pishib yetilgan sabzavotlarni yig’ishtirishda ishtirok etadilar. «Ilk qadam » davlat o`quv dasturi asosida har bir guruhda bolalarni o’simliklar dunyosi bilan tanishtiriladi. Kichik guruhda sabzavot (sabzi, piyoz, karam, pomidor, bodring) va mevalar (olma, uzum, o’rik, olcha va gilos) nomi, ta’mi, rangi va shaklini bilishga, ularni o’zaro farqlashga o’rgatiladi. O’rta guruhda sabzavotlar (baqlajon, karam, sholg’om, turp, piyoz) va mevalar (anor, anjir, behi, uzum, o’rik) bilan tanishtirish davom ettiriladi. Bolalarni sabzavot va mevalarning nomlari, rangi, shakli, ta’mi, ovqatga ishlatilishining (xomligicha, pishirilgan, tuzlangan va quritilgan holda) xarakterli belgilari, sabzavotlar, polizda va daraxtda o’sadigan mevalar bilan tanishtiriladi. Bolalarga sabzavotlar har yili ekilishini, mevalar esa ko’p yillik o’simlik hisoblanishi haqida qisqacha tushuncha beriladi.
O’zbekistonda qovun va tarvuz mevalarining pishib yetilishi ularning navlariga qarab iyul oyining o’rtasidan to kuz boshlanib birinchi sovuq tushgancha davom etadi. Tarvuz va qovoq sentabr, oktabr oylarida pishib yetiladi.
Pishib yetilgan qovun yuzasidagi turli tartibdagi va turdagi tekis va uzuq-yuluq chiziq va dog’lar po’stining rangidan aniq ajraladi. Ayrim navlarda meva yuzasi mayda quyuq kulrang to’r bilan qoplanadi. Qovunlar pishganda paykal bo’ylab xushbo’y hid taraladi. Xandalaklar va eti yumshoq qovunlar pishib yetilganda meva bandlari mevalaridan o’z-o’zidan ajrab ketadi yoki juda oson uziladi.
Qovoq mevalarining pishib yetilishi ularning turlariga qarab har xil bo’ladi. Masalan, yirik mevali qovoq (C. maxima) mevasi pishib yetilganda meva bandi po’kaklashadi, qattiq po’stli qovoq mevalari (C. repo) pishib yetilganda po’stning rangi qo’ng’ir qizg’ish, sariq ranglarga aylanadi. Muskat qovoqlari (C. moshata) mevalari pishib yetilganda esa, meva po’sti bir oz yumshaydi.
2. Ekinlarni yetishtirish maqsadiga qarab poliz ekinlari mevalari pishib yetilishi turlicha bo’lgan darajada yig’ib olinadi. Masalan, poliz mevalarini uzoq masofalarga jo’natish maqsadida ekilgan bo’lsa, mevalar to’liq pishib yetilishidan 10-15 kun oldin uziladi. Joylarda iste’mol qilish uchun ekilgan bo’lsa, mevalar to’liq pishib yetilgach uziladi.Qishki qovun va tarvuz navlari mevalari texnik pishib yetilish davrida, ya’ni iste’mol qilish uchun mumkin bo’lgan davrda, qovoq va xashaki tarvuz mevalari esa, biologik pishib yetilgan davrida yig’ib olinadi. Poliz ekinlari mevalari pishib yetilishiga qarab bir necha marotaba (4-6 marta) yig’ib olinadi. Kunlar sovib ketishiga yaqin mevalar bir yo’la hammasi yig’ib olinadi. Birinchi pishib yetilgan mevalarni o’z vaqtida terib olish o’simlik palagidagi qolgan meva va tuganaklarni tezroq pishib yetilishiga imkon yaratadi, hosildorlikni birmuncha oshiradi.

Sug’oriladigan yerlarda qovun va tarvuz mevalarini yig’ib olishdan 10-15 kun oldin oxirgi marta sug’oriladi. Bu esa mevalarni shirin bo’lishiga va qishda yaxshi saqlanishiga sabab bo’ladi va uzoq masofalarga olib borishda isrofgarchilikni kamaytiradi.


3. Yig’ib olingan poliz ekinlari mevalarini yaqin va uzoq masofalarga olib borishda alohida sharoitlar kerak bo’ladi. Yaqin masofalarga asosan ertapishar va uzoq saqlanmaydigan navlar jo’natiladi. Uzoq masofalarga jo’natiladigan navlar yaxshi saqlanish xususiyatiga ega bo’lgan, mexanik turtkilarga chidamli bo’lishi kerak.
Uzoq masofalarga yuboriladigan poliz mevalari imkoniyat boricha meva bandi bilan birga uzilishi kerak. Uzilgan mevalar 2-4 kun to’plam-to’plam holatda biroz so’lishi uchun dalada qoldiriladi, so’ngra transportga ortiladi. Bu mevalarning yorilib ketishidan saqlaydi. Pishib o’tib ketgan mevalar uzoq masofalarga yuborilmaydi. Qovun mevalarini uzoq masofalarga yuborish uchun to’la pishib yetilmasdan uzib olish kerak, chunki qovun mevalari uzib olingandan so’ng ham pishib yetilish qobiliyatiga ega.
4. Poliz mevalarining yaxshi saqlanishi meva etining kimyoviy birikmalariga va yana boshqa omillarga bog’liq. Meva etining tarkibida pektin moddasi ko’p bo’lib, eti tig’iz bo’lsa, bunday mevalar uzoq muddat saqlanadi.Tarvuz mevalari 3-5 oy, qovun mevalari 5-6 oy va qovoq mevalari bir yilgacha buzilmay saqlanish xususiyatiga ega. Ertapishar navlar uzoq muddat saqlanish xususiyatiga ega bo’lmaganligidan, saqlash uchun o’rtangi va kechpishar navlar tanlanadi. Poliz mevalari uzoq muddat ta’m sifati buzilmay yaxshi saqlanadigan mevalar hisoblanadi. Saqlanish jarayonida me-valarda biokimyoviy o’zgarishlar sodir bo’lib, bu holat ayniqsa qovunda meva ta’mini yanada yaxshilaydi, qand miqdori ko’payib, meva eti yumshaydi.

Poliz mevalarini maxsus sabzavot saqlanadigan omborxonalarda, turli tuzilishdagi usti yopiq xonalarda (erto’la, boloxona, maxsus hujralar) saqlash tarvuzlarni uzoq muddatga saqlash deyiladi. Bunday joylarda mevalar poxol yoki qipiq, qum yoki somon to’shalgan uch to’rt qavatli so’rilarda saqlanadi. So’rilar oralig’i 40-50 sm bo’lib, balandligi 1 m bo’ladi. Bunday so’rilarga mevalar bir qator qilib joylashtiriladi.Omborxonalarda havo harorati 1-3 daraja, nisbiy namligi 80-85 % bo’lishi kerak. Qadimdan qovunlarni eng yaxshi saqlash usuli har birini alohida osib qo’yib saqlash hisoblangan. Hozirgi vaqtda bunday usul faqatgina shaxsiy xo’jaliklarda qo’llaniladi. Ko’p miqdordagi qovunlar qalin devorli, shamol kirib turishi uchun tuynukchalari bo’lgan qovunxonalarda saqlanib, bu yerdagi harorat kuzda 10-15 daraja, qish oylarida esa 4-7 darajani tashkil etishi kerak. So’nggi yillarda qovunlarni qishda saqlash uchun maxsus sovutgichli xonalar qurilmoqda. Bu yerlarda qovunlar to’r xaltalarga yoki yashiklarga uncha qalin qilmay joylanadi. Harorat 0-2 daraja bo’lib, havo namligi 80-85 % ni tashkil etsa, bunday joylarda qovunlar yaxshi saqlanadi. Yuqorida aytilgan qovunxonalar yoki omborlar yo’q bo’lgan taqdirda qovunlarni maxsus xandaqlarda saqlash kerak. Bunday xandaqlar qiyalik, nam kam to’planadigan joylarda eni 2-4, uzunligi 6-10 metr qilib qaziladi. Chuqurligi 1-1,5 m bo’lishi kerak. Qovunlar xandaqlarga 7-8 qator joylanib, ustiga 10-20 sm tuproq tashlanadi, so’ngra o’simlik qoldiqlari bilan berkitiladi. Havo almashib turishi uchun trubalar o’rnatiladi.


Poliz ekinlari ichida qovoq juda uzoq saqlanish xususiyatiga ega. Qovoqlarni hamma yerda: omborxonalarda, shiyponlarda, yerto’la va boloxonalarda saqlash mumkin. O’simliklar dunyosi. Bolalarni yangi hona o’simliklari bilan tanishtirish. Ularning xususiyatlari: shakli, hajmi, poyasi, barglar, gulining’ rangini ajratish va xarakterlashga o’rgatish. O’simliklariing yorug’likka, issiqlikka, namga, oziklantiruvchi tuprokka ehtiyojlari haqidagi tasavvurni shakllantirish. Bolalarni yerug’likni sevuvchi va salqinga chidamli, suvni sevuvchi va suvsizlikka bardosh beruvchi o’simliklarning tashqi tuzilishiga qarab farqlashga o’rgatish. Sabzavotlarning (8-9 xili), meva (5 xili)larning va sitrus o’simlik (3-4 xili)larning shakli, rangi, hajmi, ta’mi, ozikovkat sifatida qo’llanilishi, belgilrg’a qarab qiyoslash va xarakterlay olish ko’nikmasini shakllantirish, umumlashtirilgan (sabzavotlar, mevalar, gullar) so’zlarni ko’llashga o’rgatish Bolalarda tabiatdagi go’zallikdan zavq olishni tarbiyalashni davom ettirish. Ular ongiga tabiatga zarar yetkazmaslik, ekologiyani zararlamaslik (tevarakatrofni iflos qilmaslik, o’to’lanlarni bosmaslik, daraxt shoxlarini sindirmaslik, hayvon va kushlarga ozor bermaslik. uyalarini buzmaslik, gullarni yulmaslik, bu ning oqibatida gullar, kapalaklar yo’q bo’lib ketishi, chumolilarning inini buzmaslik va h.k.)ni bolalar ongig a singdirish. Bolalarning hovlidag’i barcha o’simliklar va xonaki(kishda vaktincha utkazilgan) o’simliklarning yorug’likka, issiqlikka, suvga, (ozuqa) tuproqqa bo’lgan ehtiyojlari haqidagi tasavvurlarini aniqlash. O’simliklarning o’sish va usmasligi shart-sharoitlarining’ mavjudligi va ularning turlicha talablarga bog’liqligini belgilashga o’rgatish. Usimliklarning’ o’sishi uchun havo, suv, quyosh, ozuqali tuproq zarurligini amaliy1iy ishlarorkali tanishtirish. Bolalarning o’simliklarni turli yo’l bilan ko’paytirish haqidagi bilimlarini kengaytirish. O’simliklar qalamchasidan, piyozidan, butasini ajratib ekishdan . nishi mumkinligini xonaki o’simliklar misolida ko’rsatish. O’simlikning U ishi uchun yorug’lik, suv, issiqlik, ozuqali tuproq zarur ekanligi to’g’risidagi bilimlarini tajriba, amaliy mashg’ulotlar orqali takomillashtirish.


Bahor haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bolalarni ularning rangi, shakli gullari, yaproqlarining xajmi. Belgilariga qarab qiyoslash asosida xarakterlashga o’rgatish.
Erta gullaydigan o`tsimon, butasimon o’simliklar va daraxtlar bilan
tanishtirishni davom ettirish. Ba’zi daraxtlar(o’rik, bodom) avval gullab, so’ng barg chiqarishi, ba’zilari esa barg chiqarib(olma,behi) so’ng gullashini tushuntirish. Bolalar bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotsi hovlisida daraxt va gul ko’chatlarini ekish, tagini yumshatish va sug’orishga o’rgatish. Qurigan
shox- shabbalarni qirqish, ko’milgan gul, tok va anor ko’chatlarini ochish va ularni parvarish qilish ko’nikmasini hosil qilish.
Bog’, poliz va gulxonada sabzavot va gul ekinlari yetishtirish xaqidagi bolalar tasavvurlarini boyitish. O’simliklarning ayrim turlari misolida bolalar ularning urug`dan ko’karib, to urug`bergunigacha bo’lgan o’sish va rivojlanish davrining izchilligini. Unib chiqishi uchun zarur bo’lgan shart- sharoitlarni, ularni parvarishlash usullarini bolalar ongiga singdirish, amalda kuzatish ishlarini olib borish. sharoitlarni, ularni parvarishlash usullarini bolalar ongiga singdirish,
amalda kuzatish ishlarini olib borish.
Yovvoyi o’simliklar urug’ini to’kib ko’payishi va madaniy o’simliklarni inson tomonidan
yetishtirilishi, madaniy va yovvoyi o’simliklarning inson hayotidagi | ahamiyati, barcha
o’simliklarni extiyet qilish va ularni qo’riqlash asosida madaniy va yovvoyi o’simliklar xaqida
umumiy tasavvurni shakllantirish. Usimliklar qanday belgilari asosida (xonaki, dala. poliz
ekinlari)madaniy o’simliklar] (o’rmon, o’tloq ekinlarini), yovvoyi o’simliklarga bo’linishi
to’g’risidagi tushunchalarini shakllantirish, guruxdagi gullar nomini bilish.
Download 25.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling