Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


Download 369.14 Kb.
bet63/78
Sana20.10.2023
Hajmi369.14 Kb.
#1711161
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78
Bog'liq
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani-fayllar.org

Pedagogik vazifalar: maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni yil fasllari bilan
tanishtirish mazmuni to’g’risida tushuncha beradi. 


O’qitish vositalari: tarqatma materiallar, plakatlar, slaydlar, ko’rgazmali qurollar.

Oq’itish usuli va shakli: ma’ruza, aqliy hujum, nazorat savollar, topshiriqlar, BBB
jadvali

O’qitish sharoiti: texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya

Monitoring va baholash: Og’zaki nazorat, savol javob, reyting tizimi asosida baholash




BOLALARNI YIL FASLLARI BILAN TANISHTIRISH 

MA’RUZANING O’QITISH TEXNOLOGIYASI 

Talabalar soni: 59 ta 

O’quv vaqti: 2 soat 

Mashg’ulot shakli: Avvaldan rejalashtirilgan xatolik ma’ruza

Mashg’ulot rejasi:
1. Bahor fasliga tavsifnoma 
2. Yoz fasliga tavsifnoma

Mashg’ulotning maqsadi: 
Talabalarga maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni yil fasllari bilan tanishtirish 

bo’yicha ma’lumotlar berish.



Ma’ruza mazmuni:

1. BAHOR FASLIGA TAVSIFNOMA 
Bahor mavsumi kalendar hisobi bo'yicha birinchi martdan boshlanadi. Lekin bahoming 
kelishi har yilda turlicha bo'ladi.
Yurtimizda bahor erta, odatda fevral oyidayoq boshlanadi. Biroq mart oyining oxirgi o'n 
kunligida ko'pincha qor yog'ib, ertasigayoq erib ketadi.
Bahor kunlarining boshlanishi bilan daraxt kurtaklari bo'rtadi, mevali daraxtlar gullay 
boshlaydi. Shundan keyin bo'lgan qattiq sovuqiar esa kurtak va gullarni urib ketadi. Natijada
o'rik, shaftoli va boshqa mevali daraxtlar hosil bermaydi. 


1.1.Obhavodagi o'zgarishlar. Mart oyida qattiq yog'ingarchilik bo'ladi. Harorat +25+29
darajagacha ko'tariladi. Lekin sovuqiar ham bo'lib turadi. 
Martning oxirlarida ba'zan momaqaldiroq bo'ladi.
Aprel oyida harorat ko'tariladi. Oyning boshida kunning o'rtacha harorati +12+13, ba'zan 
+18+19 darajaga ko'tariladi. 1955 yili kunduzgi harorat hatto +35 darajaga ham yetgan edi. Aprel
oyining ikkinchi yarmi haroratning ko'tarilishi, ayrim hollarda esa haroratning birmuncha 
pasayishi bilan xarakterlanadi.
Aprel oyida yog'ingarchilik ko'p bo'ladi. Ba'zi yillarda sovuq tushib qolishi hollari ham 
bo'ladi, ayrim hollarda qor ham yog'adi. Bahorda yoqqan kattakatta qorni xalqimiz «laylak qor»
deydi, chunki shu qor bilan laylak ham keladi. 
May oyida esa issiq kunlar boshlanadi, kunlik o'rtacha harorat + 10+25 daraja atrofida
bo'ladi. 
Biroq, oyning boshlarida obhavo beqaror bo'lib, teztez o'zgarib turadi. Ba'zan g'o'za va
boshqa o'simliklarga zarar keltiruvchi do'l yog'adi, momaqaldiroq bo'lib turadi. 



Download 369.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling