Bolalarni predmetlar shakli bilan tanishtirishni o'yinlar orqali o'rgatish xoliqova Yoqutxon Mirzakarim qizi
Download 245.96 Kb. Pdf ko'rish
|
Xoliqova Yoqutxon Mirzakarim qizi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘yin: “Shakl yasa”.
- “Postlar qo‘yish” o‘yini
“Ovalni top”.
Bolalar doira shaklida turadilar. Kartondan qirqilgan yoki tayyor figuralardan: doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak va oval shakllaridan 8 tasi aralashtirib qo‘yiladi. 4ta bola doira ichiga chaqirilib, ko‘zlari ro‘mol bilan bog‘lanadi. Bolalar ko‘zlari bog‘liq holatda shakllar ichidan oval shaklini topib olishlari kerak. Qaysi bola ko‘proq oval shaklini to‘plasa, unga yulduzcha shaklidagi medalon mukofot sifatida beriladi. Bolalar navbat bilan 4 tadan bo‘lib almashib o‘yinni davom ettiradilar. O‘yin: “Shakl yasa”. Tarbiyachi bolalarni 4 guruhga bo‘lib 4 joyga joylashtiradi. 1-guruhga 10 ta tayoqcha, 2-guruhga 8 ta tayoqcha, 3-guruhga 6 ta tayoqcha, 4-guruhga 4ta tayoqcha beradi. Har bir guruh tarbiyachining topshirig`idan so‘ng oldidagi tayoqchalardan kvadrat shaklini yasaydi. Natijada to‘rt xil katta-kichik shakllar paydo bo‘ladi. Bolalarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bajarganliklari tekshirib chiqiladi. Guruhlar o‘rni o‘zgartirilib o‘yin yana shu shart bilan davom etadi. “Postlar qo‘yish” o‘yini Maqsad: O‘yin bolalarni dam olish daqiqasi uchun mos keladi va bolalarning geometrik shakllar to‘g‘risidagi tasavvurlarini mustahkamlaydi.O‘yinning borishi: Bolalar ketma-ket turib marsh qilib yuradi. Boshlovchi oldinga boradi. Boshlovchi qarsak chalib signal berganda oxirida ketayotgan bola to‘xtab qimirlamay postda turadi, qolganlari yurishda davom etadi. Mana shunday qilib boshlovchi hamma bolalarni o‘zi belgilangan tartibga postga qo‘yib chiqadi, natijada biror geometrik shakl hosil bo‘ladi ( katta va kichik kvadrat, uchburchak, doira va hakozo), so‘ng bolalardan ular qanday shakl yasaganlari so‘raladi. Oldin boshlovchi saylanadi va har bir bola boshlovchi bo‘lgunicha o‘yin davom etadi. Demak, shunday xulosa qilamiz: bolalarni yoshligidan geometrik figuralar shaklini turli xil o'yinli faoliyatlar bilan, qo‘liga ushlab ko‘rib, ular haqida eshitib, ko‘zlari bilan ko‘rib, bilimlarga ega bo'lishlari va to‘g‘ri xulosa chiqarishlariga o‘rgatishimiz kerak. Download 245.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling