Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


O'simliklar hayotidagi o'zgarishlar


Download 369.14 Kb.
bet64/78
Sana20.10.2023
Hajmi369.14 Kb.
#1711161
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   78
Bog'liq
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani-fayllar.org

1.2.O'simliklar hayotidagi o'zgarishlar. Mart oyida dalalar «ko'klam libosini kiyadi».
Boychechak, chuchmoma, sovrinjon, gunafshalar ochila boshlaydi. Yovvoyi ildizli o'simliklar, 
lolalarning ko'pgina turlari, giatsintlar, har turli narsislar barg chiqara boshlaydi.
Toshkentning tepalik va yon bag'irlari ertangi gulsapsar, lola, nilufar singari gullar bilan 
qoplanadi. Bu gullar ko'p yil yashasa ham, yog'ingarchilikdan keyingina gullaydi. Yozda
ularning tanalari quriydi, yer ostida esa ildizlari saqlanib qoladi. 
Ochiq va baland joylarda oq qaldirmoq, boychechak, itgunafsha, qoqio't, kapalakgul,
gunafsha, bo'tako'z singari bir yillik o'simliklar ham gullaydi. 
Daraxtlar shira chiqara boshlaydi. Qor erishi bilan daraxt ildizlari yerdagi namlikni o'ziga
tortadi. O'simlik to'qimalari suvga to'ladi, suv olish bilan birga ozuqa moddasi bo'lgan uglevodni 
ham oladi. Uglevod barg to'qimalari orqali ildizga borib, kunlar isiy boshlashi bilan ildizdan


kurtakka qarab yo'naladi. Kurtak bo'rtadi va ochiladi. Ozuqaning shunday harakati orqali o'simlik


«uyg'onadi». Suvning ildizdan daraxtga ta'siri shoxshabba orqali bo'ladi, yozda suv shoxlar orqali 
ildizga boradi va parlanadi.
Mart oyida qo'ziqorinlar paydo bo'ladi. Ular O'zbekiston sharoitida uch haftagina 
o'sadilar, biroq seryomg'ir bahorda qo'ziqorinlar aprelmay oylarida ham o'sishni davom ettiradi.
Mart oyida ko'lmak suvlarda lempa, elodeya, qo'ytikan, perolistnik va boshqa suv 
o'simliklari o'sadi.
Aprel oyida deyarli barcha daraxtlar barg chiqaradi. Eman va shumtol singari daraxtlar 
hamma daraxtlardan keyin ko'karadi.
Yog'ochli daraxtlar gullay boshlaydi, yong'oq, eman, tol singari daraxtlar gulto'da chiqara 
boshlaydilar, zarang daraxtining gullari kul rang va ko'ksariq tusda bo'ladi, shumtol daraxtida esa
mayda gul kosalari ichida o'tiradi, akatsiyada — cho'p shaklidagi oq, xushbo'y gullar ochiladi
gledichiya daraxtida, ko'rimsiz, mayda sariq gulchalar paydo bo'ladi.
Aprel oyida nastarin, jasmin, buldonej singari buta o'simliklari gullaydi. 
Daraxtlarning uyg'onishi obhavoning isishiga bog'liq bo'ladi.
Martning oxiri va aprel oyining birinchi yarmida danakli o'simliklardan birinchi bo'lib: 
shaftoli, olcha, tog'olcha, olxo'ri gullaydi. Keyinchalik aprel oyining yarmida mevasining ichida
urug'i boigan daraxtlardan: olma, nok, behi gullaydi. 
Bahorda harorat bir me'vonda ko'tarilganda danakli daraxtlar bilan urug' daraxtlarning
gullashi deyarli oldinmaketin, ayrim hollarda esa, bir vaqtning o'zida gullaydi. 
O'rik, shaftoli singari daraxtlar awal gullab, keyin barg chiqaradi. Olcha, tog'olcha, olma,
nok, olxo'ri, behi singari daraxtlar esa awal barg chiqarib, keyin gullaydi. Obhavo sharoitining 
qulay kelishi daraxtlarning ko'plab gullashiga imkon beradi va hosildorlikni oshiradi.
Bolalar bilan gullarning har turli rangi va tuzilishi bilan tanishtirish maqsadida mevali 
boqqa ekskursiyalar o'tkaziladi. Bolalar o'rik, shaftoli, olcha daraxtlarining gullarini hajmiga,
barglarining rangiga qarab tezda ajrata olib, eslarida saqlab qolish imkoniyatiga ega bo'ladilar. 
Ana shu vaqtda sahrolarda lolaqizg'aldoq va lolalar chamandek ochiladi.
Aprel oyining oxirida va ko'pincha may oyining boshlarida jiyda daraxti kumushsimon 
barglar bilan qoplanadi. U kuchli xushbo'y hid taratuvchi sariq gullar chiqaradi.
May oyida buldonej, uzum, jiyda gullaydi, olcha, gilos, qulupnay pishadi. Suv havzalarida 
mayda suv o'simliklarining ko'payishi davom etadi va suv yashil yoki sariq tusga kiradi.


Download 369.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling